Bosh sahifa Reklama Aloqa

Sifatli.Uz - Yangi musiqa, yangi filmlar, tarjima qilingan filmlar, o'zbek tilidagi filmlar, kompyuter dasturlari, Android ilovalari, turk musiqasi, rus musiqasi, rus musiqasi, xorijiy musiqa, tojik musiqasi, qozoq musiqasi, Ayollar, erkaklar, aperatiflar, salatlar, pirojkalar, pishirish, pirojnoe, retseptlar, yo'riqnomalar va boshqa eng ommabop maqolalar, telefon qo'ng'iroqlari, telefon o'yinlari, kompyuter o'yinlari, oyna dasturlari...

18:04, 24-Sentyabr 2021 yil
Fayl qo'shish
Yangilik qo'shish
Behruz Djumaev
E-mail: admin@sifatli.uz
Telegram: @prakuror1
Bobur (Bahh Tee)
E-mail: bahhtee@sifatli.uz
Telegram: @BahhTeeUz
REKLAMA
TELEGRAM
O‘zbekiston va Pokiston hamkorligida Zahiriddin Muhammad Bobur haqida badiiy film suratga olinadi
Категория: Новости / Культура
Просмотров: 19
O‘zbekiston va Pokiston hamkorligida Zahiriddin Muhammad Bobur haqida badiiy film suratga olinadi
O‘zbekiston va Pokiston yetakchilarining muzokaralari yakunlari bo‘yicha 15-iyul, payshanba kuni Ko‘ksaroy qarorgohida OAV vakillari uchun o‘tkazilgan brifingda ikki mamlakat hamkorligida Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi aks etuvchi film yaratilishi ma’lum qilindi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda. Foto: “Daryo” / Madina Nurman“Biz Pokiston bilan madaniy-gumanitar sohada, jumladan, mushtarak ma’naviy merosimizni birgalikda o‘rganish, ta’lim, sog‘liqni saqlash yo‘nalishlarida hamkorlikni chuqurlashtirishga jiddiy e’tibor qaratmoqdamiz. Bugungi uchrashuvda ko‘plab masalalar qatori Zahiriddin Muhammad Bobur va Boburiylar, Muhammad Iqbol, Mirzo G‘olib singari ulug‘ mutafakkir hamda shoirlarning o‘lmas merosi, ma’rifiy qarashlari xalqlarimizni bog‘lab turadigan mustahkam ma’naviy ko‘prikligi to‘g‘risida ham suhbatlashdik.Shu o‘rinda bir narsani mamnuniyat bilan ta’kidlamoqchimanki, biz xalqlarimizni bog‘lab turuvchi bu tarixiy haqiqatni hisobga olib, ajdodimiz, mashhur davlat arbobi va buyuk shoir Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi to‘g‘risida birgalikda badiiy filmni yaratish haqida ham kelishib oldik”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.Pokiston bosh vaziri Imron Xon kelgusida yana boshqa buyuk ijodkorlar haqida ham birgalikda film suratga olinishini aytdi. Foto: “Daryo” / Madina Nurman“Madaniy aloqalarni rivojlantirish haqida muloqot qilar ekanmiz, Zahiriddin Muhammad Bobur to‘g‘risida birgalikda film yaratish g‘oyasining muhokamasi qiziqarli va hayajonli kechdi. Bobur imperiyasi Hindistonda 300 yil davomida hukm surgan va bu davrda Hindiston iqtisodiyotini shu darajada ko‘targanki, jahon yalpi ichki mahsulotining 25 foizi o‘sha paytda shu davlat ulushiga to‘g‘ri kelgan. U juda ham yirik va qudratli davlatni yaratgan.Bu tarix to‘g‘risida hamda o‘rtamizdagi bu rishtalardan pokistonlik va o‘zbekistonlik yoshlar xabardor bo‘lishlari kerak. Kelajakda hamkorlikda shunga o‘xshagan boshqa loyihalarni amalga oshirish, ya’ni Muhammad Iqbol, Imom Buxoriy kabi buyuk ajdodlar to‘g‘risida ham filmlar suratga olish g‘oyasi juda ma’qul keldi. Bunday loyihalar, albatta, ikki mamlakatga ham manfaat keltiradi”, — dedi Imron Xon.
Manba: Daryo
Izohlar
REKLAMA
TOP 10 - 7 KUNLIK
Asadbek Ismoilov - Sizdan uzr (2021)
Bunyod Sodiqov - Go'zlari (2021)
Firuz Ruzmetov - Niginam (2021)
Doston Ergashev va Obidshox - Uylanmagan yigitlar (2021)
Dilnoza Ismiyaminova - Onajon (2021)
Eldor Usarov - Yoshlik (2021)
h3 - Sevasizmi degin (2021)
Jamwid - Zolim manmi (2021)
Iroda Raximjon - Unutma (2021)
Xayrullo Abdumurotov - Meni ishontir (2021)
STASTIKA
10 Mehmonlar hozir saytda
ULARDAN:
Mehmon:10