Bosh sahifa Reklama Aloqa

Sifatli.Uz - Yangi musiqa, yangi filmlar, tarjima qilingan filmlar, o'zbek tilidagi filmlar, kompyuter dasturlari, Android ilovalari, turk musiqasi, rus musiqasi, rus musiqasi, xorijiy musiqa, tojik musiqasi, qozoq musiqasi, Ayollar, erkaklar, aperatiflar, salatlar, pirojkalar, pishirish, pirojnoe, retseptlar, yo'riqnomalar va boshqa eng ommabop maqolalar, telefon qo'ng'iroqlari, telefon o'yinlari, kompyuter o'yinlari, oyna dasturlari...

17:47, 24-Sentyabr 2021 yil
Fayl qo'shish
Yangilik qo'shish
Behruz Djumaev
E-mail: admin@sifatli.uz
Telegram: @prakuror1
Bobur (Bahh Tee)
E-mail: bahhtee@sifatli.uz
Telegram: @BahhTeeUz
REKLAMA
TELEGRAM
Jasur Umirov litsenziya olishga qaror qilsa, xonandalik faoliyatini davom ettirishga ruxsat berilishi mumkin — “O‘zbekkonsert”
Категория: Новости / Культура
Просмотров: 21
Jasur Umirov litsenziya olishga qaror qilsa, xonandalik faoliyatini davom ettirishga ruxsat berilishi mumkin — “O‘zbekkonsert”
Xonanda Jasur Umirov voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda ayblanib, 2021-yil fevral oyida 5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi. Oradan to‘rt oy o‘tib, Oliy sudning 8-iyundagi kassatsiya instansiyasi ajrimiga asosan — jabrlanuvchi va uning qonuniy vakilida xonandaga nisbatan da’vo yo‘qligi inobatga olingani holda — Umirovga nisbatan chiqarilgan ozodlikdan mahrum qilish ko‘rinishidagi jazo ozodlikni cheklash jazosiga o‘zgartirilgan edi.Jasur Umirov jazo muddatini qamoqxonada o‘tayotgan vaqtida o‘zining qamalishiga sababchi bo‘lgan qiz bilan oila qurgani ma’lum bo‘ldi. Qamoqdan chiqqaniga ko‘p bo‘lmay, jamoatchilik e’tiboriga ikkita yangi qo‘shig‘ini havola qildi (so‘zlari qamoqda yozilgani taxmin qilinayotgan qo‘shiqlarning birinchisida “Narkomanning va’dasiga, fohishasining ko‘z yoshiga ishonma” mazmunidagi misralar bor).Jazo muddatini o‘tayotgan shaxsga xonandalik uchun litsenziya beriladimi?Jasur Umirovga nisbatan chiqarilgan sud hukmida uning tadbirkorligini cheklash haqida gap ketmagan bo‘lsa, unga litsenziya olish va undan foydalanish huquqi beriladi. Bu haqda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi mas’uli Eshqul Hakimov “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov bilan suhbatda ma’lum qildi.“Bunday holatlar avval ham, 4—5 yil oldin ham bo‘lgan — qamalib chiqqan yo ozodlikdan mahrum etilganlar orasida ham ijodiy faoliyatini davom ettirganlar bor. Jazo olish yo uni o‘tash, agar sud qarorida ayblanuvchining litsenziyasini olib qo‘yish yoki litsenziyalanadigan faoliyatini muayyan bir muddatga, masalan, bir yilga to‘xtatish haqidagi talab bo‘lmasa, xonandaning tadbirkorlik faoliyatini to‘xtatishga sabab bo‘lolmaydi. Litsenziya olgan shaxs yakka tartibdagi tadbirkor hisoblanadi”, — dedi muassasa vakili.Jasur Umirovning xonandalik litsenziyasining amal qilishi 2021-yil boshida tugagan (ammo 2020-yilda litsenziyalash sohasida joriy qilingan imtiyozlarga ko‘ra, qo‘shiqchilarga litsenziyasining amal qilish muddati tugagan bo‘lsa ham, ularga yil oxirigacha litsenziya olgan sohalari bo‘yicha tadbirkorlik qilishga ruxsat beriladi). Hakimovning qayd etishicha, Jasur Umirov litsenziya olishga qaror qilsa, “O‘zbekkonsert”ga kelib hujjat topshirishi, unga mavjud tartib-qoidalardan kelib chiqib, unga faoliyatini davom ettirishga ruxsat berilishi mumkin.“Uning litsenziyasi haqida boshqa tafsilotlarni aytolmayman, chunki sud qarorini hali ko‘rmadik, bizga suddan hujjat kelib tushgani yo‘q. Xonandaning o‘zi ham shu kunga qadar bizga litsenziya masalasida murojaat qilgani yo‘q. Ammo uning ijod qilayotgani haqida gap-so‘zlar yuribdi — ‘O‘zbekkonsert’ tomonidan bunga e’tiroz yo‘q. Agar sud qarorida san’atkorning litsenziyasini olib qo‘yish haqida gap ketmagan bo‘lsa, uni ijod qilishdan to‘xtatishga bizning haqimiz yo‘q”, — dedi “O‘zbekkonsert” vakili.“O‘zbekkonsert” cheklovchi tashkilot emasEshqul Hakimovning alohida ta’kidlashicha, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi biror bir faoliyatni cheklovchi emas, aksincha, yordam beruvchi tashkilotdir. U, jumladan, Jasur Umirov bilan qamalguniga qadar ham belgilangan qoidalar yuzasidan bir necha bor suhbatlar o‘tkazilgani, tartib-taomillar tushuntirilganini eslatib o‘tdi.“Bizda birovni ijoddan cheklash maqsadi yo‘q. Nafat Jasur Umirov, balki boshqa xonandalarimiz ham san’atkorlik madaniyatiga mos ravishda o‘zini tutib, xalq xizmatida bo‘lsa, o‘ylaymanki, har ikki tomonga ham manfaatli bo‘ladi”, — dedi “O‘zbekkonsert” vakili Eshqul Hakimov.
Manba: Daryo
Izohlar
REKLAMA
TOP 10 - 7 KUNLIK
Asadbek Ismoilov - Sizdan uzr (2021)
Bunyod Sodiqov - Go'zlari (2021)
Firuz Ruzmetov - Niginam (2021)
Doston Ergashev va Obidshox - Uylanmagan yigitlar (2021)
Dilnoza Ismiyaminova - Onajon (2021)
Eldor Usarov - Yoshlik (2021)
h3 - Sevasizmi degin (2021)
Jamwid - Zolim manmi (2021)
Iroda Raximjon - Unutma (2021)
Xayrullo Abdumurotov - Meni ishontir (2021)
STASTIKA
4 Mehmon hozir saytda
ULARDAN:
Mehmon:4