Bosh sahifa Reklama Aloqa

Sifatli.Uz - Yangi musiqa, yangi filmlar, tarjima qilingan filmlar, o'zbek tilidagi filmlar, kompyuter dasturlari, Android ilovalari, turk musiqasi, rus musiqasi, rus musiqasi, xorijiy musiqa, tojik musiqasi, qozoq musiqasi, Ayollar, erkaklar, aperatiflar, salatlar, pirojkalar, pishirish, pirojnoe, retseptlar, yo'riqnomalar va boshqa eng ommabop maqolalar, telefon qo'ng'iroqlari, telefon o'yinlari, kompyuter o'yinlari, oyna dasturlari...

01:33, 01-Iyun 2020 yil
Fayl qo'shish
Yangilik qo'shish
Behruz Djumaev
E-mail: admin@sifatli.uz
Telegram: @prakuror1
Bobur (Bahh Tee)
E-mail: bahhtee@sifatli.uz
Telegram: @BahhTeeUz
REKLAMA
TELEGRAM
Davlat soliq qo‘mitasi raisi oziq-ovqat mahsulotlari narxi nazoratga olinishini ma’lum qildi (video)
Категория: Новости / Узбекистан
Просмотров: 74
Davlat soliq qo‘mitasi raisi oziq-ovqat mahsulotlari narxi nazoratga olinishini ma’lum qildi (video)
Davlat soliq qo‘mitasi raisi Behzod Musayev karantin vaqtida O‘zbekistonda bozorlar yopilmasligini ma’lum qildi.Eng muhimi, birinchi navbatda, vahimaga tushmaslik. O‘tgan ikki oy davomida biror bir mahsulotga narx oshdimi? Yoki narx oshishiga biror omil ta’sir qildimi? Hech qanday ta’sir bo‘lgani yo‘q.Soliq organlari va prokuratura huzuridagi departament xodimlari bilan birgalikda doimiy asosda ishlaydigan maxsus shtab tuziladi va har bir bozordagi vaziyat nazoratga olinadi.Shukur qilib aytishimiz kerak, O‘zbekiston oziq-ovqat mahsuloti bilan o‘zini-o‘zini ta’minlay oladigan mamlakat. Go‘sht mahsuloti bo‘ladimi, poliz mahsulotimi, hamma mahsulotlar hech qanday muammo bo‘lmasligi kerak.Odamlarimiz vahimaga tushmaslik uchun aytmoqchimanki, hukumat tomonidan bunday vaziyat doimiy asosda nazoratga olib boriladi. Nafaqat Toshkentda, balki hududlardagi bozorlarda ham. Birorta bozor, birorta savdo do‘koni, birorta ovqatlanish shoxobchasi yopilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bozorlarimiz juda ham to‘kin-sochin.Behzod Musayev, Davlat soliq qo‘mitasi raisiShuningdek, Soliq qo‘mitasi raisi har bir hududda oziq-ovqat mahsulotlarini oshirilgan narxlarda sotilishining oldini olishga qaratilgan tezkor profilaktik choralarning ko‘rilishini shaxsan nazoratga olganligini va murojaatlar e’tiborsiz qolmasligini kafolatlagan.“Agar murojaatingiz bo‘lsa, Davlat soliq qo‘mitasining 24 soat mobaynida faoliyat olib borayotgan Call markazi (1198) va “Ishonch telefoni”ga (71) 244 – 98- 98 bog‘lanishingiz mumkin”, — deyiladi xabarda.
Manba: Daryo
Izohlar
REKLAMA
TOP 10 - 7 KUNLIK
STASTIKA
9 Mehmonlar hozir saytda
ULARDAN:
Mehmon:9