Bosh sahifa Reklama Aloqa

Sifatli.Uz - Yangi musiqa, yangi filmlar, tarjima qilingan filmlar, o'zbek tilidagi filmlar, kompyuter dasturlari, Android ilovalari, turk musiqasi, rus musiqasi, rus musiqasi, xorijiy musiqa, tojik musiqasi, qozoq musiqasi, Ayollar, erkaklar, aperatiflar, salatlar, pirojkalar, pishirish, pirojnoe, retseptlar, yo'riqnomalar va boshqa eng ommabop maqolalar, telefon qo'ng'iroqlari, telefon o'yinlari, kompyuter o'yinlari, oyna dasturlari...

02:19, 01-Iyun 2020 yil
Fayl qo'shish
Yangilik qo'shish
Behruz Djumaev
E-mail: admin@sifatli.uz
Telegram: @prakuror1
Bobur (Bahh Tee)
E-mail: bahhtee@sifatli.uz
Telegram: @BahhTeeUz
REKLAMA
TELEGRAM
Toshkent shahar bosh imom-xatibi: “Bugun qarindoshga yaxshilik qilish — ularning oldiga bormaslik bo‘ladi”
Категория: Новости / Узбекистан
Просмотров: 59
Toshkent shahar bosh imom-xatibi: “Bugun qarindoshga yaxshilik qilish — ularning oldiga bormaslik bo‘ladi”
Toshkent shahar bosh imom-xatibi Nuriddin Xoliqnazarov aholini koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish uchun imkon qadar ko‘proq uyda o‘tirishga chaqirdi. Uning videomurojaati Telegram’dagi @koronavirusinfouz rasmiy kanalida e’lon qilindi.Biz qadim-qadimdan bayramlarni o‘tkazishda silai rahm qilardik. Ya’ni qarindosh-urug‘dan xabar olishga targ‘ib qilardik. Lekin hozirgi vaziyat buni talab qilmaydi. Shuning uchun bugun silai rahm qilish, ya’ni qarindosh-urug‘ga yaxshilik qilish — ularning oldiga bormaslik bilan bo‘ladi.Payg‘ambarimiz (s.a.v.) mo‘min-musulmonlarga ta’lim berib aytardilarki, haqiqiy musulmon shunday kishiki, boshqalarga o‘zining tilidan ham, qo‘lidan ham ozor bermasin. Haqiqiy mo‘min shunday mo‘minki, o‘zi yaxshi ko‘rgan narsasini boshqaga ravo ko‘radi, o‘zi yomon ko‘rgan narsani boshqaga ham ravo ko‘rmaydi. Shunday ekan, biz mana shu kasallikning boshqalarga yuqib, tarqalib ketishini xohlamasak, imkon qadar ko‘proq uyda o‘tirishimiz kerak.Alloh Qur’oni karimda marhamat qiladiki, “agar mening bergan ne’matlarimga shukur qilsangiz, o‘shanda sizga ne’matimni yana-yana ziyoda qilib beraman”. Shunday ekan, Allohning har bir ne’matining qadriga yetmoq kerak. Kasalliklardan oilamizni muhofaza qilaylik. Allohning o‘zi saqlasin.Nuriddin Xoliqnazarov, Toshkent shahar bosh imom-xatibi
Manba: Daryo
Izohlar
REKLAMA
TOP 10 - 7 KUNLIK
STASTIKA
8 Mehmonlar hozir saytda
ULARDAN:
Mehmon:8