Bosh sahifa Reklama Aloqa

Sifatli.Uz - Yangi musiqa, yangi filmlar, tarjima qilingan filmlar, o'zbek tilidagi filmlar, kompyuter dasturlari, Android ilovalari, turk musiqasi, rus musiqasi, rus musiqasi, xorijiy musiqa, tojik musiqasi, qozoq musiqasi, Ayollar, erkaklar, aperatiflar, salatlar, pirojkalar, pishirish, pirojnoe, retseptlar, yo'riqnomalar va boshqa eng ommabop maqolalar, telefon qo'ng'iroqlari, telefon o'yinlari, kompyuter o'yinlari, oyna dasturlari...

00:04, 01-Iyun 2020 yil
Fayl qo'shish
Yangilik qo'shish
Behruz Djumaev
E-mail: admin@sifatli.uz
Telegram: @prakuror1
Bobur (Bahh Tee)
E-mail: bahhtee@sifatli.uz
Telegram: @BahhTeeUz
REKLAMA
TELEGRAM
O‘zbekistonlik bloger qiz koronavirusga tahlil topshirdi
Категория: Новости / Узбекистан
Просмотров: 56
O‘zbekistonlik bloger qiz koronavirusga tahlil topshirdi
O‘zbekistonda leo_17 taxallusi bilan tanilgan taniqli Instagram blogeri Shahzoda Salimjonova koronavirusga tahlil topshirdi, deb xabar bermoqda Repost. Foto: Instagram / @leo_17sQayd etilishicha, u mart oyining boshlarida Yevropaga sayohat qilgan. Uyiga qaytganidan so‘ng va 16-mart kuni va O‘zbekistonda birinchi marta koronavirus infeksiyani aniqlaganidan keyin Shaxzoda o‘zida koronavirus bor-yo‘qligini aniqlash uchun ixtiyoriy ravishda Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markaziga murojaat qilib, tahlil topshirgan.“Soat kunduzgi 3 edi. Markazda odam gavjum edi. So‘rovnoma o‘tkazishdi. Qayerga borganim, kim bilan aloqada bo‘lganimmi so‘rashdi. Burnimdan surtma olishdi. Shu xolos. Mana, oradan bir kundan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa ham, haligacha javobini olmadim. Barcha qo‘ng‘iroqlarimga esa ‘biror narsa bo‘lsa o‘zimiz bog‘lanamiz’,  deya javob berishdi. Tushunmadim, meni hech kim majbur qilmagandi. Do‘stlarim bunga oddiy munosabatda bo‘lishdi. Uyda esa onam hatto bundan ajablandi va tahlil topshirishni kim talab qilganini so‘radi. Men buni normal holat deb hisoblayman. Ota-onam o‘zi tibbiyot xodimlari va shu sababli buni ijobiy qabul qilishdi”, — degan Shahzoda Salimjonova.18-mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 13 nafarga yetdi. 17-martdan boshlab O‘zbekistonda koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha bir qator profilaktik cheklovlar joriy etildi. O‘zbekistonda ichki sayohatlar va ommaviy tadbirlar vaqtincha to‘xtatildi.Dunyo bo‘yicha esa koronavirusga chalinganlar soni 198 mingdan oshdi. Koronavirus AQShning barcha shtatlarida aniqlandi. Yevropada koronavirus qayd etilmagan birorta davlat qolmadi.
Manba: Daryo
Izohlar
REKLAMA
TOP 10 - 7 KUNLIK
STASTIKA
8 Mehmonlar hozir saytda
ULARDAN:
Mehmon:8