Bosh sahifa Reklama Aloqa

Sifatli.Uz - Yangi musiqa, yangi filmlar, tarjima qilingan filmlar, o'zbek tilidagi filmlar, kompyuter dasturlari, Android ilovalari, turk musiqasi, rus musiqasi, rus musiqasi, xorijiy musiqa, tojik musiqasi, qozoq musiqasi, Ayollar, erkaklar, aperatiflar, salatlar, pirojkalar, pishirish, pirojnoe, retseptlar, yo'riqnomalar va boshqa eng ommabop maqolalar, telefon qo'ng'iroqlari, telefon o'yinlari, kompyuter o'yinlari, oyna dasturlari...

01:29, 01-Iyun 2020 yil
Fayl qo'shish
Yangilik qo'shish
Behruz Djumaev
E-mail: admin@sifatli.uz
Telegram: @prakuror1
Bobur (Bahh Tee)
E-mail: bahhtee@sifatli.uz
Telegram: @BahhTeeUz
REKLAMA
TELEGRAM
Samarqandda fuqaroni o‘qishga kiritishni va’da qilib, 23 mln so‘mni o‘zlashtirgan shaxsga sud hukmi o‘qildi
Категория: Новости / Узбекистан
Просмотров: 43
Samarqandda fuqaroni o‘qishga kiritishni va’da qilib, 23 mln so‘mni o‘zlashtirgan shaxsga sud hukmi o‘qildi
Samarqandda fuqaroni o‘qishga kiritishni va’da qilib, 23 million so‘mni firibgarlik bilan qo‘lga kiritgan fuqaroga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.Sudlanuvchi U.K. 2019-yil avgustida fuqaro N.M.ni Samarqand davlat universitetiga super-kontrakt asosida o‘qishga kiritishini va’da qilgan. Ota-onasi xorijda ishlab yurgan N.M. ular yuborgan puldan olib, U.K.ga 2 ming dollar va 1,2 million so‘m pul bergan.U.K esa uni ishontirish maqsadida 2019-yil oktabrida N.M.ning nomiga soxta to‘lov blankasi, SamDUning ikki tomonlama kontrakt-shartnomasi va qabul komissiyasining ma’lumotnomasini qalbakilashtirib, jabrlanuvchiga taqdim qilgan.Sudya T.Bayzakovning ma’lum qilishicha, sudlanuvchi U.K. Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 2-qismi “a” bandi va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilgan.Unga oylik ish haqining 20 foizini davlat foydasiga ushlab qolgan holda 2 yil 3 oyga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.
Manba: Daryo
Izohlar
REKLAMA
TOP 10 - 7 KUNLIK
STASTIKA
8 Mehmonlar hozir saytda
ULARDAN:
Mehmon:8