Bosh sahifa Reklama Aloqa

Sifatli.Uz - Yangi musiqa, yangi filmlar, tarjima qilingan filmlar, o'zbek tilidagi filmlar, kompyuter dasturlari, Android ilovalari, turk musiqasi, rus musiqasi, rus musiqasi, xorijiy musiqa, tojik musiqasi, qozoq musiqasi, Ayollar, erkaklar, aperatiflar, salatlar, pirojkalar, pishirish, pirojnoe, retseptlar, yo'riqnomalar va boshqa eng ommabop maqolalar, telefon qo'ng'iroqlari, telefon o'yinlari, kompyuter o'yinlari, oyna dasturlari...

10:21, 02-Iyun 2020 yil
Fayl qo'shish
Yangilik qo'shish
Behruz Djumaev
E-mail: admin@sifatli.uz
Telegram: @prakuror1
Bobur (Bahh Tee)
E-mail: bahhtee@sifatli.uz
Telegram: @BahhTeeUz
REKLAMA
TELEGRAM
Koronavirus AQShning barcha shtatlarida aniqlandi
Категория: Новости / Мир
Просмотров: 55
Koronavirus AQShning barcha shtatlarida aniqlandi
G‘arbiy Virjiniya koronavirusga chalinishning ilk holati tasdiqlandi, deb yozmoqda “RBK” The Washigton Post gazetasiga tayanib. Shunday qilib, koronavirus AQShning barcha — 50 ta shtatida, shuningdek, Kolumbiya okrugida aniqlandi. Foto: AP PhotoG‘arbiy Virjiniya gubernatori Jim Jastisning so‘zlariga ko‘ra, virus Merilend shtatiga chegaradosh Sharqiy Panxandl hududida aniqlangan. “Biz bunday bo‘lishini bilar edik, bunga tayyorgarlik ko‘rgandik, vahima qilmasligimiz kerak”, — degan gubernator.Qayd etilishicha, yaqinda koronavirus holati qayd etilgan shtatlar orasida Aydaho, Montana va Alabama ham  bo‘lgan.Jon Xopkins nomidagi Amerika universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, 18-mart kuni AQShda 6 420 ta koronavirusga chalinish holati qayd etilgan, 108 kishi vafot etdi, yana 17 kishi kasallikdan tuzaldi.So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoydan tashqarida 86 mingdan ortiq koronavirusga chalinish holati aniqlangan, 3 388 kishi vafot etgan. Jami 182 ming nafardan ortiq odamda koronavirus borligi tasdiqlangan.18-mart kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar soni 13 nafarga yetdi. Qirg‘izistonda ham koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha uchta holat qayd etildi.
Manba: Daryo
Izohlar
REKLAMA
TOP 10 - 7 KUNLIK
STASTIKA
6 Mehmonlar hozir saytda
ULARDAN:
Mehmon:6