Bosh sahifa Reklama Aloqa

Sifatli.Uz - Yangi musiqa, yangi filmlar, tarjima qilingan filmlar, o'zbek tilidagi filmlar, kompyuter dasturlari, Android ilovalari, turk musiqasi, rus musiqasi, rus musiqasi, xorijiy musiqa, tojik musiqasi, qozoq musiqasi, Ayollar, erkaklar, aperatiflar, salatlar, pirojkalar, pishirish, pirojnoe, retseptlar, yo'riqnomalar va boshqa eng ommabop maqolalar, telefon qo'ng'iroqlari, telefon o'yinlari, kompyuter o'yinlari, oyna dasturlari...

02:02, 01-Iyun 2020 yil
Fayl qo'shish
Yangilik qo'shish
Behruz Djumaev
E-mail: admin@sifatli.uz
Telegram: @prakuror1
Bobur (Bahh Tee)
E-mail: bahhtee@sifatli.uz
Telegram: @BahhTeeUz
REKLAMA
TELEGRAM
O‘zbekistonda kredit olgan tadbirkorlarga koronavirus sabab imtiyoz davri berilishi mumkin
Категория: Новости / Узбекистан
Просмотров: 59
O‘zbekistonda kredit olgan tadbirkorlarga koronavirus sabab imtiyoz davri berilishi mumkin
O‘zbekiston Markaziy banki koronavirus infeksiyasining tarqalishi oqibatida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan kredit risklari ta’sirini yumshatish choralari yuzasidan tijorat banklariga bir qator tavsiyalarni berdi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi. Foto: Markaziy bankMarkaziy bank koronavirus infeksiyasi tarqalishi sababli tadbirkorlik subyektlarida kreditlarni qaytarish bilan bog‘liq salbiy oqibatlarni yumshatish maqsadida barcha tijorat banklariga:koronavirus infeksiyasining tarqalishi oqibatida pul oqimlarining kamayishi yuz bergan va loyihalarni ishga tushirish muddatlari kechikayotgan korxonalar, shu jumladan, turizm va xalqaro yuk tashish sohalari, asosiy kontragentlari koronavirus infeksiyasi eng ko‘p tarqalgan davlatlarda joylashgan korxonalar hamda O‘zbekistonda koronavirus profilaktikasi chora-tadbirlarining amalga oshirilishi bevosita faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan korxonalarga ajratilgan kreditlarni qaytarish imkoniyatlarini to‘liq va puxta o‘rganish; o‘rganish natijalaridan kelib chiqqan holda, mijozlarning real pul oqimlari va imkoniyatlari hamda loyihalarni ishga tushirishning kutilayotgan muddatlaridan kelib chiqib, kreditning asosiy qarzini qaytarish bo‘yicha 2020-yil 1-oktabriga qadar imtiyozli davr berish hamda yakuniy to‘lovlar muddatlarini berilgan imtiyozli davrga mos ravishda uzaytirish yuzasidan kredit shartnoma shartlariga o‘zgartirish kiritish masalasini ko‘rib chiqish tavsiya qilinadi. Bunda tijorat banklariga yuqoridagi tavsiyalarga asosan, shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar sifatining tasnifini o‘zgartirmaslik huquqi beriladi.
Manba: Daryo
Izohlar
REKLAMA
TOP 10 - 7 KUNLIK
STASTIKA
10 Mehmonlar hozir saytda
ULARDAN:
Mehmon:10