Bosh sahifa Reklama Aloqa

Sifatli.Uz - Yangi musiqa, yangi filmlar, tarjima qilingan filmlar, o'zbek tilidagi filmlar, kompyuter dasturlari, Android ilovalari, turk musiqasi, rus musiqasi, rus musiqasi, xorijiy musiqa, tojik musiqasi, qozoq musiqasi, Ayollar, erkaklar, aperatiflar, salatlar, pirojkalar, pishirish, pirojnoe, retseptlar, yo'riqnomalar va boshqa eng ommabop maqolalar, telefon qo'ng'iroqlari, telefon o'yinlari, kompyuter o'yinlari, oyna dasturlari...

16:35, 17-May 2022 yil
Fayl qo'shish
Yangilik qo'shish
Behruz Djumaev
E-mail: admin@sifatli.uz
Telegram: @prakuror1
Bobur (Bahh Tee)
E-mail: bahhtee@sifatli.uz
Telegram: @BahhTeeUz
REKLAMA
TELEGRAM
O‘zbekistonda 28-oktabr kuni “Milliy suvenirlar” festivali o‘tkaziladi
Категория: Новости / Культура
Просмотров: 66
O‘zbekistonda 28-oktabr kuni “Milliy suvenirlar” festivali o‘tkaziladi
28-oktabr kuni O‘zbekistonning barcha hududida “Milliy suvenirlar” festivali bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi xabar berdi. Foto: “Daryo”Ma’lum qilinishicha, festival doirasida hunarmandlarning ko‘rgazma-savdosi, ko‘rik-tanlovi, mahorat darslari o‘tkaziladi, shu bilan birga folklor-etnografik guruhlari va badiiy jamoalarning chiqishlari tashkil etiladi. Festivalning rasmiy ochilish va yopilish marosimi O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyida bo‘lib o‘tadi.Festival “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni bilan tasdiqlangan reja asosida o‘tkazilmoqda. Festivaldan kutilayotgan natija — tadbir ishtirokchilari tomonidan yaratilgan milliy suvenirlar savdosini yo‘lga qo‘yish orqali respublika muzeylari va madaniy meros obyektlariga tashrif buyuruvchilar to‘g‘ridan to‘g‘ri ushbu ob’ektlarning targ‘ibotchisiga aylanadi. Bu esa hududlarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga, hunarmandlar bandligini ta’minlashga hamda ularni ham moddiy, ham ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.Festival yakunida “Eng yaxshi suvenir” nominatsiyasi bo‘yicha har bir hudud uchun alohida 1 ,2, 3-sovrinli o‘rinlar belgilangan va g‘oliblar tadbir so‘ngida munosib taqdirlanadi.Eslatib o‘tamiz, 2018-yilda Farg‘onada xalqaro kulollar va kulolchilik mahsulotlari festivali o‘tkazilgan edi.
Manba: Daryo
Izohlar
REKLAMA
TOP 10 - 7 KUNLIK
STASTIKA
9 Mehmonlar hozir saytda
ULARDAN:
Mehmon:9