Bosh sahifa Reklama Aloqa

Sifatli.Uz - Yangi musiqa, yangi filmlar, tarjima qilingan filmlar, o'zbek tilidagi filmlar, kompyuter dasturlari, Android ilovalari, turk musiqasi, rus musiqasi, rus musiqasi, xorijiy musiqa, tojik musiqasi, qozoq musiqasi, Ayollar, erkaklar, aperatiflar, salatlar, pirojkalar, pishirish, pirojnoe, retseptlar, yo'riqnomalar va boshqa eng ommabop maqolalar, telefon qo'ng'iroqlari, telefon o'yinlari, kompyuter o'yinlari, oyna dasturlari...

21:19, 08-Avgust 2022 yil
Fayl qo'shish
Yangilik qo'shish
Behruz Djumaev
E-mail: admin@sifatli.uz
Telegram: @prakuror1
Bobur (Bahh Tee)
E-mail: bahhtee@sifatli.uz
Telegram: @BahhTeeUz
REKLAMA
TELEGRAM
Toshkentning qator tumanlarida ta’mirlash ishlari tufayli gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
Категория: Новости / Узбекистан
Просмотров: 56
2021—2022-yillar kuz—qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida olib boriladigan ta’mirlash ishlari sabab Toshkentning qator tumanlarida gaz ta’minoti vaqtincha uziladi. Bu haqda “Hududgaz poytaxt” xabar berdi.Xususan, “Yangihayottumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan Oqqo‘rg‘on ko‘chasida joylashgan o‘rta bosim D-76 mm yer usti gaz quvurini harakatdagi gaz quvuriga ulash ishlari rejalashtirilgan. Shu sababli, 28-oktabr kuni soat 11:00 dan 17:00 ga qadar Oqqo‘rg‘on, Oydin, Ismoilova ko‘chalaridagi xonadonlarda hamda ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.Shuningdek, Sergeli tumani “Xonabod” mahallasida yangi qurilgan oilaviy poliklinikani gazlashtirish uchun D-57 mm yangi gaz quvurini mavjud D-100 mm o‘rta bosim gaz quvuriga ulanadi. Shu munosabat bilan 27-oktabr kuni soat 11:00 dan 18:00 gacha ushbu manzildagi 17 ta ko‘p qavatli uydagi 1337 ta xonadon hamda beshta ulgurji iste‘molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.Mirobod tumani Parvona 1-tor ko‘chasidagi yer usti D-76 mm past bosim gaz quvurini harakatdagi gaz quvuriga ulash ishlari amalga oshirilishi sabab 27-oktabr kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar ushbu manzildagi 16 ta xonadon hamda ikkita ulgurji iste‘molchilarida tabiiy gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi.Bundan tashqari, “Chilonzortumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan Farhod ko‘chasida joylashgan o‘rta bosim D-76 mm yer osti gaz quvurini harakatdagi gaz quvuriga ulash ishlari rejalashtirilgan. Shu sababli 27-oktabr kuni soat 11:00 dan 15:00 gacha Berdaq, Afsona, Kattaqozirobod ko‘chalarida hamda 12 ta ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.Yangihayot tumani “Olchazor” mahallasi hududida joylashgan kam quvvatli o‘rta bosim gaz taqsimlash punkti o‘rniga ko‘p quvvatli RDBK - 1/25 rusumli GTP o‘rnatish ishlari amalga oshirilishi sabab 27-oktabr kuni soat 11:00 dan 18:00 ga qadar Olmazor 146-ko‘chadagi 105 ta yerli xonadonlarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.Ta’kidlanishicha, ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.“Hududgaz poytaxt” gaz ta’minoti filiali ta’mirlash ishlari tufayli vaqtincha uzilishlar sabab yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste’molchilaridan uzr so‘ragan.Avvalroq O‘zbekistonda oktabr oyida deyarli 4 milliard so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanilgani, mamlakat aholisining tabiiy gazdan qarzdorligi 500 milliard so‘mdan oshgani, O‘zbekistonda 2021-yil boshidan buyon qariyb 78 milliard so‘mlik gaz o‘g‘irlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Manba: Daryo
Izohlar
REKLAMA
TOP 10 - 7 KUNLIK
STASTIKA
10 Mehmonlar hozir saytda
ULARDAN:
Mehmon:10