Bosh sahifa Reklama Aloqa

Sifatli.Uz - Yangi musiqa, yangi filmlar, tarjima qilingan filmlar, o'zbek tilidagi filmlar, kompyuter dasturlari, Android ilovalari, turk musiqasi, rus musiqasi, rus musiqasi, xorijiy musiqa, tojik musiqasi, qozoq musiqasi, Ayollar, erkaklar, aperatiflar, salatlar, pirojkalar, pishirish, pirojnoe, retseptlar, yo'riqnomalar va boshqa eng ommabop maqolalar, telefon qo'ng'iroqlari, telefon o'yinlari, kompyuter o'yinlari, oyna dasturlari...

09:45, 02-Iyun 2020 yil
Fayl qo'shish
Yangilik qo'shish
Behruz Djumaev
E-mail: admin@sifatli.uz
Telegram: @prakuror1
Bobur (Bahh Tee)
E-mail: bahhtee@sifatli.uz
Telegram: @BahhTeeUz
REKLAMA
TELEGRAM
Shavkat Mirziyoyev to‘y o‘tkazish tartibini buzganlik uchun jarima solish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Категория: Новости / Узбекистан
Просмотров: 42
Shavkat Mirziyoyev to‘y o‘tkazish tartibini buzganlik uchun jarima solish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazish tartibiga doir talablarga rioya etmaslik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi modda bilan to‘ldirildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.Prezident 17-mart kuni ushbu o‘zgarishni nazarda tutgan qonunni imzoladi. Qonun bilan qator qonunlar va kodekslarga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.Unga ko‘ra, to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazuvchi shaxs tomonidan mazkur tadbirlarni o‘tkazish tartibiga doir talablarga rioya etmaslik fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning  10 baravari (2 million 230 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.Shuningdek, to‘yxonalar, kafe va restoranlarning mansabdor shaxsi tomonidan to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish tartibiga doir talablarga rioya etmaslik BHMning 30 baravari (6 million 690 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.To‘yxona, kafe va restoranlar egasi tomonidan ushbu huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, BHMning 50 baravari (11 millon 150 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.Mazkur tartib Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach amalga kiritiladi.
Manba: Daryo
Izohlar
REKLAMA
TOP 10 - 7 KUNLIK
STASTIKA
4 Mehmon hozir saytda
ULARDAN:
Mehmon:4