Bosh sahifa Reklama Aloqa

Sifatli.Uz - Yangi musiqa, yangi filmlar, tarjima qilingan filmlar, o'zbek tilidagi filmlar, kompyuter dasturlari, Android ilovalari, turk musiqasi, rus musiqasi, rus musiqasi, xorijiy musiqa, tojik musiqasi, qozoq musiqasi, Ayollar, erkaklar, aperatiflar, salatlar, pirojkalar, pishirish, pirojnoe, retseptlar, yo'riqnomalar va boshqa eng ommabop maqolalar, telefon qo'ng'iroqlari, telefon o'yinlari, kompyuter o'yinlari, oyna dasturlari...

10:41, 02-Iyun 2020 yil
Fayl qo'shish
Yangilik qo'shish
Behruz Djumaev
E-mail: admin@sifatli.uz
Telegram: @prakuror1
Bobur (Bahh Tee)
E-mail: bahhtee@sifatli.uz
Telegram: @BahhTeeUz
REKLAMA
TELEGRAM
O‘zbekistonda ichki sayohatlar va ommaviy tadbirlar vaqtincha to‘xtatiladi
Категория: Новости / Узбекистан
Просмотров: 43
O‘zbekistonda ichki sayohatlar va ommaviy tadbirlar vaqtincha to‘xtatiladi
Sayyohlik kompaniyalari, jamoat tashkilotlari va yirik sanoat korxonalariga O‘zbekistonda koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat barqaror holatga kelgunga qadar ichki turizmni rivojlantirishga doir tadbirlarni to‘xtatish tavsiya etiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining Respublika maxsus komissiyasi qaroriga tayanib, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabar berdi. Foto: “Daryo”Shu bilan birga, respublika hududida o‘tkazilishi rejalashtirilgan barcha turdagi ommaviy bayram tadbirlari, xalqaro tadbirlar va sport musobaqalari, teatr, kino va konsert dasturlari vaqtincha to‘xtatiladi.Maxsus komissiya qaroriga asosan, Transport vazirligi karantin muddati davriga to‘g‘ri keluvchi turizm maqsadida xarid qilingan havo va temir yo‘l chiptalarini, shu jumladan, ichki qatnovlar uchun chiptalarni xaridorlar tomonidan qaytarilgan taqdirda, jarimasiz qabul qilish, chipta narxini xaridorga to‘liq qaytarish yoki boshqa muddatga ko‘chirish choralarini ko‘radi.O‘zbekiston Transport vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda ayni damda mamlakatda bo‘lib turgan xorijiy fuqarolarni, shu jumladan, turistlarni o‘z mamlakatlariga qaytishi masalalarida ularga axborot ko‘magini beruvchi maxsus shtab tashkil etildi.Avvalroq koronavirus sababli Toshkentda 23—25-aprel kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Tashkent Law Spring II xalqaro yuridik forumi keyinga qoldirilgandi. Shuningdek, birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi koronavirus sababli 2020-yilning kuziga qoldirilgan edi. O‘zbekistonda xalqaro tadbirlar va sport musobaqalari vaqtincha to‘xtatildi.
Manba: Daryo
Izohlar
REKLAMA
TOP 10 - 7 KUNLIK
STASTIKA
5 Mehmonlar hozir saytda
ULARDAN:
Mehmon:5