Bosh sahifa Reklama Aloqa

Sifatli.Uz - Yangi musiqa, yangi filmlar, tarjima qilingan filmlar, o'zbek tilidagi filmlar, kompyuter dasturlari, Android ilovalari, turk musiqasi, rus musiqasi, rus musiqasi, xorijiy musiqa, tojik musiqasi, qozoq musiqasi, Ayollar, erkaklar, aperatiflar, salatlar, pirojkalar, pishirish, pirojnoe, retseptlar, yo'riqnomalar va boshqa eng ommabop maqolalar, telefon qo'ng'iroqlari, telefon o'yinlari, kompyuter o'yinlari, oyna dasturlari...

01:06, 01-Iyun 2020 yil
Fayl qo'shish
Yangilik qo'shish
Behruz Djumaev
E-mail: admin@sifatli.uz
Telegram: @prakuror1
Bobur (Bahh Tee)
E-mail: bahhtee@sifatli.uz
Telegram: @BahhTeeUz
REKLAMA
TELEGRAM
O‘zbekistonda 2020-yilda 130 mingdan ortiq talabani davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish rejalashtirilmoqda
Категория: Новости / Узбекистан
Просмотров: 52
O‘zbekistonda 2020-yilda 130 mingdan ortiq talabani davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish rejalashtirilmoqda
O‘zbekiston Prezidentining “2020/2021-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi. Foto: “Daryo”Qaror loyihasiga ko‘ra, 2020/2021-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilishning quyidagi umumiy parametrlari ko‘zda tutilgan.Bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha:kunduzgi ta’lim shakliga — 101 555 nafar; sirtqi ta’lim shakliga — 25 863 nafar etib; kechki ta’lim shakliga — 4 368 nafar; Magistrlar tayyorlash bo‘yicha — 10 643 nafar.Hujjat loyihasiga ko‘ra, 2020/2021-o‘quv yilida ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tasdiqlanadi. Davlat komissiyasiga quyidagi huquqlar beriladi:zarurat bo‘lganda, yangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini kiritish uchun davlat buyurtmasi parametrlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish; iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning, shu jumladan, respublikaning olis va borish qiyin bo‘lgan tumanlarining mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistraturasiga tegishli tarmoqlar va hududlar bo‘yicha maqsadli qabul parametrlarini belgilash; qaror bilan tasdiqlangan grant o‘rinlari parametrlari doirasida zarurat yuzaga kelgan holda tegishli o‘zgartirishlar kiritish; Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida oliy ta’lim muassasalarining (o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tayotgan oliy ta’lim muassasalaridan tashqari) nufuzi va hududiy joylashuvini hisobga olgan holda bazaviy to‘lov-kontrakt qiymatidan kelib chiqib tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt minimal miqdorining yagona ko‘rsatkichlarini ta’lim sohalari va respublika hududlari bo‘yicha belgilash. Qarorga muvofiq, oliy ta’lim muassasalariga davlat granti asosida ajratiladigan o‘rinlar soni bosqichma-bosqich 2022/2023-o‘quv yiliga qadar 2019/2020-o‘quv yiliga nisbatan ikki barobarga oshiriladi;Shuningdek, 2020/2021-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligi tomonidan beriladigan tavsiyanomaga ega bo‘lgan qizlar uchun kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha tasdiqlangan davlat grantlariga nisbatan 4 foiz miqdorda alohida grant o‘rinlari ajratiladi.Bundan tashqari, 2020/2021-o‘quv yilida “Matematika”, “Tabiiy fanlar” ta’lim sohalari bo‘yicha magistratura mutaxassisliklari uchun davlat buyurtmasi bo‘yicha qabul to‘liq davlat granti asosida amalga oshiriladi.
Manba: Daryo
Izohlar
REKLAMA
TOP 10 - 7 KUNLIK
STASTIKA
6 Mehmonlar hozir saytda
ULARDAN:
Mehmon:6