Bosh sahifa Reklama Aloqa

Sifatli.Uz - Yangi musiqa, yangi filmlar, tarjima qilingan filmlar, o'zbek tilidagi filmlar, kompyuter dasturlari, Android ilovalari, turk musiqasi, rus musiqasi, rus musiqasi, xorijiy musiqa, tojik musiqasi, qozoq musiqasi, Ayollar, erkaklar, aperatiflar, salatlar, pirojkalar, pishirish, pirojnoe, retseptlar, yo'riqnomalar va boshqa eng ommabop maqolalar, telefon qo'ng'iroqlari, telefon o'yinlari, kompyuter o'yinlari, oyna dasturlari...

01:51, 01-Iyun 2020 yil
Fayl qo'shish
Yangilik qo'shish
Behruz Djumaev
E-mail: admin@sifatli.uz
Telegram: @prakuror1
Bobur (Bahh Tee)
E-mail: bahhtee@sifatli.uz
Telegram: @BahhTeeUz
REKLAMA
TELEGRAM
Misrdan charter reys bilan olib kelingan o‘zbekistonliklar Navoiyda karantinga olindi
Категория: Новости / Узбекистан
Просмотров: 44
Misrdan charter reys bilan olib kelingan o‘zbekistonliklar Navoiyda karantinga olindi
O‘zbekistonning Qohira shahridagi elchixonasi TIVning Operativ shtabi va O‘zbekistonning transport va sog‘liqni saqlash vazirliklari bilan birgalikda, 18-mart kuni Misrda bo‘lgan 177 nafar o‘zbekistonliklarni keltirish uchun Sharm ash-Shayx—Navoiy charter reysini tashkil etdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi. Foto: Navoiy viloyati hokimligi matbuot xizmatiNavoiy viloyati hokimligining ma’lum qilishicha, ular Navoiy xalqaro aeroportida kutib olinib, Karmana tumani hududidagi Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli sog‘lomlashtirish markaziga 14 kunlik karantinga joylashtirildi. Ularga maxsus tayyorgarlik o‘quvlaridan o‘tgan 60 nafar tibbiyot xodimi biriktirildi.Karantin kuzatuviga olinganlarning 50 nafarini erkaklar, 90 nafarini ayollar va 40 nafarini bolalar tashkil etib, ular orasida isitmalagan va boshqa shikoyatlari bo‘lganlar yo‘qligi ta’kidlanmoqda.Qayd etilishicha, belgilangan muddatda zarur tibbiy muolajalar, shaxsiy gigiyena va himoya vositalari hamda oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlanishi tashkil etilgan. Vaqtincha karantin muddati tugagach barcha yurtdoshlarimiz o‘z viloyatlari — yashash manzillariga tegishli tartibda kuzatib qo‘yiladi.Avvalroq Namanganga Latviya va Erondan 16-mart kechki payt uchib kelgan yo‘lovchilar 14 kunlik karantin uchun sanatoriy va shifoxonaga joylashtirilgani xabar berilgandi. Dam olish maskanida ularning belgilangan muddatda istiqomat qilishlari uchun zarur sharoitlar muhayyo etilgan.
Manba: Daryo
Izohlar
REKLAMA
TOP 10 - 7 KUNLIK
STASTIKA
7 Mehmonlar hozir saytda
ULARDAN:
Mehmon:7