Bosh sahifa Reklama Aloqa

Sifatli.Uz - Yangi musiqa, yangi filmlar, tarjima qilingan filmlar, o'zbek tilidagi filmlar, kompyuter dasturlari, Android ilovalari, turk musiqasi, rus musiqasi, rus musiqasi, xorijiy musiqa, tojik musiqasi, qozoq musiqasi, Ayollar, erkaklar, aperatiflar, salatlar, pirojkalar, pishirish, pirojnoe, retseptlar, yo'riqnomalar va boshqa eng ommabop maqolalar, telefon qo'ng'iroqlari, telefon o'yinlari, kompyuter o'yinlari, oyna dasturlari...

10:16, 15-Avgust 2020 yil
Fayl qo'shish
Yangilik qo'shish
Behruz Djumaev
E-mail: admin@sifatli.uz
Telegram: @prakuror1
Bobur (Bahh Tee)
E-mail: bahhtee@sifatli.uz
Telegram: @BahhTeeUz
REKLAMA
TELEGRAM
Farg‘onada koronavirusga chalingan o‘g‘lini yashirincha davolashga uringan tibbiyot xodimi virus yuqtirib, hamkasblarining ham kasallanishiga sababchi bo‘ldi
Категория: Новости / Узбекистан
Просмотров: 8
Farg‘onada koronavirusga chalingan o‘g‘lini yashirincha davolashga uringan tibbiyot xodimi virus yuqtirib, hamkasblarining ham kasallanishiga sababchi bo‘ldi
Farg‘ona viloyatida koronavirusga chalingan o‘g‘lini uyda, yashirincha davolashga harakat qilgan tibbiyot xodimining o‘zi ham virus yuqtirib olgan va hamkasblariga ham yuqtirgan. Bu haqda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Odiljon Umarovning aholiga qilgan murojaatida ma’lum qilindi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri. Odiljon UmarovFoto: Videodan kadrQayd etilishicha, amalga oshirilayotgan targ‘ibot ishlariga qaramasdan, ayrimlar karantin qoidalariga amal qilmayapti. Natijada virus yuqtirib olish holatlari kundan kunga ko‘payib bormoqda.“O‘zbekiston tumanida belgilangan tartiblarga qat’iy rioya qilinmayotgani uchun ham kasallik qayd qilinyapti. Toshkent shahridan kelgan fuqaroda kasallik alomatlari bo‘lishiga qaramasdan shifokorlardan maslahat olmay, uyida yashirincha davolangan. Quva tumanida esa tibbiyot xodimi o‘g‘lida klinik belgilar paydo bo‘lishiga qaramasdan uni uyda davolashga harakat qilgan. Oqibatda o‘zi ham virus yuqtirib olib, koronavirus infeksiyasi tarqalishiga to‘g‘ridan to‘g‘ri sababchi bo‘lgan. Ish joyidagi xodimlariga ham virus yuqtirganligi raqamlarda aniq qayd etilgan. Bu holat barchamizga saboq bo‘lishi kerak”, — dedi viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Odiljon Umarov.Ta’kidlanishicha, holat koronavirusga qarshi kurashish uchun tashkil etilgan viloyat shtabi tomonidan nazoratga olingan. Epidemiologik surishtiruvlar natijasida gumonlanuvchilardan to‘liq test tahlillari olinib, davolash ishlari boshlab yuborilgan.“Bugungi kunda Farg‘ona shahrida ham epidemiologik vaziyat barqaror, deb aytishga biroz o‘ylanib qolamiz. Nima uchun? Chunki ayrim kishilar boshqa hududlardan virusni bu yerga olib kelib, uning tashuvchisi bo‘lib qolmoqda”, — dedi Odiljon Umarov.Eslatib o‘tamiz, Qashqadaryoda ham shifokor oilaviy tadbir va deputatlar bilan uchrashuvda 30 kishiga koronavirus yuqtirgani ma’lum bo‘lgandi.
Manba: Daryo
Izohlar
REKLAMA
TOP 10 - 7 KUNLIK
Ruslan Sharipov - Panox (Soundtreck) [www.Mp3lar.Com]
Mariyam (Renessans) - Osmon
Doston Ergashev - To'yi Bo'lyapti
Bojalar guruhi - Nilufarim
Doniyor G'oipov - Yodingdamu (remix)
Dabro - Все за одного(New)
Бахтавар - Королева
Xamdam Sobirov - Mayli Kulaver
Shahzod Qarshiyev - Qalbimni sindirib yana
Xamdam Sobirov - Endi sen haqingda sherlar yozmayman
STASTIKA
10 Mehmonlar hozir saytda
ULARDAN:
Mehmon:10