Bosh sahifa Reklama Aloqa

Sifatli.Uz - Yangi musiqa, yangi filmlar, tarjima qilingan filmlar, o'zbek tilidagi filmlar, kompyuter dasturlari, Android ilovalari, turk musiqasi, rus musiqasi, rus musiqasi, xorijiy musiqa, tojik musiqasi, qozoq musiqasi, Ayollar, erkaklar, aperatiflar, salatlar, pirojkalar, pishirish, pirojnoe, retseptlar, yo'riqnomalar va boshqa eng ommabop maqolalar, telefon qo'ng'iroqlari, telefon o'yinlari, kompyuter o'yinlari, oyna dasturlari...

14:56, 17-May 2022 yil
Fayl qo'shish
Yangilik qo'shish
Behruz Djumaev
E-mail: admin@sifatli.uz
Telegram: @prakuror1
Bobur (Bahh Tee)
E-mail: bahhtee@sifatli.uz
Telegram: @BahhTeeUz
REKLAMA
TELEGRAM
“Ular biz uchun buyuk bo‘lib qoladi” — Shavkat Mirziyoyev marhum ijodkorlarning yaqinlariga davlat mukofotlarini topshirdi (foto)
Категория: Новости / Культура
Просмотров: 93
“Ular biz uchun buyuk bo‘lib qoladi” — Shavkat Mirziyoyev marhum ijodkorlarning yaqinlariga davlat mukofotlarini topshirdi (foto)
Ko‘ksaroy qarorgohida 30-avgust, dushanba kuni bo‘lib o‘tgan bir guruh turli soha vakillarini taqdirlash marosimida Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘zbek madaniyat va san’ati, adabiyotining marhum fidoyilari uchun berilgan mukofotlarning ayrimlarini ularning yaqinlariga topshirdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda. Foto: Prezident matbuot xizmati“Marhumlarni taqdirlash tajribamizda bo‘lmagan. Ularni ham mustaqilligimizning 30 yilligi arafasida eslaganimizni xalqimiz to‘g‘ri qabul qildi, deb o‘ylayman. Ma’rifat, o‘zligimizni anglash nuqtayi nazaridan bu to‘g‘ri qaror bo‘ldi va an’anaga aylanadi.Koronavirus ko‘plab yaqin ijodkor do‘stlarimizni oramizdan olib ketdi. Bir paytlar ularning ko‘piga nisbatan adolatsizliklar bo‘lganidan xabarim bor. O‘zbekistondagi barcha marhumlarni biz hech qachon unutmaymiz. Ular biz uchun buyuk insonlar bo‘lib qoladi. Farzandlari, nabiralari bizga ko‘makdosh bo‘ladi”, — dedi davlat rahbari. O‘zbek estradasi asoschisi Botir Zokirov uchun “El-yurt hurmati” ordeni ukasi, qo‘shiqchi Farrux Zokirovga topshirildi.Foto: Prezident matbuot xizmati Aktyor Mirza Azizov uchun “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni turmush o‘rtog‘i Tojibar Azizovaga topshirildi.Foto: Prezident matbuot xizmati Qiziqchi Obid Asomov uchun “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni qizi Nargiza Ergashevaga topshirildi.Foto: Prezident matbuot xizmati Yozuvchi O‘lmas Umarbekov uchun “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni turmush o‘rtog‘i Zuhra Umarbekovaga topshirildi.Foto: Prezident matbuot xizmati Shoira Halima Xudoyberdiyeva uchun “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni qizi Kamola Umurzoqovaga topshirildi.Foto: Prezident matbuot xizmati Qo‘shiqchi Ortiq Otajonov uchun “Mehnat shuhrati” ordeni o‘g‘li Ulug‘bek Otajonovga topshirildi.Foto: Prezident matbuot xizmati Qo‘shiqchi Tavakkal Qodirov uchun “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni o‘g‘li Muzrob Qodirovga topshirildi.Foto: Prezident matbuot xizmati Qo‘shiqchi Otajon Xudoyshukurov uchun “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni nabirasi Intizor Xudoyshukurovaga topshirildi.Foto: Prezident matbuot xizmati
Manba: Daryo
Izohlar
REKLAMA
TOP 10 - 7 KUNLIK
STASTIKA
10 Mehmonlar hozir saytda
ULARDAN:
Mehmon:10