Bosh sahifa Reklama Aloqa

Sifatli.Uz - Yangi musiqa, yangi filmlar, tarjima qilingan filmlar, o'zbek tilidagi filmlar, kompyuter dasturlari, Android ilovalari, turk musiqasi, rus musiqasi, rus musiqasi, xorijiy musiqa, tojik musiqasi, qozoq musiqasi, Ayollar, erkaklar, aperatiflar, salatlar, pirojkalar, pishirish, pirojnoe, retseptlar, yo'riqnomalar va boshqa eng ommabop maqolalar, telefon qo'ng'iroqlari, telefon o'yinlari, kompyuter o'yinlari, oyna dasturlari...

02:16, 01-Iyun 2020 yil
Fayl qo'shish
Yangilik qo'shish
Behruz Djumaev
E-mail: admin@sifatli.uz
Telegram: @prakuror1
Bobur (Bahh Tee)
E-mail: bahhtee@sifatli.uz
Telegram: @BahhTeeUz
REKLAMA
TELEGRAM
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ham karantin e’lon qilindi
Категория: Новости / Узбекистан
Просмотров: 39
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ham karantin e’lon qilindi
O‘zbekiston parlamenti quyi palatasida ham 16-martdan boshlab karantin qoidalari amal qila boshladi. Hukumat belgilagan chora-tadbirlardan kelib chiqib, palata qo‘mitalarining majlislari, fraksiyalar yig‘ilishlari, yalpi majlislar o‘tkazilishi to‘xtatildi. Bu haqda deputat Doniyor G‘aniyevga asoslanib, “Kun.uz” xabar berdi. Foto: “Daryo”Deputatning aytishicha, Oliy Majlis binosiga kirishda tibbiy tekshiruvlar yo‘lga qo‘yilgan. Bundan tashqari, shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilish uchun sharoitlar yaratilgan.“Davlat hokimiyatining birdan bir manbayi bu xalqimiz ekanidan kelib chiqsak, davlat xalq manfaatlarini ko‘zlab, birinchi navbatda, uning sog‘lig‘i va xavfsizligini ta’minlash uchun xizmat qilishi lozim. Shu nuqtayi nazardan, koronavirus infeksiyasining respublikamizda tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha hukumat tomonidan qattiqqo‘llik bilan ko‘rilayotgan barcha karantin chora-tadbirlarini men ham deputat sifatida, ham bir fuqaro sifatida to‘laligicha qo‘llab-qavvatlayman.Zero, koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha Xitoy va Yevropa davlatlari tajribasidan kelib chiqib, xulosa qiladigan bo‘lsak, karantin qoidalariga qat’iy amal qilish hozircha bu infeksiyaga qarshi kurashishning eng samarali yo‘li hisoblanadi.Karantin munosabati bilan qat’iy choralar ko‘rilayotgani parlament quyi palatasi faoliyatini to‘xtatdi, degani emas. Hozirda parlamentda ichki elektron tizim yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, barcha hujjatlarning elektron almashinuvi uchun sharoitlar yaratilgan. Parlament va deputatlarning asosiy faoliyati elektron tarzda davom ettiriladi”, — deydi u.Doniyor G‘aniyevga ko‘ra, qonun loyihalari muhokamalari, ijro hokimiyati tomonidan qonunlar ijrosi nazorati, fuqarolar murojaatlarini qabul qilish va ular ustida ishlash ham elektron tarzda amalga oshiriladi.“Parlament va hukumat o‘rtasidagi aloqalar va hujjatlar almashinuvi elektron hukumat portali orqali o‘rnatilsa, deputatlarimizning fuqarolar bilan aloqasi esa ularning ijtimoiy tarmoqlar (Facebook va Telegram)dagi shaxsiy sahifalari orqali davom etadi.Qolaversa, mamlakatimizda karantin haftaligining joriy etilishi bahonasida, ehtimol, og‘riqli nuqtalarimizdan biri bo‘lgan ‘Elektron Hukumat’, ‘Elektron Parlament’ hamda masofaviy ta’lim tizimlarini yanada rivojlantirish, ularning amalda qo‘llanilishini tezlashtirish, shuningdek, hududlarni tezkor va sifatli internet aloqasi bilan ta’minlash ishlarini jadallashtirishga katta bir turtki bo‘lar. Zero, har bir qiyinchilik yoki xavf insonlarni yangi imkoniyatlar ‘oynasini’ izlashga undaydi”, — deydi deputat Doniyor G‘aniyev.Oliy Majlis Qonunchilik palatasi axborot xizmati rahbari Hojiakbar To‘laganov parlament faoliyatini to‘xtatmasligini ma’lum qiligan.“Qonun loyihalariga mas’ullar shu yerda qoladi, qolganlar joylarda koronavirus sababli parlament nazoratini o‘rnatish maqsadida o‘z saylov okruglarida faoliyat olib boradi.Doniyor G‘aniyevning gapida jon bor. Gap shundaki, qonun loyihalarini ikkinchi, uchinchi o‘qishga tayyorlash jarayoniga mutaxassislar jalb etiladi. Endilikda ular bilan messenjerlar, elektron pochta orqali muloqotda bo‘lib turiladi”, — degan u.Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanish holatlari aniqlangani sababli 16-martdan barcha ta’lim muassasalari karantin uchun yopildi hamda boshqa tashkilotlarda sanitar-gigiyenik choralar kuchaytirildi.
Manba: Daryo
Izohlar
REKLAMA
TOP 10 - 7 KUNLIK
STASTIKA
9 Mehmonlar hozir saytda
ULARDAN:
Mehmon:9