Bosh sahifa Reklama Aloqa

Sifatli.Uz - Yangi musiqa, yangi filmlar, tarjima qilingan filmlar, o'zbek tilidagi filmlar, kompyuter dasturlari, Android ilovalari, turk musiqasi, rus musiqasi, rus musiqasi, xorijiy musiqa, tojik musiqasi, qozoq musiqasi, Ayollar, erkaklar, aperatiflar, salatlar, pirojkalar, pishirish, pirojnoe, retseptlar, yo'riqnomalar va boshqa eng ommabop maqolalar, telefon qo'ng'iroqlari, telefon o'yinlari, kompyuter o'yinlari, oyna dasturlari...

23:41, 06-Iyul 2020 yil
Fayl qo'shish
Yangilik qo'shish
Behruz Djumaev
E-mail: admin@sifatli.uz
Telegram: @prakuror1
Bobur (Bahh Tee)
E-mail: bahhtee@sifatli.uz
Telegram: @BahhTeeUz
REKLAMA
TELEGRAM
Video: Ozodbek Nazarbekov vazirlik tizimidagi tashkilotlarni vahimaga berilmay ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishga chaqirdi
Категория: Новости / Узбекистан
Просмотров: 80
Video: Ozodbek Nazarbekov vazirlik tizimidagi tashkilotlarni vahimaga berilmay ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishga chaqirdi
Madaniyat vazirligi tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalari, akademik litseylar, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari, maktab-internatlari, bolalar musiqa va san’at maktablari hamda madaniyat markazlarida koronavirus karantini bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘riladi. Bu haqda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning bayonotida ma’lum qilingan. Foto: Madaniyat vazirligiOliy ta’lim muassasalari, akademik litseylar talabalari va o‘quvchilari ta’tilga chiqishi munosabati bilan ta’lim muassasalari kafedralarida professor-o‘qituvchilarning 50 foizgacha va boshqa xodimlarning funksional vazifalari hamda toifalaridan kelib chiqqan holda bir qismiga Mehnat kodeksida belgilangan navbatdagi mehnat ta’tili hisobidan talabalar ta’tili davrida mehnat ta’tili berish tavsiya etiladi.Mehnat ta’tili beriladigan ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va xodimlari toifasiga, birinchi navbatda, voyaga yetmagan farzandlari bo‘lganlar hamda katta yoshdagilar kiritilishi maqsadga muvofiq.Shu bilan birga, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanayotgan professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlarga ijodiy ta’til berish masalalari ko‘rib chiqilishi maqsadga muvofiq.Mehnat ta’tiliga chiqmaydigan professor-o‘qituvchilarni:ta’lim muassasasi (fakultet, kafedra)ning o‘quv metodik hujjatlarini takomillashtirish; ta’lim muassasasining o‘quv jarayonini kredit-modul tizimiga o‘tkazish bo‘yicha tegishli hujjatlarini tayyorlash; o‘quv jarayonining masofaviy shaklini joriy etish maqsadida fanlar bo‘yicha elektron o‘quv resurslarini ishlab chiqish; ilmiy-tadqiqot ishlari (ilmiy maqolalar, darslik va o‘quv qo‘llanma yozish)ga jalb etish maqsadga muvofiq. Rejali ilmiy-tadqiqot va metodik ishlarning masofaviy (turar joydan) bajarilishiga va nazorat etilishiga sharoit yaratish lozim. Ta’lim muassasalarida majlislar sonini keskin cheklash hamda ishtirokchilar sonini 10-15 nafardan oshirmaslik talab etiladi.Hujjatlar harakatining maksimal ravishda elektron shaklga o‘tkazilishi ta’minlansin. Muassasalararo ta’lim va ichki ommaviy tadbirlar o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmasin.Boshqa tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlar, majlislarga professor-o‘qituvchilar va xodimlarni vakolatli tashkilot rahbarining rasmiy qarori (buyrug‘i) bo‘lmagan holda jalb etish taqiqlanadi.Yuqorida belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha ta’lim muassasalarining rahbarlari shaxsan javobgar hisoblanadi.Shuningdek, vazirlik tasarrufidagi ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari, maktab-internatlari hamda bolalar musiqa va san’at maktablarining o‘qituvchilari hamda konsertmeysterlariga 2020-yilning 18-martidan mehnat kodeksida belgilangan navbatdagi mehnat ta’tili hisobidan o‘quvchilarning ta’til vaqtida mehnat ta’tili berish, bolalar musiqa va san’at maktablarida ta’lim olish uchun to‘lanadigan to‘lovlarni o‘rnatilgan tartibda qayta hisoblab chiqish tavsiya etiladi.Barcha ta’lim muassasalari rahbarlaridan o‘quv dargohlarida tozalik va dezinfeksiya tadbirlarini kuchaytirish, ta’lim maskanlaridagi tibbiyot xonalarini zarur tibbiy asbob-uskunalar, zararsizlantiruvchi vositalar hamda dori-darmonlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rish talab etiladi.Shuningdek, Madaniyat vazirligi tasarrufidagi barcha madaniyat muassasalaridagi ijodiy to‘garaklar ham vaqtincha o‘z faoliyatini to‘xtatadi. Hammadan ortiqcha vahimaga berilmay, ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raladi.Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri
Manba: Daryo
Izohlar
REKLAMA
TOP 10 - 7 KUNLIK
Сюзанна - Кляп
Тайпан, Илья Саглиани - Лунная
Тима Белорусских - Тянет к тебе
Скаттл - Bubblegum детка (Vincent Diaz Remix)
Скриптонит, Truwer - В одного
Зомб - Как не верить (Maxim Hudyshkin Remix)
Скриптонит - Веселей
Пульсы - Butterfly
Супер Жорик - Золото
Руки Вверх - Расскажи мне
STASTIKA
10 Mehmonlar hozir saytda
ULARDAN:
Mehmon:10