Bosh sahifa Reklama Aloqa

Sifatli.Uz - Yangi musiqa, yangi filmlar, tarjima qilingan filmlar, o'zbek tilidagi filmlar, kompyuter dasturlari, Android ilovalari, turk musiqasi, rus musiqasi, rus musiqasi, xorijiy musiqa, tojik musiqasi, qozoq musiqasi, Ayollar, erkaklar, aperatiflar, salatlar, pirojkalar, pishirish, pirojnoe, retseptlar, yo'riqnomalar va boshqa eng ommabop maqolalar, telefon qo'ng'iroqlari, telefon o'yinlari, kompyuter o'yinlari, oyna dasturlari...

09:28, 02-Iyun 2020 yil
Fayl qo'shish
Yangilik qo'shish
Behruz Djumaev
E-mail: admin@sifatli.uz
Telegram: @prakuror1
Bobur (Bahh Tee)
E-mail: bahhtee@sifatli.uz
Telegram: @BahhTeeUz
REKLAMA
TELEGRAM
Maktab o‘quvchilari uchun televideniye orqali darslar berib boriladi
Категория: Новости / Узбекистан
Просмотров: 74
Maktab o‘quvchilari uchun televideniye orqali darslar berib boriladi
Videodars mashg‘ulotlarini tayyorlash va uni tasvirga olish bo‘yicha soha xodimlaridan iborat tashkiliy-ijodiy guruh ish boshladi. Bu haqda 17-mart, seshanba kuni, koronovirusning tarqalishi va unga qarshi ko‘rilayotgan choralar bo‘yicha ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha o‘tkazilayotgan mutbuot anjumanida xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ma’lum qildi.Vazirning ta’kidlanishicha, o‘quvchilarning ta’til paytida bilim olishi uchun videodars mashg‘ulotlarini tayyorlash va uni tasvirga olish bo‘yicha soha xodimlaridan iborat tashkiliy-ijodiy guruh tuzildi va hozirda videodarslarni tasvirga olish ishlari boshlandi.Videodarslar tayyor bo‘lganidan keyin televideniye va Xalq ta’limi vazirligining ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalari (@uzedu) va rasmiy veb-saytlarida (“www.uzedu.uz”), elektron axborot portallari (Online maktab) orqali ham namoyish etib boriladi. Videodarslar va namoyish vaqtlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar vazirlik rasmiy sayti, ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari hamda Kundalik tizimi orqali chop etib boriladi.Videodarslar tayyor bo‘lgunga qadar Xalq ta’limi vazirligi va Respublika ta’lim markazi tajribali o‘qituvchilar bilan birgalikda o‘quvchilarga ta’til paytida uyda mustaqil tarzda ta’lim olishlari uchun namunaviy dars tavsiyalarini ishlab chiqdi. Hozirda mazkur tavsiyalar Xalq ta’limi vazirligining rasmiy saytiga (“www.uzedu.uz”) joylanmoqda.Namunaviy tavsiyalar ixtiyoriylik tamoyili asosida bo‘lib, fan o‘qituvchilari o‘zlarining yillik ish rejalari asosida tegishli o‘zgartirish kiritishi mumkin.O‘qituvchilar ota-onalar bilan hamkorlikda telefon yoki internet texnologiyalaridan foydalangan holda o‘quvchilarga ta’til paytida bilim olishlari uchun tavsiyalar berib borishlari so‘raladi.Ma’lumot uchun, O‘quvchilarga qo‘shimcha manbalar sifatida Khan Academy (https://uz.khanacademy.org (https://uz.khanacademy.org/)), Edu Market (https://edumarket.uz (https://edumarket.uz/)), Eduportal (http://eduportal.uz (http://eduportal.uz/)), “Kitob.uz” (http://www.kitob.uz (http://www.kitob.uz/)), Online maktab (http://www.online-maktab.uz), “Maktab.uzedu.uz” (http://maktab.uzedu.uz (http://maktab.uzedu.uz/)) kabi ta’lim resurslari va “Utube.uz” (https://utube.uz) resursidan ham foydalanishlari tavsiya etiladi.Sherzod Shermatov, xalq ta’limi vaziri
Manba: Daryo
Izohlar
REKLAMA
TOP 10 - 7 KUNLIK
STASTIKA
6 Mehmonlar hozir saytda
ULARDAN:
Mehmon:6