Bosh sahifa Reklama Aloqa

Sifatli.Uz - Yangi musiqa, yangi filmlar, tarjima qilingan filmlar, o'zbek tilidagi filmlar, kompyuter dasturlari, Android ilovalari, turk musiqasi, rus musiqasi, rus musiqasi, xorijiy musiqa, tojik musiqasi, qozoq musiqasi, Ayollar, erkaklar, aperatiflar, salatlar, pirojkalar, pishirish, pirojnoe, retseptlar, yo'riqnomalar va boshqa eng ommabop maqolalar, telefon qo'ng'iroqlari, telefon o'yinlari, kompyuter o'yinlari, oyna dasturlari...

02:04, 01-Iyun 2020 yil
Fayl qo'shish
Yangilik qo'shish
Behruz Djumaev
E-mail: admin@sifatli.uz
Telegram: @prakuror1
Bobur (Bahh Tee)
E-mail: bahhtee@sifatli.uz
Telegram: @BahhTeeUz
REKLAMA
TELEGRAM
Moskvada koronavirusni yuqtirganlar soni kamaytirib ko‘rsatilayotgani inkor etildi
Категория: Новости / Мир
Просмотров: 50
Moskvada koronavirusni yuqtirganlar soni kamaytirib ko‘rsatilayotgani inkor etildi
Moskva shahri meri Sergey Sobyanin shaharda koronavirusni yuqtirganlar soni rasmiy ravishda e’lon qilinganidan ko‘proq ekani haqidagi gap-so‘zlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini aytdi, deb yozadi “RBK”. Foto: “TASS”Sobyaninning so‘zlariga ko‘ra, poytaxt hukumati fuqarolarni infeksiyaning barcha tasdiqlangan holatlari haqida xabardor qilishdan manfaatdor, chunki bu kasal bilan kimlar aloqa qilganini va vaziyatni lokalizatsiya qilishga imkon beradi.“Biz fuqarolarga nima yuz berayotgani haqida o‘z vaqtida aytmagan bironta ma’lumot yo‘q”, — deydi Moskva meri.Rossiyada ayrim messenjerlardagi guruhlarda mamlakatda koronavirusni yuqtirganlar soni 20 mingga yetgani haqida xabarlar tarqalgan edi.Sobyaninning fikricha, Moskvada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat dunyoning ko‘plab mamlakatlaridagidan ko‘ra yaxshiroq.“Butun dunyoda muassasalarni yopish, transport harakatini to‘xtatish kabi qat’iy choralar ko‘rilayotgan bir paytda Moskvada odatiy hayot tarzi kechmoqda”, — deydi u.Rossiyada 13-mart holatiga ko‘ra, 45 kishida koronavirus aniqlangan, ularning 42 nafari rossiyalik, ikki nafari xitoylik va bir nafari Italiya fuqarosi hisoblanadi. Avvalroq Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi sakkiz kishi, shu jumladan, barcha xorijliklar sog‘aygani va kasalxonadan chiqarilganini ma’lum qilgan.
Manba: Daryo
Izohlar
REKLAMA
TOP 10 - 7 KUNLIK
STASTIKA
8 Mehmonlar hozir saytda
ULARDAN:
Mehmon:8