Bosh sahifa Reklama Aloqa

Sifatli.Uz - Yangi musiqa, yangi filmlar, tarjima qilingan filmlar, o'zbek tilidagi filmlar, kompyuter dasturlari, Android ilovalari, turk musiqasi, rus musiqasi, rus musiqasi, xorijiy musiqa, tojik musiqasi, qozoq musiqasi, Ayollar, erkaklar, aperatiflar, salatlar, pirojkalar, pishirish, pirojnoe, retseptlar, yo'riqnomalar va boshqa eng ommabop maqolalar, telefon qo'ng'iroqlari, telefon o'yinlari, kompyuter o'yinlari, oyna dasturlari...

21:34, 06-Iyul 2020 yil
Fayl qo'shish
Yangilik qo'shish
Behruz Djumaev
E-mail: admin@sifatli.uz
Telegram: @prakuror1
Bobur (Bahh Tee)
E-mail: bahhtee@sifatli.uz
Telegram: @BahhTeeUz
REKLAMA
TELEGRAM
Qosim-Jo‘mart To‘qayev Qozog‘iston va O‘zbekiston iqtisodiy raqobatga kirishishi mumkinligini aytdi
Категория: Новости / Узбекистан
Просмотров: 6
Qosim-Jo‘mart To‘qayev Qozog‘iston va O‘zbekiston iqtisodiy raqobatga kirishishi mumkinligini aytdi
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning ta’kidlashicha, Markaziy Osiyoda Qozog‘iston va O‘zbekiston asosiy davlatlar sanaladi. Mamlakatlar o‘rtasida hamkorlik aloqalari keng rivojlanmoqda, iqtisodiy raqobatga kirishish ehtimoli ham yo‘q emas. Bu haqda Qosim-Jo‘mart To‘qayev “Ana tili” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi. Foto: “Kazinform”Qosim-Jo‘mart To‘qayev ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy raqobat ehtimoli haqida gapirib, “Bu haqda hech qachon unutmasligimiz kerak. Qozog‘iston o‘zining yetakchilik mavqeyini saqlab qolishga majbur”, degan.Qozog‘iston prezidenti intervyuda qozoq tilini ommalashtirish, rus tili istiqbollari haqida gapirgan. Qozog‘iston rahbari, o‘z navbatida, O‘zbekiston borasida ham qator fikrlarni bildirib o‘tgan. U, masalan, rus tili borasida O‘zbekiston tajribasi yaxshi namuna bo‘lib xizmat qilishini qayd etgan.“O‘zbeklar o‘zlariga xos vazminlik va hurmat bilan, balandparvoz bayonotlarsiz til masalasini hal etdi. Zarur bo‘lganda, rus tiliga murojaat qilindi. Haligacha O‘zbekiston davlat idoralarida rus tilidan foydalanishlari meni hayratlantirdi. Ushbu xalqning butun pragmatizmi shunda namoyon bo‘ladi. Ular butun tarix davomida shunday bo‘lib kelgan”, — deya ta’kidlagan To‘qayev.Uning qayd etishicha, o‘zbeklar ijtimoiy munosabatlarni siyosiylashtirishdan qochgan holda, mehnat va savdoga asosiy urg‘uni berib, XX asrning boshida Markaziy Osiyoning eng yirik xalqiga aylangan. Shuning uchun ham buyuk Abayning o‘zbek xalqi haqidagi dohiyona so‘zlar texnologiya davrida ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmayapti. Ushbu mamlakat mitinglar bilan emas, bunyodkorlik bilan shug‘ullanayapti.Ma’lumot uchun, 2020-yilning yanvar—may oylarida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi 1,091 milliard dollarni tashkil qilgan, O‘zbekiston shu davrda Qozog‘istonga 317,4 million dollarlik mahsulot va xizmatlarni eksort qilgan bo‘lsa, 773,8 million dollarlik importni amalga oshirgan. Tashqi savdo aylanmasi hajmi bo‘yicha Qozog‘iston O‘zbekistonning uchinchi eng yirik hamkorl hisoblanadi.
Manba: Daryo
Izohlar
REKLAMA
TOP 10 - 7 KUNLIK
Сюзанна - Кляп
Тайпан, Илья Саглиани - Лунная
Тима Белорусских - Тянет к тебе
Скаттл - Bubblegum детка (Vincent Diaz Remix)
Скриптонит, Truwer - В одного
Зомб - Как не верить (Maxim Hudyshkin Remix)
Скриптонит - Веселей
Пульсы - Butterfly
Супер Жорик - Золото
Руки Вверх - Расскажи мне
STASTIKA
8 Mehmonlar hozir saytda
ULARDAN:
Mehmon:8