Bosh sahifa Reklama Aloqa

Sifatli.Uz - Yangi musiqa, yangi filmlar, tarjima qilingan filmlar, o'zbek tilidagi filmlar, kompyuter dasturlari, Android ilovalari, turk musiqasi, rus musiqasi, rus musiqasi, xorijiy musiqa, tojik musiqasi, qozoq musiqasi, Ayollar, erkaklar, aperatiflar, salatlar, pirojkalar, pishirish, pirojnoe, retseptlar, yo'riqnomalar va boshqa eng ommabop maqolalar, telefon qo'ng'iroqlari, telefon o'yinlari, kompyuter o'yinlari, oyna dasturlari...

09:22, 02-Iyun 2020 yil
Fayl qo'shish
Yangilik qo'shish
Behruz Djumaev
E-mail: admin@sifatli.uz
Telegram: @prakuror1
Bobur (Bahh Tee)
E-mail: bahhtee@sifatli.uz
Telegram: @BahhTeeUz
REKLAMA
TELEGRAM
Turkmanistonning Lebop viloyatida yuz bergan bo‘ronda o‘nlab kishi bedarak yo‘qoldi
Категория: Новости / Мир
Просмотров: 25
Turkmanistonning Lebop viloyatida yuz bergan bo‘ronda o‘nlab kishi bedarak yo‘qoldi
Turkmanistonning Lebop viloyatida yuz bergan bo‘ronda ko‘plab odamlar jabrlandi, o‘nlab kishilar bedarak yo‘qoldi. Ular orasida cho‘ponlar, “Turkmangaz” haydovchilari va ishchilari bor, deb xabar bermoqda “Xronika Turkmenistana”. Shuningdek, 100 bosh va undan ko‘proq qo‘ydan iborat bir nechta poda yo‘qolgan. Foto: “Xronika Turkmenistana”Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, 20 ga yaqin kishi halok bo‘lgan. Turkmen news manbalarining xabar berishicha, 27 va 28-aprelda Turkmanobodning deyarli har bir tumanida qurbonlar dafn etilgan.Turkmanobodda jabrlanganlar turli tibbiyot muassasalariga joylashtirilayotgan bo‘lsa, qishloq joylarida ularga, hattoki birinchi yordam ko‘rsatishning imkoni yo‘q. Sovet davridan qolgan feldsher punktlarida na tibbiyot xodimlar bor, na kerakli dori-darmonlar.Shuningdek, bug‘doy hosili nobud bo‘lgani aytilmoqda. Bu esa kuzda un taqchilligiga olib kelishi, odamlar nonsiz qolishi mumkinligini bildiradi.Viloyat aholisining ta’kidlashicha, ulardan davlat sug‘urtasi uchun doim pul ushlab qolingan, biroq hozir sug‘urta to‘lovlari haqida hech qanday gap yo‘q. Hududni tiklash uchun aholi oyliklarining bir qismi ushlab qolinishi mumkinligi to‘g‘risida mish-mishlar tarqalgan.Eslatib o‘tamiz, Turkmanistonning bir qator viloyatlarida 27-aprel kuni kechasi yomg‘ir aralash kuchli shamol yopirilgan, ular orasida Lebop viloyati ko‘proq zarar ko‘rgandi. Hodisa oqibatida Lebop viloyatida aloqa tarmoqlari ishlamay qolgan, mobil telefonlarga qo‘ng‘iroq qilish imkoniyati yo‘qolgan, politsiya tomonidan Mari va Lebop viloyatlarini bog‘lovchi yo‘l yopib qo‘yilgan.Kuchli shamol O‘zbekistonning Turkmaniston bilan chegaradosh hududlariga ham yetib borgandi. Buxoro, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlariga 28-aprelga o‘tar kechasi yopirilgan shamol tezligi soniyasiga 40 metrgacha yetgan. Ular orasida, ayniqsa, Buxoro eng katta talafot ko‘rgan.
Manba: Daryo
Izohlar
REKLAMA
TOP 10 - 7 KUNLIK
STASTIKA
5 Mehmonlar hozir saytda
ULARDAN:
Mehmon:5