Bosh sahifa Reklama Aloqa

Sifatli.Uz - Yangi musiqa, yangi filmlar, tarjima qilingan filmlar, o'zbek tilidagi filmlar, kompyuter dasturlari, Android ilovalari, turk musiqasi, rus musiqasi, rus musiqasi, xorijiy musiqa, tojik musiqasi, qozoq musiqasi, Ayollar, erkaklar, aperatiflar, salatlar, pirojkalar, pishirish, pirojnoe, retseptlar, yo'riqnomalar va boshqa eng ommabop maqolalar, telefon qo'ng'iroqlari, telefon o'yinlari, kompyuter o'yinlari, oyna dasturlari...

17:40, 01-Oktyabr 2020 yil
Fayl qo'shish
Yangilik qo'shish
Behruz Djumaev
E-mail: admin@sifatli.uz
Telegram: @prakuror1
Bobur (Bahh Tee)
E-mail: bahhtee@sifatli.uz
Telegram: @BahhTeeUz
REKLAMA
TELEGRAM
“O‘zkomnazorat” Telegram’da tarqalgan zararli fayl haqida ogohlantirdi
Категория: Новости / Узбекистан
Просмотров: 9
“O‘zkomnazorat” Telegram’da tarqalgan zararli fayl haqida ogohlantirdi
Sentabr oyi boshida O‘zbekistondagi Telegram kanallari va guruhlarda fotosurat fayliga o‘xshash zararli ilova tarqalgani, internet foydalanuvchilari bu kabi fayllarni yuklab olib o‘rnatishi oqibatida qurilmaning dasturiy ta’minotiga zarar yetishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘lgandi. Foto: Nao24.ruAxborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi xabariga ko‘ra, ularda ushbu fayl ochilganidan keyin smartfon yoki kompyuterdagi ma’lumotlar o‘g‘irlab olinishi mumkinligi, tizim ishlamay qolishi yoki boshqa texnik xatoliklar yuz berishi haqida ogohlantirilgandi.Mutaxassislarning ma’lumot berishicha, SCR kengaytmali fayllar orqali turli dasturlarni yaratish mumkin. Odatda SCR fayllar ularni yaratgan tegishli dasturning ijro qiluvchi fayl skriptlari hisoblanadi. SCR faylni ochish tizimda muayyan buyruqlar ro‘yxatining amalga oshirilishiga sabab bo‘ladi. Bunday buyruqlar faylda muayyan tartibda joylashadi. Foto: SkrinshotMa’lum qilinishicha, SCR fayllarining aksariyati matnli format shaklida saqlanadi. Ularni matn muharrirlari dasturlari yoki ilovalarida ochish va ko‘rish mumkin. Bunday fayllarga o‘zgartirish kiritish ancha qiyin, sababi ular ko‘pincha qo‘shimcha va o‘zgarishlardan himoyalangan bo‘ladi.Ushbu turdagi fayllar yaratilganidan keyin troyan turidagi zararli viruslar va boshqa zararli dasturlar bilan birga ishlay oladi. SCR fayl ochilganida, odatda, antivirus dasturlarini ko‘p hollarda bloklab qo‘yadigan buyruqlar ishga tushadi. Virus yozuvini o‘zgartirmaslik himoyasi mavjudligi yoki SCRda yashiringan EXE-fayl tufayli antiviruslar, ko‘pincha, bunday dasturiy ta’minotni o‘chira olmaydi.SCR fayli ichiga joylashtirilgan troyanlar va viruslarni topish va o‘chirish mushkul bo‘lgani sababli axborot xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislar mazkur shakldagi noma’lum fayllarni ochmaslikni tavsiya qiladi.
Manba: Daryo
Izohlar
REKLAMA
TOP 10 - 7 KUNLIK
Billie Eilish - Bury A Friends(Remix)
Sam Wick - Дым
Мира - Ты и Я
Местный, Dorada - Провинция
Ricii Lompeurs - Sweet Dreams
SUNAMI - Где ты там(Remix)
Jambo’o7 - Письма Соберу
Mohira Asadova - Muhabbat
KADI, Miyagi - Prayers(New)
Mishlawi - Break It(New)
STASTIKA
10 Mehmonlar hozir saytda
ULARDAN:
Mehmon:10