Bosh sahifa Reklama Aloqa

Sifatli.Uz - Yangi musiqa, yangi filmlar, tarjima qilingan filmlar, o'zbek tilidagi filmlar, kompyuter dasturlari, Android ilovalari, turk musiqasi, rus musiqasi, rus musiqasi, xorijiy musiqa, tojik musiqasi, qozoq musiqasi, Ayollar, erkaklar, aperatiflar, salatlar, pirojkalar, pishirish, pirojnoe, retseptlar, yo'riqnomalar va boshqa eng ommabop maqolalar, telefon qo'ng'iroqlari, telefon o'yinlari, kompyuter o'yinlari, oyna dasturlari...

19:40, 13-Avgust 2020 yil
Fayl qo'shish
Yangilik qo'shish
Behruz Djumaev
E-mail: admin@sifatli.uz
Telegram: @prakuror1
Bobur (Bahh Tee)
E-mail: bahhtee@sifatli.uz
Telegram: @BahhTeeUz
REKLAMA
TELEGRAM
1,5 ming yil oldin ham, bugun ham jahon siyosati markazida. Ayo Sofiyaning tarixiy yo‘li
Категория: Новости / Мир
Просмотров: 7
1,5 ming yil oldin ham, bugun ham jahon siyosati markazida. Ayo Sofiyaning tarixiy yo‘li
Iyul oyida Turkiyadagi Ayo Sofiya tarixiy obidasining qaytadan masjid deb e’lon qilinishi dunyoda va xususan O‘zbekistonda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. 527-yil 1-avgust kuni Ayo Sofiya ibodatxonasini qurdirgan Vizantiya imperatori Yustinian I imperator deb e’lon qilingan. “Daryo” an’anaviy tarix ruknida Yustinian I va uning bugungi siyosatga ta’sir ko‘rsatayotgan asosiy merosi – Ayo Sofiya haqida hikoya qiladi.Imperator YustinianRumning eng so‘nggi buyuk imperatori Imperator Caesar Flavius Petrus Justinianus Sabbatius Augustus yoki Buyuk Yustinian 482-yilda hozirgi Shimoliy Makedoniya hududida joylashgan Tauresium yoki Gradishte shahrida dunyoga keldi va 565-yil 15-noyabr kuni Konstantinopol shahrida vafot etdi. Yustinian kech antik davrning yirik namoyandalaridan biri hisobalanadi. Qonunchilik sohasi bo‘ladimi yoki imperiya chegaralarini kengaytirishmi, diniy sohada bo‘lsin o‘zidan ajoyib nom qoldirgan bir shaxsiyatdir. Imperator Yustinian.Foto: Google PhotosKelib chiqishi kamtarona bo‘lgan Yustinian amakisi imperator Yustin I hukmronligi davrida uning qo‘llab-quvvatlashi natijasida hukumatga kelgan. Imperator bo‘lishidan oldin esa Yustin I ning asosiy maslahatchilaridan biri bo‘lgan. Yustinian ko‘pincha Vizantiya imperiyasining eng yirik imperatori va Rim imperiyasining eng so‘nggi yirik imperatori sifatida tilga olinadi. Sababi, o‘sha davrga kelib hali Sharqiy Rim imperiyasi alohida tilga olina boshlanmagan edi.U Rim imperiyasining bo‘linmasligini ta’minlashga harakat qilgan eng so‘nggi hukmdorlardan biri o‘laroq Italiya va Afrikaga bir necha bor imperiya chegaralarini forslar va slavyanlardan himoya qilish maqsadida yurishlar qilgan va g‘alaba bilan qaytgan. Harbiy muvaffaqiyatlardan tashqari, Yevropada keyingi asrlarda huquqning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatgan qonunchilik sohasida ham katta ishlarni amalga oshirgan. U juda xudojo‘y inson bo‘lgani uchun ham diniy faoliyatga katta e’tibor qaratgan. Uning bo‘linmas Rim imperiyasini qayta tiklash haqidagi ambitsiyalari butun imperiya uchun yagona nasroniylik dinini joriy qilish haqidagi qarashlari bilan qorishib ketdi.Bu yo‘lda u juda qattiq harakat qilib, ba’zan butparastlar bilan kelishuvga borgan bo‘lsa, ba’zan repressiyalardan foydalangan. Diniy hayotni kuchaytirish uchun bir qator diniy inshootlarni bunyod ettirgan imperatordir. Ulardan eng yirigi shubhasiz Ayo Sofiya ibodatxonasidir. Bu haqida quyida o‘qiysiz.Imperator Yustinianning imperatorlik davrini ikki qismga bo‘lish mumkin. Yuqorida aytganimizdek, u 527-yilning 1-avgust kuni imperiya taxtiga o‘tirgan bo‘lsa, shundan 540-yilgacha bo‘lgan birinchi davr asosan uning muvaffaqiyatlarga boy davri bo‘lgan. Ammo uning hukmronligining ikkinchi davri yanada qarama-qarshiliklarga boy. Imperiya chegaralari hujumlarga uchraydi, uning yangi g‘alabalari, xususan, Italiyadagi g‘alabalari barbod bo‘ldi. Imperiya zaiflashsa ham vaziyat qayta tiklandi va uning vafot etgan paytida imperiya chegaralari o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqqan edi.Mamlakatdagi ichki ahvol esa unga bog‘liq bo‘lmagan tashqi ta’sirlar ostida izdan chiqa boshladi. Jumladan, Yustinian vabosi va boshqa bir qator tabiiy ofatlar mamlakat demografik holatiga jiddiy ta’sir qilib, uning ta’siri Yustinian vafotidan keyin ham sezilib turdi. Imperator o‘ylagan rejalarini to‘liq amalga oshira olmadi. Uning egallagan hududlari qo‘ldan chiqib ketdi va bo‘linmas Rim imperiyasi g‘oyasi ham uzoq yashamadi. Ba’zi tarixchilar uning ambitsiyalarini imperiyaning haqiqiy kuch-qudrati va u yuzlashayotgan muammolarni inobatga olmasdan turib tanqid ostiga oladi. Shunga qaramay, u Qadimgi Rim merosini targ‘ib qilishda g‘ayrat ko‘rsatgan shaxsiyat sifatida tilga olinadi. Foto: Google PhotosRumning bunyodkor imperatoriYustinian tarixga philoktistès, ya’ni bunyodkor nomi bilan kirgan hukmdorlardan biridir. U o‘z hukmronligi davrida butun imperiya hududida juda ko‘plab obidalar, nafaqat diniy, balki harbiy istehkomlar ham qurdirgan. U mamlakat poytaxti Konstantinopolga juda katta e’tibor bergan (Paul Lemerle, Histoire de Byzance, Paris, PUF, coll. “Que sais-je?”, 1975, pp. 53-54).Imperator Konstantin tomonidan Bizans shahri xarobalari o‘rnida qurilgan Konstantinopol shahri imperiya poytaxti o‘laroq juda katta hududga ega edi. 532-yilgi Nika isyoni chog‘ida shahar katta talafot ko‘rdi, bir nechta dahalar butunlay yonib ketadi. VI asrda yashagan vizantiyalik tarixchi Joan Laurentius Lidus shaharni shunday tasvirlaydi: “Shahar xuddi Lapuri va Vezuviy singari qorayib ketgan toshlardan iborat tog‘dan farq qilmay qo‘ygan edi. Chang, tutun va zaharli hiddan yashab bo‘lmas holga kelib qolgan edi”.Yustinian Konstantinopolni qayta qurdi. Imperatorlar uchun nekropol vazifasini o‘tagan Apostollar cherkovi, Ayo Irina cherkovlari qurildi. Yustinian poytaxtda 33 ta diniy mazmundagi imoratlar qurdirgan. U, shuningdek, Avgustian maydonidagi binolarni ham qayta qurdirdi. Ushbu maydonda qad rostlagan Yustinian ustuni uning barbarlarga qarshi urushdagi g‘alabasining ramzi bo‘lib hisoblangan.Konstantinopol mudofaasiga diqqat qaratgan imperator Yustinian shahar devorlarini qayta tikladi. Shuningdek, bugungi kungacha mavjud bo‘lgan, Ayo Sofiya masjidi yaqinida joylashgan Bazilik yerosti suv inshooti Vizantiya me’morchiligining yorqin namunalaridan biri hisoblanadi. Ushbu inshoot shaharni Usmonli davrigacha suv bilan ta’minlab turgan (Georges Tate, Justinien. L'épopée de l'Empire d'Orient (527-565), Paris, Fayard, 2004, p. 470).Yustinian nafaqat poytaxtda, balki butun impriya bo‘ylab ulkan bunyodkorlik ishlarini amalga oshirdi. Zilzila oqibatida vayron bo‘lgan Antioxiya kabi shaharlarni qayta tikladi. Yustinian zamonida 398 ta qadamjo yangidan bunyod etilgan bo‘lsa, 398 tasi qayta rekonstruksiya qilingan (Pierre Maraval, Justinien, Le rêve d'un empire chrétien universel, Paris, Tallandier, 2016, p343). Foto: Google PhotosKonstantinopol va imperiyaning sharqiy viloyatlarini bog‘laydigan Sakarya daryosi ustida Yustinian ko‘prigi, Hekzamilion devori, Sinaydagi Ayo Katrina monastiri, Sen-Vital cherkovi singari ko‘plab inshootlar Yustinian tomonidan qurdirilgan yoki qayta tiklangan.Ayo Sofiya – Vizantiya me’morchiligining gultojiNika isyoni bostirilgach, Yustinian o‘z davri me’morchiligining shoh asarini qurdirishga kirishdi. Bu Ayo Sofiya cherkovi edi. U isyonlar paytida yoqib yuborilgan shu nomdagi eski cherkov o‘rnida qurilishi belgilandi. Bu Xudoning g‘alabasi ramzi bo‘lishi va imperiya qudratini ko‘rsatishi kerak edi. Shuningdek, bu orqali Yustinian isyonni bostirishda imperiya gunohlariga kafforot o‘tashni ham maqsad qilgan edi. Shuning uchun ham u barcha nasroniy ibodatxonalaridan baland va ustun bo‘lishi lozim edi.Cherkov qurilishi ikki me’mor tomonidan olib borildi. Uning maydoni 77 metrga 71,70 metr hamjdagi to‘g‘ri to‘rtburchakdan iborat. Uning ichki tuzilishi hajm va kattalik jihatidan tengsizdir. Uning gumbazining balandligi yerdan hisoblaganda 54 metrga yetadi va diametrik 31 metrga teng. Ibodatxona 532–537-yillar mobaynida, ya’ni besh yilda qurib bitkazilgan va rasman 537-yil 27-dekabr kuni foydalanishga topshirilgan. Gumbazi 558-yilda qulab tushganidan keyin 562-yilda qayta qurilgan. Cherkov qurilganidan buyon deyarli o‘zgarishga uchramagan.Salib yurishlari paytida Ayo SofiyaXristian cherkovi ikkiga bo‘lingach, Ayo Sofiya provoslavlar cherkovi sifatida xizmat qila boshladi. XII asr oxirida g‘arb monarxiyalari Papa boshchiligida sharqqa salib yurishlarini boshladi. Shunday yurishlarda 1204-yilda Konstantinopol shahri salibchilar tomonidan egallandi va Ayo Sofiya talon-toroj qilindi. Cherkov mehrobi qimmatli materiallarini olib ketish uchun buzib tashlandi. 1204–1261-yillar mobaynida Ayo Sofiya Konstantinopol Lotin patriarxining qarorgohi sifatida xizmat qildi. 1231 va 1237-yillarda cherkov zilzila oqibatida jiddiy zarar ko‘rdi. Ba’zi mualliflarga ko‘ra, g‘arbiy tomondagi ushlab turuvchi arkalar lotin davrida qurilgan.Vizantiyaliklar cherkovni 1261-yilda qaytarib olishga muvaffaq bo‘ldi va bir necha bor qayta ta’mirladi.Ayo Sofiya – Konstantinopol fathining ramzi1453-yilda Konstantinopol shahri Usmonli sultoni Fotih Sulton Mehmet II tarafidan fath etildi. Fotih Mehmetxonning ilk ishi Ayo Sofiyaning cherkovdan masjidga aylantirishi bo‘ldi. Ammo ibodatxona nomini o‘zgartirmadi. Chunki bu Konstantinopolning egallanishining ramzi edi. Sulton Mehmet bu inshootga juda katta e’tibor qaratdi. Ichidagi inson tasviri tushirilgan mozaikalar ohak yordamida bekitildi. Uning vorisi Boyazid II masjid yonida yangi minora qurdirdi. Foto: Google PhotosBuyuk Sulton Sulaymon Qonuniy (1520–1566) Mojoriston zafaridan ikkita yirik shamdon olib kelib masjid mehrobining ikki yoniga joylashtirdi. Sulton Salim II (1566–1577) hukmronligi davrida masjid nuray boshladi. Shunda Usmonlining eng buyuk me’mori Sinon tomonidan masjidni mudofaa qiladigan qo‘shimcha tutqichlar va g‘arbiy tomondagi ikki ulkan minoralar qurildi.XVIII asrda masjid yonida madrasa faoliyat yurita boshladi. 1847–1849-yillarda Sulton Abdulmajidxon davrida ulkan ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Ushbu ishlarda 800 nafar ishchi qatnashdi va ularga italiyalik aka-uka Gaspar va Juzeppe Fossatilar rahbarlik qildi. Bugun ko‘rinib turgan ulkan aylana pannolar ayna shu davrda o‘rnatilgan bo‘lib, ularda Alloh, Muhammad (s.a.v), Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali, Hasan va Husayn ismlari xattot Qoziaskar Izzat afandi tomonidan arabiy xatda yozilgan. Ushbu pannolarning diamteri 7,5 metr.Ayo Sofiya muzeyi1918-yilda Birinchi jahon urushi natijasida Usmonli hududlari egallab olindi va Antanta davlatlari Ayo Sofiya dinamitlar bilan portlatishni maqsad qilib qo‘ydi (Guillaume Perrier, “Sainte-Sophie fait de la politique”, Le Monde, 14 décembre 2013, p. 3). Ammo Istanbulni qo‘lga ololmagach, bu rejadan voz kechildi. Imperiya qulagach, Ayo Sofiya “imperiyaning katta jome masjidi” maqomini amalda yo‘qotdi. Hukumat tepasiga kelgan Mustafo Kamol Otaturk masjid rekontruksiyasini davom ettirdi. Aynan shu davrda masjid ichidagi ulkan pannolardan tashqari Usmonli zamonida amalga oshirilgan ishlar buzib tashlandi, xattotlik namunalari o‘chirib tashlandi. Pannolarni olib chiqishning imkoni bo‘lmagani sababli ular ichkarida qoldirildi. 1934-yilda masjid muzeyga aylantirildi.1951-yilda Menderes hukumati pannolarni joyiga qaytarishga buyruq berdi. O‘tgan davr mobaynida Turkiya hukumati Ayo Sofiyaga masjid maqomini qaytarish bo‘yicha bir necha bor urindi. 2019-yilgi Turkiyadagi munitsipal saylovlar paytida mamlakat prezidenti Erdo‘g‘on Ayo Sofiyaga masjid maqomini qaytarish vaqti kelganini ta’kidladi. 2020-yil 10-iyul kuni Turkiya oliy mahkamasi 1934-yildagi Vazirlar mahkamasining Ayo Sofiyani muzeyga aylantirish haqidagi qarorini noqonuniy deb topdi va ortidan Turkiya prezidenti Erdo‘g‘on uni qaytadan masjid sifatida ochish haqida buyruqqa imzo chekdi. 24-iyul kuni 86 yilda ilk bor Ayo Sofiyada ilk juma namozi, 31-iyul kuni esa ilk hayit namozi ado etildi.Imperator Yustinian qoldirgan ushbu me’moriy obida 1 500 yildan buyon insoniyatga xizmat qilib kelmoqda. Bugungi avlod esa uni asrab-avaylab, kelajak avlodlarga eson-omon yetkazishga mas’uldir.Jahongir Ostonov tayyorladi.
Manba: Daryo
Izohlar
REKLAMA
TOP 10 - 7 KUNLIK
Shohruh ft. Shahzoda - Kim ayt
Hafex - Dərdimə Dərman
Eldor Usarov - Kutilmagan Tashrif
Shohruhxon - Ilk sevgim
Hafex, Nessa Savage - Секрет
@MuzikalarUZB - Kim Dedi Ki
@MuzikalarUZB - Azoblab nechun
Эндшпиль - С тобой
Doston Ergashev - To'yi Bo'lyapti
Mekhman ft. Леша Свик - Мечтатели
STASTIKA
6 Mehmonlar hozir saytda
ULARDAN:
Mehmon:6