Bosh sahifa Reklama Aloqa

Sifatli.Uz - Yangi musiqa, yangi filmlar, tarjima qilingan filmlar, o'zbek tilidagi filmlar, kompyuter dasturlari, Android ilovalari, turk musiqasi, rus musiqasi, rus musiqasi, xorijiy musiqa, tojik musiqasi, qozoq musiqasi, Ayollar, erkaklar, aperatiflar, salatlar, pirojkalar, pishirish, pirojnoe, retseptlar, yo'riqnomalar va boshqa eng ommabop maqolalar, telefon qo'ng'iroqlari, telefon o'yinlari, kompyuter o'yinlari, oyna dasturlari...

10:08, 02-Iyun 2020 yil
Fayl qo'shish
Yangilik qo'shish
Behruz Djumaev
E-mail: admin@sifatli.uz
Telegram: @prakuror1
Bobur (Bahh Tee)
E-mail: bahhtee@sifatli.uz
Telegram: @BahhTeeUz
REKLAMA
TELEGRAM
Vladimir Zelenskiy koronavirusga qarshi kurash uchun biznesmenlardan 500 mln dollar so‘radi
Категория: Новости / Мир
Просмотров: 78
Vladimir Zelenskiy koronavirusga qarshi kurash uchun biznesmenlardan 500 mln dollar so‘radi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatdagi biznesmenlarga murojaat qildi va ulardan yangi turdagi COVID-19 koronavirusiga qarshi kurashda yordam berishni, jarayonga taxminan 500 million AQSh dollari ajratishni so‘radi. Bu haqda “RBK” xabar bergan. Foto: “RIA Novosti”Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, u tadbirkorlar bilan ochiq muloqot qilgan.“Men mamlakatning ularni uzoq vaqt davomida boqib kelganini eslatdim. Endi sizlarning ham vatanga ko‘mak beradigan vaqtingiz keldi, deb aytdim”, — deya ta’kidladi Zelenskiy.Zelenskiy pullarning hukumat tomonidan tashkil qilinadigan alohida jamg‘arma hisobiga o‘tkazilishi haqida aytib o‘tgan.Biznesmenlar bilan uchrashuv 16-mart kuni o‘tkazildi, — deyiladi Ukraina prezidenti rasmiy saytidagi xabarda. Xabarga ko‘ra, uchrashuvda tadbirkorlarning mamlakatda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashga hissa qo‘shishi lozimligi muhokama qilingan.“Xususan, katta miqdordagi testlar xaridi va yetkazib berilishida tadbirkorlarning ko‘mak berishi, tibbiyot uskunalarini, himoya va dezinfeksiya vositalarini olishga hissasini qo‘shishi haqida suhbatlashildi”, — deyilgan xabarda.Zelenskiy Oliy Radaga barcha barlar, savdo markazlari va sport zallarining ishlashini taqiqlashni taklif qilgan. Ushbu choralar 17-mart, seshanba kuni, yarim tundan kuchga kirdi. Shu bilan birga, restoran va kafelarga tayyor ovqatlarni uylarga yetkazib berish xizmatiga o‘tishga imkon beriladi. Shuningdek, virus tarqalishiga qarshi chora sifatida metroni 18-mart, chorshanba kuni, peshindan keyin yopib, shahar va tumanlar o‘rtasida temiryo‘l, avia va avtobus harakatini to‘xtatish taklif qilingan.Eslatib o‘tamiz, Ukrainada birinchi marta koronavirus bilan kasallanish holati 3-mart kuni aniqlangandi. 12-mart kuni Ukrainaning Jitomir viloyatida koronavirus infeksiyasi bilan kasalxonaga yotqizilgan 71 yoshli ayol vafot etdi. Kiyevda 12-martdan boshlab koronavirus bo‘yicha karantin joriy etildi, ommaviy tadbirlar taqiqlanadi va maktablar yopildi.Ukraina Sog‘liqni saqlash vazirligining 13-martdagi ma’lumotlariga ko‘ra, Jitomir viloyatidagi holatdan tashqari mamlakatda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana ikkita holat aniqlangan, ularning ikkalasi ham Chernovsi viloyatida qayd etilgan. 2020-yil boshidan beri Ukraina Sog‘liqni saqlash markaziga COVID-19 da gumonlanib, 55 ta xabar kelib tushgan, ularning 49 tasi tasdiqlanmagan, uchtasi tekshirilmoqda.17-mart kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy CTV telekanalida namoyish etilgan dasturda fuqarolarga COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish choralari sifatida mamlakatda joriy etilgan karantin paytida demografik inqirozga qarshi kurashishni tavsiya qilgani hamda Ukrainada koronavirus infeksiyasi keltirib chiqargan pnevmoniya kasalligidan ikkinchi bemor vafot etgani xabar qilindi.
Manba: Daryo
Izohlar
REKLAMA
TOP 10 - 7 KUNLIK
STASTIKA
6 Mehmonlar hozir saytda
ULARDAN:
Mehmon:6