Bosh sahifa Reklama Aloqa

Sifatli.Uz - Yangi musiqa, yangi filmlar, tarjima qilingan filmlar, o'zbek tilidagi filmlar, kompyuter dasturlari, Android ilovalari, turk musiqasi, rus musiqasi, rus musiqasi, xorijiy musiqa, tojik musiqasi, qozoq musiqasi, Ayollar, erkaklar, aperatiflar, salatlar, pirojkalar, pishirish, pirojnoe, retseptlar, yo'riqnomalar va boshqa eng ommabop maqolalar, telefon qo'ng'iroqlari, telefon o'yinlari, kompyuter o'yinlari, oyna dasturlari...

21:52, 06-Iyul 2020 yil
Fayl qo'shish
Yangilik qo'shish
Behruz Djumaev
E-mail: admin@sifatli.uz
Telegram: @prakuror1
Bobur (Bahh Tee)
E-mail: bahhtee@sifatli.uz
Telegram: @BahhTeeUz
REKLAMA
TELEGRAM
Shavkat Mirziyoyev Popda foydalanilmay yotgan yerda tashkil qilingan meva-sabzavotchilik klasteriga tashrif buyurdi (foto)
Категория: Новости / Узбекистан
Просмотров: 5
Shavkat Mirziyoyev Popda foydalanilmay yotgan yerda tashkil qilingan meva-sabzavotchilik klasteriga tashrif buyurdi (foto)
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Namangan viloyatiga tashrifi Pop tumanidan boshlandi. Davlat rahbari dastlab bu yerda barpo etilgan “Nuran uz” meva-sabzavotchilik klasteri faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Foto: Prezident matbuot xizmatiQayd etilishicha, Pop Namangan viloyatining hududi jihatidan eng katta tumani. Prezidentning foydalanishdan chiqib ketgan qishloq xo‘jalik yerlarini oborotga qaytarish to‘g‘risidagi tegishli qaroriga muvofiq, tumandagi unumsiz toshloq yerlarni o‘zlashtirish bo‘yicha dastur ishlab chiqildi. Foto: Prezident matbuot xizmatiUshbu dasturga asosan “Nuran uz” mas’uliyati cheklangan jamiyat tomonidan Pop tumanidagi adirliklardan iborat 1885 gektar o‘zlashtirilmagan yerda meva-sabzavotchilik klasteri tashkil etildi. Joriy yilning bahorida 100 gektarga o‘rik, 70 gektarga gilos ko‘chatlari ekildi, 12 gektar yerda uzumzor barpo etildi.Ta’kidlanishicha, Ispaniyadan keltirilgan “Magador”, “Maryblon 29c”, “Flopria” navli o‘rik ko‘chatlari hosildor bo‘lib, ikki oyligidayoq nishona ko‘rsatdi. Bu bog‘ kelasi yildan to‘liq hosilga kiradi va gektaridan 70 tonnagacha meva beradi. Bu gektariga 50 ming dollarlik meva eksport qilish mumkin degani. Foto: Prezident matbuot xizmati Foto: Prezident matbuot xizmatiMa’lum qilinishicha, klaster egalari shu bilan cheklanib qolmasdan, bog‘ qator oralariga qovun, tarvuz ekdi. Ayni kunlarda pishgan shirin-shakar tarvuz-qovunlar Rossiya va boshqa bozorlarga eksport qilinmoqda.Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, qirq yillar mobaynida samarasiz yotgan yerlarda intensiv bog‘ yaratishga innovatsion asosda yondashilgan, suvni tejaydigan tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy etilgan. Ushbu mexanizmni klasterning o‘zi yaratgan bo‘lib, bu 50 foiz mablag‘ni tejash imkonini bergan. Buning uchun 180 metr chuqurlikdan suv chiqariladigan 4 ta quduq qazilgan, tortib olingan suv shu yerdagi hovuzda to‘planadi. To‘liq kompyuterlashtirilgan tizim chanqagan yerlarga avtomatik tarzda suvni yuboradi. Ya’ni hamma ish inson omilisiz, kompyuter orqali boshqariladi. Foto: Prezident matbuot xizmati Foto: Prezident matbuot xizmati Foto: Prezident matbuot xizmati Foto: Prezident matbuot xizmatiBu ikki bosqichli loyihaning dastlabkisi bo‘lib, 2021—2022-yillarga mo‘ljallangan keyingi bosqichda yana 1455 gektar yer o‘zlashtiriladi. Loyiha to‘liq amalga oshirilgach, 350 ta ish o‘rni yaratiladi, yiliga 10 million dollarlik meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilinadi.Davlat rahbari bog‘ni ko‘zdan kechirdi, shu yerda nuroniylar, qishloq xo‘jalik xodimlari bilan suhbatlashdi.Namangan viloyatida tumanlarni muayyan qishloq xo‘jalik ekinlariga ixtisoslashtirish, jumladan, Kosonsoy, Chortoq, Yangiqo‘rg‘on tumanlarini bog‘dorchilikka yo‘naltirish lozimligi qayd etildi.“Boshqa yo‘limiz yo‘q. Yerimiz jannat, bundan foydalanib, Namanganni boshqa hududlarga namuna qilishimiz kerak, odamlarni uyg‘otishimiz lozim. Yilma-yil foydalanish sharti bilan yerini, urug‘ini, ko‘chatini, mablag‘ini beramiz, qolgan harakat odamlarning o‘zidan bo‘lishi kerak. Shunday qilmasak ertaga natijamiz bo‘lmaydi”, — dedi Prezident.Shu yerda Namangan viloyatida qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirishga oid loyihalar, istiqbolli rejalar muhokama qilindi. Davlat rahbari qishloq xo‘jaligiga bunday yangicha yondashuv O‘zbekistonning yangi qirralarini, yangi imkoniyatlarini amalda namoyon etadigan tizim bo‘lishi darkorligini ta’kidladi. Foto: Prezident matbuot xizmati Foto: Prezident matbuot xizmatiMutasaddilarga tumanlarni muayyan ekin turlariga ixtisoslashtirish bo‘yicha qaror loyihasini ishlab chiqish, bunda har bir hududning iqlimi, imkoniyatlarini hisobga olish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Manba: Daryo
Izohlar
REKLAMA
TOP 10 - 7 KUNLIK
Сюзанна - Кляп
Тайпан, Илья Саглиани - Лунная
Тима Белорусских - Тянет к тебе
Скаттл - Bubblegum детка (Vincent Diaz Remix)
Скриптонит, Truwer - В одного
Зомб - Как не верить (Maxim Hudyshkin Remix)
Скриптонит - Веселей
Пульсы - Butterfly
Супер Жорик - Золото
Руки Вверх - Расскажи мне
STASTIKA
5 Mehmonlar hozir saytda
ULARDAN:
Mehmon:5