Bosh sahifa Reklama Aloqa

Sifatli.Uz - Yangi musiqa, yangi filmlar, tarjima qilingan filmlar, o'zbek tilidagi filmlar, kompyuter dasturlari, Android ilovalari, turk musiqasi, rus musiqasi, rus musiqasi, xorijiy musiqa, tojik musiqasi, qozoq musiqasi, Ayollar, erkaklar, aperatiflar, salatlar, pirojkalar, pishirish, pirojnoe, retseptlar, yo'riqnomalar va boshqa eng ommabop maqolalar, telefon qo'ng'iroqlari, telefon o'yinlari, kompyuter o'yinlari, oyna dasturlari...

10:04, 20-Yanvar 2022 yil
Fayl qo'shish
Yangilik qo'shish
Behruz Djumaev
E-mail: admin@sifatli.uz
Telegram: @prakuror1
Bobur (Bahh Tee)
E-mail: bahhtee@sifatli.uz
Telegram: @BahhTeeUz
REKLAMA
TELEGRAM
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Buxoroga keldi (foto)
Категория: Новости / Узбекистан
Просмотров: 114
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Buxoroga keldi (foto)
27-aprel kuni Rossiya mudofaa vaziri, armiya generali Sergey Shoygu boshchiligidagi delegatsiya Buxoroga keldi, deb xabar beradi viloyat hokimligi matbuot xizmati. Oliy martabali mehmonni O‘zbekiston mudofaa vaziri, general-leytenant Bahodir Qurbonov, viloyat hokimi Botir Zaripov va boshqa mutasaddilar kutib olgan. Foto: Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmatiTashrif doirasida delegatsiya a’zolari Buxoroning diqqatga sazovor joylari bilan tanishgan. Jumladan, mehmonlar dastlab “Sitorai Mohi xossa” majmuasini borib ko‘rgan. Shuningdek, mehmonlar Buxoroning markaziy maydonlaridan biri sanalgan Ko‘kaldosh, Devonbegi madrasalari hamda Devonbegi xonaqohi binolaridan tashkil topgan Labi Hovuz me’moriy ansambli bilan tanishgan. Foto: Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati Foto: Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati Foto: Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati Foto: Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati Foto: Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmatiMa’lum qilinishicha, ikki davlat mudofaa vazirlari Buxoroda xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik muammolarini, ikki tomonlama harbiy va harbiy-texnik hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qilgan.Shuningdek, dasturdan ikki mamlakat mudofaa idoralarining rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Yig‘ilish davomida bir qator masalalar muhokama qilinishi ko‘zda tutilmoqda. Foto: Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmatiEslatib o‘tamiz, Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu O‘zbekistonga oxirgi marta 2018-yilning mayida kelgan edi. O‘shanda Rossiya mudofaa vaziri Qurolli Kuchlar akademiyasi bilan tanishgan, hukumat darajasidagi bir qancha uchrashuvlarni o‘tkazgan edi.
Manba: Daryo
Izohlar
REKLAMA
TOP 10 - 7 KUNLIK
STASTIKA
1 Mehmon hozir saytda
ULARDAN:
Mehmon:1