Bosh sahifa Reklama Aloqa

Sifatli.Uz - Yangi musiqa, yangi filmlar, tarjima qilingan filmlar, o'zbek tilidagi filmlar, kompyuter dasturlari, Android ilovalari, turk musiqasi, rus musiqasi, rus musiqasi, xorijiy musiqa, tojik musiqasi, qozoq musiqasi, Ayollar, erkaklar, aperatiflar, salatlar, pirojkalar, pishirish, pirojnoe, retseptlar, yo'riqnomalar va boshqa eng ommabop maqolalar, telefon qo'ng'iroqlari, telefon o'yinlari, kompyuter o'yinlari, oyna dasturlari...

01:00, 01-Iyun 2020 yil
Fayl qo'shish
Yangilik qo'shish
Behruz Djumaev
E-mail: admin@sifatli.uz
Telegram: @prakuror1
Bobur (Bahh Tee)
E-mail: bahhtee@sifatli.uz
Telegram: @BahhTeeUz
REKLAMA
TELEGRAM
O‘zbekistonda koronavirus haqida haqiqiy vaziyatni soxtalashtirib talqin qilayotgan 33 ta akkaunt aniqlandi
Категория: Новости / Узбекистан
Просмотров: 50
O‘zbekistonda koronavirus haqida haqiqiy vaziyatni soxtalashtirib talqin qilayotgan 33 ta akkaunt aniqlandi
O‘zbekistonda koronavirus haqida noto‘g‘ri xabarlar, asossiz ma’lumotlar va aholi o‘rtasida sarosima uyg‘otuvchi axborot tarqatgan 33 ta akkaunt aniqlandi. Bu haqda ichki ishlar vazirining matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov ma’lum qildi. Foto: “Daryo”Qayd etilishicha, IIVda Bosh prokuratura hamda boshqa mutasaddi organlar bilan birgalikda aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan ma’lumotlar va materiallarni, shuningdek, fuqarolar totuvligini buzish, vaziyatni beqarorlashtiruvchi uydirmalar tarqatish hamda jamiyatda qaror topgan xulq-atvor qoidalariga va jamoat xavfsizligiga qarshi qaratilgan barcha qilmishlarni aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha ishchi guruh faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.Bugungi kunga kelib, ishchi guruh tomonidan koronavirus haqida haqiqiy vaziyatni soxtalashtirib talqin qilayotgan, aholi orasida vahima keltirib chiqarishga qaratilgan, fuqarolar totuvligini buzish va vaziyatni beqarorlashtiruvchi uydirmalar tarqatgan ijtimoiy tarmoqlardagi 33 ta akkaunt aniqlangan. Ulardan 25 tasi xorijiy mamlakatlardagi foydalanuvchilarga, 8 tasi esa O‘zbekiston fuqarolariga tegishli. Hozirda ushbu fuqarolarning shaxsi aniqlanib, tegishli tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.Shu bilan birga, virusga chalingan hamda karantinda bo‘lgan fuqarolarning shaxslarini ommaga tarqatgan ikki nafar fuqaro aniqlanib, ularning harakatlariga huquqiy baho berilmoqda.Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi foydalanuvchilar tomonidan soxta va asossiz ma’lumotlarni tarqatayotgan 13 nafar fuqaro aniqlanib, ularning to‘qqiz nafari bilan profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi. To‘rt nafarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunda belgilangan tartibda jazo choralari ko‘riladi.O‘zbekistonda 17-mart holatiga ko‘ra, koronavirusga chalingan fuqarolar soni 10 kishiga yetdi.  Sog‘liqni saqlash vazirining ma’lum qilishicha, 16-mart holati bo‘yicha 5,6 mingdan ortiq odam karantinga olingan.
Manba: Daryo
Izohlar
REKLAMA
TOP 10 - 7 KUNLIK
STASTIKA
6 Mehmonlar hozir saytda
ULARDAN:
Mehmon:6