Bosh sahifa Reklama Aloqa

Sifatli.Uz - Yangi musiqa, yangi filmlar, tarjima qilingan filmlar, o'zbek tilidagi filmlar, kompyuter dasturlari, Android ilovalari, turk musiqasi, rus musiqasi, rus musiqasi, xorijiy musiqa, tojik musiqasi, qozoq musiqasi, Ayollar, erkaklar, aperatiflar, salatlar, pirojkalar, pishirish, pirojnoe, retseptlar, yo'riqnomalar va boshqa eng ommabop maqolalar, telefon qo'ng'iroqlari, telefon o'yinlari, kompyuter o'yinlari, oyna dasturlari...

02:10, 01-Iyun 2020 yil
Fayl qo'shish
Yangilik qo'shish
Behruz Djumaev
E-mail: admin@sifatli.uz
Telegram: @prakuror1
Bobur (Bahh Tee)
E-mail: bahhtee@sifatli.uz
Telegram: @BahhTeeUz
REKLAMA
TELEGRAM
Toshkentdagi Bo‘rijar kanalidan bir yigitning jasadi topildi. U Milliy gvardiya xodimlaridan qochib, suvga sakragani aytilmoqda
Категория: Новости / Узбекистан
Просмотров: 56
Toshkentdagi Bo‘rijar kanalidan bir yigitning jasadi topildi. U Milliy gvardiya xodimlaridan qochib, suvga sakragani aytilmoqda
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi tomonidan ma’lum qilinishicha, Facebook ijtimoiy tarmog‘ida 2020-yilning 14-fevral kuni Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Sharshara ko‘chasida Milliy gvardiya xodimlari bir nafar huquqni muhofaza qiluvchi idora xodimi deb taxmin qilinayotgan shaxsning ortidan quvganligi haqida xabar tarqalgan. Foto: Bosh prokuraturaIjtimoiy tarmoqda tarqalgan xabarga ko‘ra, Milliy gvardiya xodimlari ta’qibidan qochgan mazkur shaxs o‘zini Bo‘rijar kanaliga tashlagan va oradan ikki hafta o‘tgach, ushbu kanaldan uning murdasi topilgan. Qayd etilishicha, mazkur shaxsning Milliy gvardiya xodimlaridan qochishiga uning mazkur tumanda yashovchi bir ayol bilan janjallashgani sabab bo‘lgan. Foto: Bosh prokuraturaFacebook’da berilgan xabarda ta’kidlanishicha, ayol va yigit o‘rtasida janjal yuz bergan joyga Milliy gvardiya xodimlari yetib kelgan. Yigit ulardan qochgan va ta’qibdan qutulish uchun Bo‘rijar kanaliga sakragan. Foto: Bosh prokuraturaOradan ikki hafta o‘tgach, yigitning jasadi huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan kanal tubidan topilgan.Bosh prokuratura tomonidan qayd etilishicha, ayni paytda mazkur holat bo‘yicha dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.Avvalroq mazkur kanaldan 1954-yilda tug‘ilgan ayolning jasadi topilgan va Bosh prokuratura mazkur holat bo‘yicha munosabat bildirgan edi. Shuningdek, Chilonzordagi kanaldan beliga tosh bog‘lab tashlab ketilgan chaqaloq, Samarqandda Siyob kanaliga tushib ketgan 3 yoshli bolaning jasadi topilgan edi.
Manba: Daryo
Izohlar
REKLAMA
TOP 10 - 7 KUNLIK
STASTIKA
7 Mehmonlar hozir saytda
ULARDAN:
Mehmon:7