Bosh sahifa Reklama Aloqa

Sifatli.Uz - Yangi musiqa, yangi filmlar, tarjima qilingan filmlar, o'zbek tilidagi filmlar, kompyuter dasturlari, Android ilovalari, turk musiqasi, rus musiqasi, rus musiqasi, xorijiy musiqa, tojik musiqasi, qozoq musiqasi, Ayollar, erkaklar, aperatiflar, salatlar, pirojkalar, pishirish, pirojnoe, retseptlar, yo'riqnomalar va boshqa eng ommabop maqolalar, telefon qo'ng'iroqlari, telefon o'yinlari, kompyuter o'yinlari, oyna dasturlari...

17:27, 25-May 2020 yil
Fayl qo'shish
Yangilik qo'shish
Behruz Djumaev
E-mail: admin@sifatli.uz
Telegram: @prakuror1
Bobur (Bahh Tee)
E-mail: bahhtee@sifatli.uz
Telegram: @BahhTeeUz
REKLAMA
TELEGRAM
Yakkabog‘dan murojaat: “Bor o‘tinni yoqib bo‘ldik. ‘Gaz-zapravka’ga o‘zimiz chiqaylik desak — karantin”
Категория: Новости / Узбекистан
Просмотров: 29
Yakkabog‘dan murojaat: “Bor o‘tinni yoqib bo‘ldik. ‘Gaz-zapravka’ga o‘zimiz chiqaylik desak — karantin”
Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumani “Xonaqa” mahalla fuqarolar yig‘ini Cho‘yanli qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Sayyora Arziyevaning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, u yashaydigan hududga suyultirilgan gaz ballonlari salkam ikki oydan beri yetkazib berilmayapti.“Bor o‘tinni yoqib bo‘ldik. Ovqat pishirishda, kundalik turmushda gazsizlikdan qiynalyapmiz. O‘zimiz ‘gaz-zapravka’ga chiqib kelaylik desak — karantin”, — deydi murojaatchi. Aholi holat yuzasidan mahalla raisiga ham bir necha bor shikoyat qilgan. “Rais tuman gaz idorasiga murojaat qilganini, natija chiqmayotganini aytdi”, — deya qo‘shimcha qildi Sayyora Arziyeva.Yakkabog‘ tumani markazidan 20—25 kilometr masofada joylashgan, Qizilqishloq, Cho‘yanli va Xonaqa qishloqlarini birlashtiruvchi “Xonaqa” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Nodir Bozorov bilan bog‘lanish imkoni bo‘lmadi. Yakkabog‘ tumani gaz idorasi rahbari Shermatilla Mixliyev esa Cho‘yanliga oxirgi marta gaz ballonlari 48 kun avval olib borilganini tan oldi.“Siz aytayotgan hududga 24-mart kuni gaz ballonlarini yetkazishimiz kerak edi, ammo bayram sabab bu ish ortga surildi. Bugun, 25-mart kuni xodimlarimiz gaz ballonlarni olib, o‘sha qishloqqa ketgan. Tez orada qishloqdagi 852 xonadon suyultirilgan gaz bilan ta’minlanadi”, — dedi Mixliyev “Daryo” muxbiri bilan suhbatda.Ayni vaqtda, “Daryo”ga shikoyat qilgan murojaatchining qo‘shimcha qilishicha, 25-mart kuni soat 19:00 ga qadar qishloqqa suyultirilgan gaz ballonlari yetkazilmagan.Yakkabog‘dan boshqa xabarlar:Zoir Mirzayev Yakkabog‘ va G‘uzor hokimlarini odamlar bilan muloqot qilolmaslikda aybladi Video: Yakkabog‘da fermer ishchisi ayollar ustiga kerosin sepib, yoqib yuborishga urindi Yakkabog‘dagi maktabda 10-sinf o‘quvchisi ona bo‘ldi va bu maktabdagi yagona muammo emas “Fizika o‘qituvchisi matematikadan, jismoniy tarbiya o‘qituvchisi esa rus tilidan dars beradi”. Yakkabog‘dagi maktabda dars soati sotilishi aytilmoqda Muallif:Otabek Qo‘ldoshev
Manba: Daryo
Izohlar
REKLAMA
TOP 10 - 7 KUNLIK
STASTIKA
3 Mehmon hozir saytda
ULARDAN:
Mehmon:3