Bosh sahifa Reklama Aloqa

Sifatli.Uz - Yangi musiqa, yangi filmlar, tarjima qilingan filmlar, o'zbek tilidagi filmlar, kompyuter dasturlari, Android ilovalari, turk musiqasi, rus musiqasi, rus musiqasi, xorijiy musiqa, tojik musiqasi, qozoq musiqasi, Ayollar, erkaklar, aperatiflar, salatlar, pirojkalar, pishirish, pirojnoe, retseptlar, yo'riqnomalar va boshqa eng ommabop maqolalar, telefon qo'ng'iroqlari, telefon o'yinlari, kompyuter o'yinlari, oyna dasturlari...

10:54, 20-Yanvar 2022 yil
Fayl qo'shish
Yangilik qo'shish
Behruz Djumaev
E-mail: admin@sifatli.uz
Telegram: @prakuror1
Bobur (Bahh Tee)
E-mail: bahhtee@sifatli.uz
Telegram: @BahhTeeUz
REKLAMA
TELEGRAM
O‘zbekiston Qozog‘iston bilan hamkorlikda “Termiz” poligonida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi
Категория: Новости / Узбекистан
Просмотров: 10
O‘zbekiston Qozog‘iston bilan hamkorlikda “Termiz” poligonida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi
O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiylari 17—24-noyabr kunlari Surxondaryo viloyatidagi “Termiz” poligoniga harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi. Bu haqda Qozog‘iston mudofaa vazirligi xabar qildi. Foto: Qozog‘iston mudofaa vazirligiQayd etilishicha, qo‘shma mashg‘ulotlardan maqsad harbiy vazifalarni hal qilish jarayonida ikki davlat kuchlarining o‘zaro muvofiqligi va darajasini oshirish hisoblanadi.Ma’lum bo‘lishicha, Qozog‘iston tomonidan mashg‘ulotda 100 dan ortiq harbiy xizmatchi qatnashadi, ko‘p funksiyali Su-30SM qiruvchilari, C-295 harbiy-transport samolyotlari, taktik uchuvchisiz havo qurilmalaridan foydalaniladi.Ta’kidlanishicha, qozog‘istonlik harbiylar mashg‘ulotlar paytida qidiruv-razvedka operatsiyasi, otryadlarini yo‘q qilish paytida jangovar gvardiya bo‘linmalarining harakatlarini ishlab chiqish, noqonuniy qurolli guruhlar tajovuzkorligi va bartaraf qilinishini akslantirish, yaradorlar va yaroqsiz texnikalarni jang maydonidan evakuatsiya qilishni amalga oshiradi.Eslatib o‘tamiz, shu yilning avgust oyida O‘zbekiston harbiylari Rossiya va Tojikiston bilan mashg‘ulotlarda qatnashgandi. Harbiy mashqlar “Termiz” poligonida bo‘lib o‘tgan. O‘zbekiston, Tojikiston va Rossiya Afg‘oniston bilan chegarada o‘tkazgan harbiy mashg‘ulotlarda 2,5 mingdan ortiq harbiy qatnashgan. Mashqlar paytida Rossiya va O‘zbekiston maxsus kuchlari o‘zbek-afg‘on chegarasidagi shartli terrorchilarni yakson qilgandi.
Manba: Daryo
Izohlar
REKLAMA
TOP 10 - 7 KUNLIK
STASTIKA
2 Mehmon hozir saytda
ULARDAN:
Mehmon:2