Bosh sahifa Reklama Aloqa

Sifatli.Uz - Yangi musiqa, yangi filmlar, tarjima qilingan filmlar, o'zbek tilidagi filmlar, kompyuter dasturlari, Android ilovalari, turk musiqasi, rus musiqasi, rus musiqasi, xorijiy musiqa, tojik musiqasi, qozoq musiqasi, Ayollar, erkaklar, aperatiflar, salatlar, pirojkalar, pishirish, pirojnoe, retseptlar, yo'riqnomalar va boshqa eng ommabop maqolalar, telefon qo'ng'iroqlari, telefon o'yinlari, kompyuter o'yinlari, oyna dasturlari...

15:30, 25-May 2020 yil
Fayl qo'shish
Yangilik qo'shish
Behruz Djumaev
E-mail: admin@sifatli.uz
Telegram: @prakuror1
Bobur (Bahh Tee)
E-mail: bahhtee@sifatli.uz
Telegram: @BahhTeeUz
REKLAMA
TELEGRAM
O‘zbekistonda karantinga olinganlar va uning qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikka tortilganlar soni ma’lum qilindi (video)
Категория: Новости / Узбекистан
Просмотров: 34
O‘zbekistonda karantinga olinganlar va uning qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikka tortilganlar soni ma’lum qilindi (video)
O‘zbekistonda 24 mart holatiga ko‘ra, jami 28 066 kishi karantinga olingan. Ularning 18961 nafari uy sharoitida tibbiy kuzatuv ostida turibdi, 9105 kishi esa tibbiyot muassasalarida karantin davrini o‘tamoqda. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi. Foto: “Daryo”Xabar berilishicha, Toshkent shahrida jami 7391 kishi, shu jumladan 4914 kishi uyda, 2477 kishi kasalxonalarda karantinga olingan. Toshkent viloyatida karantinga olinganlar soni 4614 kishini tashkil etadi. Ularning 2685 nafari uy sharoitida, 1930 nafari esa kasalxona sharoitida karantinga olingan.Vazirlikning ma’lum qilishicha, karantin qoidalariga amal qilmagani uchun jami 64 kishi ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Ularning 12 nafari Toshkent shahri, 16 nafari Toshkent viloyati va 10 nafari Jizzax viloyatida qayd etilgan.Shuningdek, Buxoro viloyatida 6 kishi jarimaga tortilgan bo‘lsa, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida 3 kishidan karantin qoidalarini buzganlar aniqlangan. Farg‘ona viloyatida 2 kishi, Navoiy va Namangan viloyatlarida bir kishiga ma’muriy chora ko‘rilgan bo‘lsa, Andijon viloyati va Qoraqalpog‘istonda bunday holat qayd etilmagan.Shuningdek, karantin qoidalariga rioya qilmagani uchun uch kishi jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ularning ikki nafari Samarqand viloyatida, bir nafari esa Qoraqalpog‘istonda qayd etilgan.
Manba: Daryo
Izohlar
REKLAMA
TOP 10 - 7 KUNLIK
STASTIKA
2 Mehmon hozir saytda
ULARDAN:
Mehmon:2