Bosh sahifa Reklama Aloqa

Sifatli.Uz - Yangi musiqa, yangi filmlar, tarjima qilingan filmlar, o'zbek tilidagi filmlar, kompyuter dasturlari, Android ilovalari, turk musiqasi, rus musiqasi, rus musiqasi, xorijiy musiqa, tojik musiqasi, qozoq musiqasi, Ayollar, erkaklar, aperatiflar, salatlar, pirojkalar, pishirish, pirojnoe, retseptlar, yo'riqnomalar va boshqa eng ommabop maqolalar, telefon qo'ng'iroqlari, telefon o'yinlari, kompyuter o'yinlari, oyna dasturlari...

15:44, 05-Iyul 2020 yil
Fayl qo'shish
Yangilik qo'shish
Behruz Djumaev
E-mail: admin@sifatli.uz
Telegram: @prakuror1
Bobur (Bahh Tee)
E-mail: bahhtee@sifatli.uz
Telegram: @BahhTeeUz
REKLAMA
TELEGRAM
Toshkentda bir kunda qiymati 123 mln so‘mlik sifatsiz tibbiy niqobning noqonuniy ravishda savdoga qo‘yilgani aniqlandi
Категория: Новости / Узбекистан
Просмотров: 97
Toshkentda bir kunda qiymati 123 mln so‘mlik sifatsiz tibbiy niqobning noqonuniy ravishda savdoga qo‘yilgani aniqlandi
17-mart, seshanba kuni, Toshkent shahrida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 62 785 dona, umumiy qiymati 123,8 million so‘mlik hech qanday sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan tibbiy niqob savdoga qo‘yilganligi aniqlandi. Bu haqda “Daryo”ga Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi. Foto: Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasiXabar berilishicha, Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar davomida fuqaro Azimjon Abdullayev (ism va familiyalar o‘zgartirilgan) Qorasuv-2 mavzesidagi Doniyor berk ko‘chasida hech qanday hujjatlarsiz, sifati kafolatlanmagan tibbiy niqoblarni savdoga qo‘yganligi ma’lum bo‘ldi. Tadbir davomida mazkur fuqarodan umumiy qiymati 93,24 million so‘m bo‘lgan jami 48 960 dona bir martalik tibbiy niqob vaqtincha olib qo‘yilgan. Foto: Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasiMirobod tumanida o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar davomida hududdagi “Mirobod dehqon bozori”ga tutash vaqtincha avtomashinalar to‘xtash joyida poytaxtning Yakkasaroy tumani Sarabo‘ston ko‘chasida yashovchi fuqaro Farhod Javohirov (ism va familiyasi o‘zgartirilgan) tomonidan hech qanday sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan jami 7000 dona, umumiy qiymati 10,5 million so‘mlik tibbiy niqoblar noqonuniy savdoga qo‘yilgani aniqlandi. Holat yuzasidan qonuniy chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi. Foto: Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasiNazorat tadbirlari poytaxtning Shayxontohur tumanida ham o‘tkazildi. Hududdagi aholi gavjum joylarda o‘tkazilgan tadbirlar davomida uch nafar fuqaro tomonidan jami 4850 dona, umumiy qiymati 14,3 million so‘mlik tibbiy niqoblar noqonuniy ravishda savdoga qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi. Mazkur holatlar yuzasidan qonuniy chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan. Foto: Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasiAyni kunlarda Toshkent shahar davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan oziq-ovqat va zarur tibbiy vositalar narxlari sun’iy oshirilishining oldini olish maqsadida monitoring tadbirlari ham olib borilmoqda.Jumladan, Sergeli tumani davlat soliq inspeksiyasining “Ishonch telefoni”ga hududdagi “Sergeli dehqon bozori” yonida joylashgan dorixonada narxlar asossiz ravishda oshirilgani, tibbiyotda ishlatiladigan spirt odatdagidan qimmat sotilayotganligi to‘g‘risida murojaat kelib tushgan. Foto: Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasiMazkur holatlar yuzasidan tuman davlat soliq xizmati xodimlari joyiga chiqqan holda sotuvchilar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazib, bu kabi holatlar takroran sodir etilgan taqdirda qonuniy choralar ko‘rilishi haqida batafsil tushuntirish bergan.Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi fuqarolarni mamlakatda koronavirus tarqalib ketishining oldini olish maqsadida e’lon qilingan karantin davrida osoyishtalik bilan to‘g‘ri yo‘l tutishga chaqirmoqda. Mazkur vaziyatni imkoniyat deb bilib, o‘z nafsini ustun qo‘yadigan, ushbu jarayonlarda o‘z yurtdoshlarining hamyonini “o‘marishga” urinayotgan soxta “tadbirkor”larning har qanday qing‘ir ishi albatta fosh bo‘lishi ta’kidlangan.Qayd etilishicha, sanitariya talablariga javob bermaydigan bunday vositalar hech qanday himoya chorasiga ega bo‘lmasligi mumkin. Shu sababli tibbiy vositalarni xarid qilishda sifat sertifikatiga e’tibor qaratish lozim, deyiladi boshqarma xabarida.Agar fuqarolar zarur bo‘lgan mahsulotlar narxining asossiz ko‘tarilganiga guvoh bo‘lsa, Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasining +99871 2445486 raqamli “ishonch telefoni” ga qo‘ng‘iroq qilishi so‘raladi.Eslatib o‘tamiz, 15-mart kuni bosh vazir Abdulla Aripov rahbarligida koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishdan keyin Davlat soliq qo‘mitasi raisi oziq-ovqat mahsulotlari narxi nazoratga olinishini ma’lum qilgan edi. Shundan so‘ng, qo‘mita viloyatga qatnovchi taksichilardan talabalarning uyga qaytayotganidan foydalanib, narxlarni ko‘tarmaslikni so‘radi. O‘zbekistondagi tadbirkorlardan koronavirus karantini sharoitida narxlarni oshirmaslik haqida kafolat xati olinayotgani ma’lum bo‘ldi hamda qaysi tovarlar narxi sun’iy oshirilib, xalqni g‘azablantirayotgani aytildi. Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Abdulla Azizov narxlarni ataylab oshirayotgan savdogarlar borligidan ogohlantirdi.Shu bilan birga, O‘zbekistonda tibbiy niqoblar qimmatlashganining sababi tushuntirildi hamda mamlakatda bir kunda ishlab chiqarilayotgan tibbiy niqoblar soni ma’lum qilindi.
Manba: Daryo
Izohlar
REKLAMA
TOP 10 - 7 KUNLIK
Doston Ergashev - Meni Kambagal deb Qiz bermaganlar
Kenan Mirzeyev - Mən bu kədərlə yaşaram yalnız 🖤Təki Cananın Canı sağ olsun 2019
Eminem feat. Rihanna - Love The Way You Lie (zvukoff.ru)
Сюзанна - Кляп
Скруджи - Заведи себя сама
Тимур Родригез - НОВОГОДНЯЯ
Севинч Муминова (Sevinch Mo'minova) - Artiq Sevmeyeceyim
Сергей Лазарев - Так красиво (Orchestral version)
Скаттл - Bubblegum детка (Vincent Diaz Remix)
Тима Белорусских - Тянет к тебе
STASTIKA
8 Mehmonlar hozir saytda
ULARDAN:
Mehmon:8