Bosh sahifa Reklama Aloqa

Sifatli.Uz - Yangi musiqa, yangi filmlar, tarjima qilingan filmlar, o'zbek tilidagi filmlar, kompyuter dasturlari, Android ilovalari, turk musiqasi, rus musiqasi, rus musiqasi, xorijiy musiqa, tojik musiqasi, qozoq musiqasi, Ayollar, erkaklar, aperatiflar, salatlar, pirojkalar, pishirish, pirojnoe, retseptlar, yo'riqnomalar va boshqa eng ommabop maqolalar, telefon qo'ng'iroqlari, telefon o'yinlari, kompyuter o'yinlari, oyna dasturlari...

17:07, 24-Sentyabr 2021 yil
Fayl qo'shish
Yangilik qo'shish
Behruz Djumaev
E-mail: admin@sifatli.uz
Telegram: @prakuror1
Bobur (Bahh Tee)
E-mail: bahhtee@sifatli.uz
Telegram: @BahhTeeUz
REKLAMA
TELEGRAM
O‘zbekistonda 15-aprel Madaniyat va san’at xodimlari kuni sifatida belgilanishi kutilmoqda
Категория: Новости / Культура
Просмотров: 37
O‘zbekistonda 15-aprel Madaniyat va san’at xodimlari kuni sifatida belgilanishi kutilmoqda
Oliy Majlis Senatining 29-mayda o‘tkazilgan o‘n beshinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonun muhokama etildi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi. Foto: “Daryo”Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 26 may kuni madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish bo‘yicha farmonni imzolagandi. Farmonda Prezident 15-aprelni “O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kuni” deb e’lon qilish taklifini ma’qullangan.Senat xabarida aytilishicha, Madaniyat vazirligi, “O‘zbekkino” milliy agentligi, O‘zbekiston badiiy akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi, O‘zbekiston teatr arboblari uyushmasi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda keng jamoatchilikning takliflarini hisobga olib, madaniyat va san’atning jamiyatimiz ijtimoiy-ma’naviy hayotida tutgan o‘rnini hisobga olib, soha xodimlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida qonun bilan 15-aprel O‘zbekiston madaniyat va san’at xodimlari kuni sifatida belgilanmoqda.Ayna paytda dunyoning ko‘plab davlatlarida ushbu sana Xalqaro madaniyat kuni sifatida nishonlanadi. Xususan, 2008-yildan Italiya, Ispaniya, Rossiya, Argentina, Meksika, Kuba, Latviya va Litva kabi davlatlarda 15-aprel — Xalqaro madaniyat kuni Tinchlik bayrog‘i ostida nishonlanadi.O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov shu kunga qadar O‘zbekistonda barcha soha vakillari uchun kasb bayrami kunlari belgilangani, ammo xalqaro miqyosda 15-aprel — Madaniyat va san’at xodimlari kuni sifatida nishonlansa-da, O‘zbekistonda rasman qayd etilmaganini aytgandi.Uning ta’kidlashicha, 15-aprel sanasini O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kuni deb e’lon qilish mazkur sohada faoliyat yuritayotgan rahbar xodimlardan tortib, har bir ijodiy va texnik xodimlarning kasb bayrami sifatida ushbu kunni nishonlashi ularning ishchanlikni, fidoyiligi, ijodda sermahsulligini yanada oshiradi.Qonun bilan, shuningdek, O‘zbekistonda madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish, o‘zbek milliy madaniyati va san’ati nufuzini jahon miqyosida oshirish, yosh iste’dod egalarining qobiliyati va salohiyatini ro‘yobga chiqarish borasida fidokorona mehnat qilgan va yuqori natijalarga erishgan fuqarolarni aynan mana shu bayram kunida “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishi ko‘zda tutilgan.Qonun yuzasidan Senatning tegishli qarori qabul qilindi.
Manba: Daryo
Izohlar
REKLAMA
TOP 10 - 7 KUNLIK
Asadbek Ismoilov - Sizdan uzr (2021)
Bunyod Sodiqov - Go'zlari (2021)
Firuz Ruzmetov - Niginam (2021)
Doston Ergashev va Obidshox - Uylanmagan yigitlar (2021)
Dilnoza Ismiyaminova - Onajon (2021)
Eldor Usarov - Yoshlik (2021)
h3 - Sevasizmi degin (2021)
Jamwid - Zolim manmi (2021)
Iroda Raximjon - Unutma (2021)
Xayrullo Abdumurotov - Meni ishontir (2021)
STASTIKA
10 Mehmonlar hozir saytda
ULARDAN:
Mehmon:10