Bosh sahifa Reklama Aloqa

Sifatli.Uz - Yangi musiqa, yangi filmlar, tarjima qilingan filmlar, o'zbek tilidagi filmlar, kompyuter dasturlari, Android ilovalari, turk musiqasi, rus musiqasi, rus musiqasi, xorijiy musiqa, tojik musiqasi, qozoq musiqasi, Ayollar, erkaklar, aperatiflar, salatlar, pirojkalar, pishirish, pirojnoe, retseptlar, yo'riqnomalar va boshqa eng ommabop maqolalar, telefon qo'ng'iroqlari, telefon o'yinlari, kompyuter o'yinlari, oyna dasturlari...

00:59, 01-Iyun 2020 yil
Fayl qo'shish
Yangilik qo'shish
Behruz Djumaev
E-mail: admin@sifatli.uz
Telegram: @prakuror1
Bobur (Bahh Tee)
E-mail: bahhtee@sifatli.uz
Telegram: @BahhTeeUz
REKLAMA
TELEGRAM
Koronavirus Markaziy osiyolik migrantlarni Rossiyaga “qamab qo‘ydi”
Категория: Новости / Узбекистан
Просмотров: 43
Koronavirus Markaziy osiyolik migrantlarni Rossiyaga “qamab qo‘ydi”
Rossiya O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston bilan avia va temiryo‘l qatnovlariga o‘zaro cheklov kiritgan yo keskin qisqartirgani sabab ushbu davlat fuqarolari mamlakatda qolib ketmoqda, deb xabar beradi “Kommersant”. Foto: “Kommersant”Nashr muxbiri har uch davlatning Rossiyadagi elchilari bilan bog‘lanib, bu davlatlar o‘z fuqarolariga vatanlariga qaytish yoki karantinni Rossiyada o‘tkazish borasida qanday yordam ko‘rsatayotganiga qiziqqan.COVID-19 koronavirusi tufayli Rossiya chegaralarning yopilishi hamda avia va temiryo‘l qatnovlarining bekor qilinishi Markaziy Osiyo davlatlari — O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistondan kelgan yuz minglab mehnat migrantlarining rejalarini o‘zgartirib yubordi. Gap shundaki, an’anaga ko‘ra, aynan bahor faslida ishchilar Rossiyaga ishlash uchun yo‘l olishadi va kech kuzda vataniga qaytishadi. Rossiyada qishda ishlagan migrantlar esa Navro‘z bayramini uyda nishonlashga harakat qiladi.Biroq mehnat migrantlari bayramga o‘z oilalari bag‘riga qaytishi qiyin masala. O‘zbekiston boshqa davlatlar bilan avia va temiryo‘l qatnovlarini to‘liq yopdi, Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasi esa faqat Moskva va Dubaydan charter reyslar tashkil etilishini va’da qilmoqda. Shuningdek, barcha yo‘lovchilar Toshkentga kelishi bilan ikki haftalik karantinga joylashtiriladi.O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadovning “Kommersant”ga ma’lum qilishicha, bunday charter reyslarning birinchisi seshanba kuni amalga oshirilgan. Rossiya hukumati bilan o‘zbekistonlik fuqarolarni nafaqat Moskvadan, Rossiyaning boshqa hududlaridan qo‘shimcha charter reyslar amalga oshirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. “Bu reyslarga chiptalar pullik. Bundan tashqari, ikki mamlakat hukumatlarining kelishuviga ko‘ra, 17-mart kuni Qozon vokzalidan Toshkentga ikkita maxsus poyezd yo‘l oldi. 18-mart kuni yana bir poyezd yo‘lga chiqishi kutilmoqda”, — deydi elchi.
Manba: Daryo
Izohlar
REKLAMA
TOP 10 - 7 KUNLIK
STASTIKA
7 Mehmonlar hozir saytda
ULARDAN:
Mehmon:7