Bosh sahifa Reklama Aloqa

Sifatli.Uz - Yangi musiqa, yangi filmlar, tarjima qilingan filmlar, o'zbek tilidagi filmlar, kompyuter dasturlari, Android ilovalari, turk musiqasi, rus musiqasi, rus musiqasi, xorijiy musiqa, tojik musiqasi, qozoq musiqasi, Ayollar, erkaklar, aperatiflar, salatlar, pirojkalar, pishirish, pirojnoe, retseptlar, yo'riqnomalar va boshqa eng ommabop maqolalar, telefon qo'ng'iroqlari, telefon o'yinlari, kompyuter o'yinlari, oyna dasturlari...

23:39, 31-May 2020 yil
Fayl qo'shish
Yangilik qo'shish
Behruz Djumaev
E-mail: admin@sifatli.uz
Telegram: @prakuror1
Bobur (Bahh Tee)
E-mail: bahhtee@sifatli.uz
Telegram: @BahhTeeUz
REKLAMA
TELEGRAM
Tomoqdagi koronavirusni tuz va sirkali suv bilan yo‘q qilish mumkinligi haqidagi gap-so‘zlar rad etildi
Категория: Новости / Узбекистан
Просмотров: 61
Tomoqdagi koronavirusni tuz va sirkali suv bilan yo‘q qilish mumkinligi haqidagi gap-so‘zlar rad etildi
Butun dunyoda tarqalgan COVID-19 koronavirusi inson organizmiga tushganda o‘pkaga o‘tishidan avval, tomoqda to‘rt kungacha saqlanib turishi, shu paytda yo‘tal va tomoq og‘riq boshlanishi, agar ushbu davrda ko‘p suv ichilsa, tuz va sirkali suvda tomoq chayqalsa, virus yo‘qolishi haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar haqiqatdan yiroq. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi “Daryo”ga ma’lum qildi. Foto: “Nastroy.net”“Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ‘Koronavirus o‘pkaga o‘tishidan avval, tomoqda 4 kungacha saqlanib turadi, shu paytda yo‘tal va tomoq og‘riq boshlanadi. Agar shu davrda ko‘p suv ichilsa, tuz va uksusli suvda tomoq chayqalsa, virus yo‘qoladi’ mazmunida tarqalayotgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.Koronavirus infeksiyasiga xos klinik belgilardan biri — quruq yo‘tal. Og‘iz bo‘shlig‘ini doimo xo‘llab turish organizm uchun juda foydali, chunki og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatdan iborat bo‘lib, suyuqlik ichishi hisobiga doimo nam holatda bo‘lishi, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining tashqi muhitdan ta’sir qilayotgan mikroorganizmlardan, shu jumladan koronavirusdan himoya qiladigan qobiq sifatida ta’sir ko‘rsatadi.Tuz va sirkali suv yuqorida aytib o‘tilganidek, og‘iz shilliq qavati butunligining buzilishiga va oqibatda turli xil kasalliklarni og‘iz orqali yuqishiga olib keladi. Shuni unutmaslik kerakki, aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan ma’lumotlar, materiallar, feyk xabarlar va umuman, ishonchsiz axborotni har qanday shaklda tarqatish amaldagi qonunchilikka muvofiq jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin”, — deyiladi Agentlik xabarida.So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni sakkiz kishiga yetgan — ularning olti nafari bir xonadonda bo‘lgan fuqarolardir, qolgan ikki nafari Istanbul va Londondan kelgan fuqarolar. Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov hozirda butun O‘zbekiston bo‘yicha 6 mingdan ortiq fuqaro karantinga olinganini ma’lum qildi.
Manba: Daryo
Izohlar
REKLAMA
TOP 10 - 7 KUNLIK
STASTIKA
7 Mehmonlar hozir saytda
ULARDAN:
Mehmon:7