Bosh sahifa Reklama Aloqa

Sifatli.Uz - Yangi musiqa, yangi filmlar, tarjima qilingan filmlar, o'zbek tilidagi filmlar, kompyuter dasturlari, Android ilovalari, turk musiqasi, rus musiqasi, rus musiqasi, xorijiy musiqa, tojik musiqasi, qozoq musiqasi, Ayollar, erkaklar, aperatiflar, salatlar, pirojkalar, pishirish, pirojnoe, retseptlar, yo'riqnomalar va boshqa eng ommabop maqolalar, telefon qo'ng'iroqlari, telefon o'yinlari, kompyuter o'yinlari, oyna dasturlari...

10:13, 02-Iyun 2020 yil
Fayl qo'shish
Yangilik qo'shish
Behruz Djumaev
E-mail: admin@sifatli.uz
Telegram: @prakuror1
Bobur (Bahh Tee)
E-mail: bahhtee@sifatli.uz
Telegram: @BahhTeeUz
REKLAMA
TELEGRAM
AQSh O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurash uchun shaxsiy himoya vositalarining 2-partiyasini topshirdi
Категория: Новости / Узбекистан
Просмотров: 54
AQSh O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurash uchun shaxsiy himoya vositalarining 2-partiyasini topshirdi
AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi 17-mart, seshanba kuni, koronavirus tarqalishiga tayyorgarlik ko‘rishi uchun O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga ikkinchi xayriya yordami sifatida shaxsiy himoya vositalarini topshirdi. Bu haqda AQSh elchixonasi tomonidan ma’lum qilindi. Foto: AQShning O‘zbekistondagi elchixonasiQayd etilishicha, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) koronavirusdan zarar ko‘rgan yoki uning tarqalishi xavfi yuqori bo‘lgan mamlakatlar, shu jumladan, O‘zbekiston uchun yuqumli kasalliklar bo‘yicha favqulodda zaxira fondidan qo‘shimcha mablag‘ ajratdi.AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi taqdim etgan shaxsiy himoya vositalari tarkibiga 10 mingta qo‘lqop, 10,2 mingta niqob, 1400 ta maxsus xalat va 200 ta ko‘zoynak kirgan. Ular butun O‘zbekiston bo‘ylab viloyat markazlari va shaharlarga tarqatiladi.Xabar berilishicha, AQShning O‘zbekistondagi elchisi Deniyel Rozenblyum mamlakatning tayyorgarligini yuqori baholagan. Elchi koronavirus tarqalishiga tayyorgarlik ko‘rish va unga tegishli javob qaytarishda USAID O‘zbekistonni kelgusida ham qo‘llab-quvvatlashi va ko‘mak berishini ma’lum qilgan. Foto: AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi“Yangi koronavirus kasalligi faqatgina hukumatlar va xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi yaqin hamkorlik orqali bartaraf etilishi mumkin bo‘lgan, global sog‘liqni saqlashga tahdid solayotgan kasallikdir. AQSh hukumati ushbu global epidemiyaga tayyorgarlik va javob choralarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekistondagi tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda”, — deb ta’kidladi elchi.Fevral oyining oxirida AQSh O‘zbekistonda koronavirus tarqalganda ishlatilishi uchun mo‘ljallangan 600 komplekt shaxsiy himoya vositalarini yetkazib bergan edi. Shuningdek, fevral oyida AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo O‘zbekiston koronavirusga qarshi turishga tayyor emasligini aytgandi.Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurashda yordam sifatida shu vaqtga qadar Xitoy va Eronga insonparvarlik yordami jo‘natdi.
Manba: Daryo
Izohlar
REKLAMA
TOP 10 - 7 KUNLIK
STASTIKA
7 Mehmonlar hozir saytda
ULARDAN:
Mehmon:7