Bosh sahifa Reklama Aloqa

Sifatli.Uz - Yangi musiqa, yangi filmlar, tarjima qilingan filmlar, o'zbek tilidagi filmlar, kompyuter dasturlari, Android ilovalari, turk musiqasi, rus musiqasi, rus musiqasi, xorijiy musiqa, tojik musiqasi, qozoq musiqasi, Ayollar, erkaklar, aperatiflar, salatlar, pirojkalar, pishirish, pirojnoe, retseptlar, yo'riqnomalar va boshqa eng ommabop maqolalar, telefon qo'ng'iroqlari, telefon o'yinlari, kompyuter o'yinlari, oyna dasturlari...

00:31, 01-Iyun 2020 yil
Fayl qo'shish
Yangilik qo'shish
Behruz Djumaev
E-mail: admin@sifatli.uz
Telegram: @prakuror1
Bobur (Bahh Tee)
E-mail: bahhtee@sifatli.uz
Telegram: @BahhTeeUz
REKLAMA
TELEGRAM
Agrepina Shin maktabgacha ta’lim muassasalarida qaysi xodimlar faoliyatini ish joyida amalga oshirishi haqida ma’lumot berdi
Категория: Новости / Узбекистан
Просмотров: 62
Agrepina Shin maktabgacha ta’lim muassasalarida qaysi xodimlar faoliyatini ish joyida amalga oshirishi haqida ma’lumot berdi
Maktabgacha ta’lim muassasalarida karantin davrida maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi, metodist, hamshira, farrosh va qorovul faoliyatini ish joyida amalga oshiradi. Bu haqda 18-mart, chorshanba kuni, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish va profilaktika qilish yuzasidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar mavzusidagi davra suhbatida ma’lum qilindi. Foto: “Daryo”/Madina NurmanQolgan barcha MTM xodimlari 18-mart sanasidan boshlab rejadan tashqari haq to‘lanadigan mehnat ta’tiliga chiqadi.Davra suhbatida Maktabgacha ta’lim vaziri Agrepina Shin O‘zbekiston hukumati va Respublika sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi rahbari Bahrom Almatovning rasmiy murojaati asosida Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tezkor choralar amalga oshirilganini aytdi. 15-martdagi 39-raqamli qaror asosida O‘zbekistondagi barcha maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari uchun 16-mart kunidan ta’til e’lon qilingani bildirildi.Karantin shartli ravishda 31-martgacha davom etishi belgilangan. Ammo mazkur muddat Respublika maxsus komissiyasi tomonidan beriladigan buyruq bilan o‘zgarishi mumkin. Shuningdek, davra suhbatida barcha MTMlarning binolari, guruhlar, mebellar, o‘yinchoqlar va hojatxonalar dezinfeksiya qilingani, Respublika sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining tumanlardagi vakillari tomonidan binolar, mahsulot bloklari sanitar ishlovdan o‘tkazilgani ta’kidlandi.Eslatib o‘tamiz, 15-mart kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirokidagi yig‘ilishda koronavirus sabab O‘zbekistondagi barcha maktablar, bog‘chalar va OTMlar karantinga yopilishi ma’lum qilingan edi.
Manba: Daryo
Izohlar
REKLAMA
TOP 10 - 7 KUNLIK
STASTIKA
9 Mehmonlar hozir saytda
ULARDAN:
Mehmon:9