Bosh sahifa Reklama Aloqa

Sifatli.Uz - Yangi musiqa, yangi filmlar, tarjima qilingan filmlar, o'zbek tilidagi filmlar, kompyuter dasturlari, Android ilovalari, turk musiqasi, rus musiqasi, rus musiqasi, xorijiy musiqa, tojik musiqasi, qozoq musiqasi, Ayollar, erkaklar, aperatiflar, salatlar, pirojkalar, pishirish, pirojnoe, retseptlar, yo'riqnomalar va boshqa eng ommabop maqolalar, telefon qo'ng'iroqlari, telefon o'yinlari, kompyuter o'yinlari, oyna dasturlari...

00:15, 01-Iyun 2020 yil
Fayl qo'shish
Yangilik qo'shish
Behruz Djumaev
E-mail: admin@sifatli.uz
Telegram: @prakuror1
Bobur (Bahh Tee)
E-mail: bahhtee@sifatli.uz
Telegram: @BahhTeeUz
REKLAMA
TELEGRAM
Namanganga Latviya va Erondan uchib kelgan yo‘lovchilar 14 kunlik karantin uchun sanatoriy va shifoxonaga joylashtirildi
Категория: Новости / Узбекистан
Просмотров: 61
Namanganga Latviya va Erondan uchib kelgan yo‘lovchilar 14 kunlik karantin uchun sanatoriy va shifoxonaga joylashtirildi
Namangan xalqaro aeroportiga joriy yil 16-mart kechki payt Latviya va Erondan ikki reys kelib qo‘ndi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda. Foto: Xamdamjon MamadaliyevYo‘lovchilar dezinfeksiyalash ishlaridan so‘ng tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan va avtobuslarda 14 kunlik karantin uchun maxsus tayyorlangan muassasalarga olib ketilgan. Foto: Xamdamjon MamadaliyevJumladan, Rigadan uchib kelgan 175 nafar yo‘lovchi Kosonsoy tumanidagi shu nomli sihatgohga joylashtirilgan. Ulardan 135 nafari ayol, 40 nafari erkak bo‘lib, aksari talabalar ekanligi aytilmoqda. Asosan Toshkent shahri va Toshkent, Xorazm, Farg‘ona hamda Namangan viloyatlari vakillaridan iborat. Foto: Abdulla G‘oziyev— Karantinga olingan hamyurtlarimizning salomatligi qat’iy nazoratga olingan. Tegishli shifokorlar guruhi ish olib bormoqda. Dori-darmon va dezinfeksiyalash vositalari zaxirasi yaratilgan. Karantindagilar vaqtlarini ko‘ngilli o‘tkazishi uchun sport jihozlari mavjud. Savdo xizmati ham yo‘lga qo‘yilgan. Sihatgoh oshxonasida 3 mahal issiq ovqat berilyapti, — deydi “Kosonsoy” sanatoriysi faoliyati va holati bo‘yicha mas’ul Tohirjon Turdiyev. Foto: Abdulla G‘oziyevErondan uchib kelgan reysdagi 39 nafar yo‘lovchi To‘raqo‘rg‘on tumanidagi yuqumli kasalliklar bo‘limiga joylashtirilgan va karantinga olingan. Ulardan 29 nafari erkak, 10 nafari ayol bo‘lib, asosan Toshkent, Buxoro va Samarqand shaharlaridan. Bu yerda ham ular uchun zarur barcha sharoitlar yaratilgan. Foto: To‘raqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmatiViloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mutasaddilariga ko‘ra, Chortoq tumanida joylashgan “Chortoq” sanatoriyasida karantinga olinadigan fuqarolar uchun qo‘shimcha yana 200 o‘rinli alohida shifoxona tashkil etilmoqda. Foto: To‘raqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmatiShuningdek, barcha tumanlarning yuqumli kasalliklar bo‘limida bittadan, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida esa 4 ta maxsus boks zahira sifatida tashkil etildi. Namangan shahrida 3 ta, tumanlarda bittadan zarur mutaxassislardan iborat tezkor brigadalar shakllantirildi va ularga maxsus reanimobillar biriktirildi.
Manba: Daryo
Izohlar
REKLAMA
TOP 10 - 7 KUNLIK
STASTIKA
6 Mehmonlar hozir saytda
ULARDAN:
Mehmon:6