Bosh sahifa Reklama Aloqa

Sifatli.Uz - Yangi musiqa, yangi filmlar, tarjima qilingan filmlar, o'zbek tilidagi filmlar, kompyuter dasturlari, Android ilovalari, turk musiqasi, rus musiqasi, rus musiqasi, xorijiy musiqa, tojik musiqasi, qozoq musiqasi, Ayollar, erkaklar, aperatiflar, salatlar, pirojkalar, pishirish, pirojnoe, retseptlar, yo'riqnomalar va boshqa eng ommabop maqolalar, telefon qo'ng'iroqlari, telefon o'yinlari, kompyuter o'yinlari, oyna dasturlari...

00:26, 01-Iyun 2020 yil
Fayl qo'shish
Yangilik qo'shish
Behruz Djumaev
E-mail: admin@sifatli.uz
Telegram: @prakuror1
Bobur (Bahh Tee)
E-mail: bahhtee@sifatli.uz
Telegram: @BahhTeeUz
REKLAMA
TELEGRAM
Video: Qozog‘istonning Olmaota shahriga karantin tufayli harbiy texnikalar olib kelindi
Категория: Новости / Мир
Просмотров: 49
Video: Qozog‘istonning Olmaota shahriga karantin tufayli harbiy texnikalar olib kelindi
Qozog‘istonning Olmaota shahriga harbiy texnika kiritilmoqda, deb xabar berdi Tengrinews. Foto: TengrinewsIjtimoiy tarmoqlarga foydalanuvchilar shahar bo‘ylab yurgan o‘nlab harbiy texnika videosini joylashtirgan.Shahar hokimiyati harbiy texnika kiritilishi karantin bilan bog‘liq ekanligini tasdiqlagan.Shuningdek, shaharga kirish joylarida 27 ta blokpost o‘rnatiladi. Blokpostlarda patrul politsiyasi, SOBR, “Granit” polki, mudofaa vazirligi va milliy gvardiya kuchlari xizmat olib boradi. Shu bilan birga shaharga birinchi ehtiyoj buyumlari, oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon va tibbiy mahsulotlar, shaxsiy himoya va gigiyena vositalari olib kirish uchun “yashil yo‘lak” o‘rnatiladi.“Barchamiz uchun muhim daqiqalar keldi. Karantin rejimi megapolisning butun hayoti yangi qoidalarga ko‘ra, qayta tashkillashtirilishini anglatadi. Karantin noqulayliklar, odatdagi turmush tarzining buzilishi bilan kechadi. Buni to‘g‘ri tushunishni iltimos qilaman”, — degan Olmaota hokimi Bakitjan Sag‘intayev.U shahardagi muassasalarni karantinga kiritilishi sabab masofadan ishlashga chaqirgan. Shaharda karantin 19-martdan amal qila boshlaydi.Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda koronavirus tarqalishi munosabati bilan 16-martdan 15-aprelga qadar favqulodda holat rejimi joriy qilindi. Bu davrda qozog‘istonliklar mamlakatni tark eta olmaydi (xorijga davolanish uchun ketayotganlardan tashqari).Hozirda Qozog‘istonda koronavirusni yuqtirib olganlar soni 33 nafarga yetgan. Jumladan 15 ta holat Olmaotada qayd etilgan.Mamlakatda ommaviy tadbirlar bekor qilindi, maktab o‘quvchilari ta’tilga ertaroq chiqdi, davlat organlariga xorijga xizmat safariga chiqish taqiqlandi. Fuqarolarga qo‘l berib ko‘rishmaslik tavsiya qilindi.Chimkentliklar halokatli koronavirusning oldini olish uchun xalq tabobati usullariga murojaat qilib, isiriq sotib olishni boshladi. Ayrim bozorlarda isiriqning hammasi sotilib ketgan.
Manba: Daryo
Izohlar
REKLAMA
TOP 10 - 7 KUNLIK
STASTIKA
4 Mehmon hozir saytda
ULARDAN:
Mehmon:4