Bosh sahifa Reklama Aloqa

Sifatli.Uz - Yangi musiqa, yangi filmlar, tarjima qilingan filmlar, o'zbek tilidagi filmlar, kompyuter dasturlari, Android ilovalari, turk musiqasi, rus musiqasi, rus musiqasi, xorijiy musiqa, tojik musiqasi, qozoq musiqasi, Ayollar, erkaklar, aperatiflar, salatlar, pirojkalar, pishirish, pirojnoe, retseptlar, yo'riqnomalar va boshqa eng ommabop maqolalar, telefon qo'ng'iroqlari, telefon o'yinlari, kompyuter o'yinlari, oyna dasturlari...

09:45, 15-Avgust 2020 yil
Fayl qo'shish
Yangilik qo'shish
Behruz Djumaev
E-mail: admin@sifatli.uz
Telegram: @prakuror1
Bobur (Bahh Tee)
E-mail: bahhtee@sifatli.uz
Telegram: @BahhTeeUz
REKLAMA
TELEGRAM
Buxorodagi omborlarda don mahsulotlarini talon-taroj qilish holatlari aniqlandi
Категория: Новости / Узбекистан
Просмотров: 9
Buxorodagi omborlarda don mahsulotlarini talon-taroj qilish holatlari aniqlandi
“Buxorodonmahsulotlari” AJga qarashli Vobkent tumanidagi don qabul qilish maskani omboridan 27 ming 560 kilogramm bug‘doyni talon-toroj qilgan mudirning jinoyati fosh etildi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi. Foto: “Daryo”Ta’kidlanishicha, ombor mudirining kirdikori 2020-yilning 27-iyul kuni pandemiya sharoitida ajratilgan un hamda non mahsulotlarining narx-navosini nazorat qilish yuzasidan o‘tkazilgan tadbirda fosh etilgan.Ma’lum bo‘lishicha, Vobkent tumanidagi don qabul qilish maskani ombori mudiri J.H. javobgar shaxs bo‘lishiga qaramasdan omborda saqlab kelinayotgan bug‘doyni noqonuniy yo‘llar bilan sotgan. U o‘z tanishi J.M. bilan til biriktirib, ombordagi donning kilosini 2800 so‘mdan hisoblab, 27 ming 560 kilogramm bug‘doyni 78 million 400 ming so‘mga baholab, talon-toroj qilgan. Foto: “Daryo”Jinoyati fosh etilgan ombor mudiri tezkor tadbir davomida fuqaro J.M.dan 27 ming 560 kilogramm don uchun olgan 78 million 400 ming so‘m pulni ixtiyoriy ravishda qaytargan.Holat yuzasidan fuqaro J.H. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi “a” bandi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari boshlangan.Boshqarma axborot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, “Kogondonmahsulotlari” AJga qarashli Qorovulbozor tumanidagi don qabul qilish maskanida ham 77 ming 900 kilogramm don kamomadi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan ham jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Manba: Daryo
Izohlar
REKLAMA
TOP 10 - 7 KUNLIK
Ruslan Sharipov - Panox (Soundtreck) [www.Mp3lar.Com]
Mariyam (Renessans) - Osmon
Doston Ergashev - To'yi Bo'lyapti
Bojalar guruhi - Nilufarim
Doniyor G'oipov - Yodingdamu (remix)
Dabro - Все за одного(New)
Бахтавар - Королева
Xamdam Sobirov - Mayli Kulaver
Shahzod Qarshiyev - Qalbimni sindirib yana
Xamdam Sobirov - Endi sen haqingda sherlar yozmayman
STASTIKA
10 Mehmonlar hozir saytda
ULARDAN:
Mehmon:10