Bosh sahifa Reklama Aloqa

Sifatli.Uz - Yangi musiqa, yangi filmlar, tarjima qilingan filmlar, o'zbek tilidagi filmlar, kompyuter dasturlari, Android ilovalari, turk musiqasi, rus musiqasi, rus musiqasi, xorijiy musiqa, tojik musiqasi, qozoq musiqasi, Ayollar, erkaklar, aperatiflar, salatlar, pirojkalar, pishirish, pirojnoe, retseptlar, yo'riqnomalar va boshqa eng ommabop maqolalar, telefon qo'ng'iroqlari, telefon o'yinlari, kompyuter o'yinlari, oyna dasturlari...

23:04, 06-Iyul 2020 yil
Fayl qo'shish
Yangilik qo'shish
Behruz Djumaev
E-mail: admin@sifatli.uz
Telegram: @prakuror1
Bobur (Bahh Tee)
E-mail: bahhtee@sifatli.uz
Telegram: @BahhTeeUz
REKLAMA
TELEGRAM
Millionlab nusxadagi “Tarbiya” darsliklarini tayyorlash o‘quv yili boshlanishiga uch oydan kam vaqt qolganida davlat nashriyotidan xususiy korxonaga o‘tkazildi
Категория: Новости / Узбекистан
Просмотров: 5
Millionlab nusxadagi “Tarbiya” darsliklarini tayyorlash o‘quv yili boshlanishiga uch oydan kam vaqt qolganida davlat nashriyotidan xususiy korxonaga o‘tkazildi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 12-iyun kuni Toshkent shahrining Olmazor tumaniga qilgan tashrifi yakunlariga ko‘ra, jumladan, umumta’lim maktablari uchun mo‘ljallangan “Tarbiya” darsliklarini tayyorlash bo‘yicha buyurtmani G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyotdan olib, “KolorPak” kompaniyasiga o‘tkazish haqida topshiriq berilgan. Bu haqda “Daryo”ning rasmiy doiralardagi manbasi ma’lum qildi.Ma’lum qilishlaricha, tashrif yakunlariga ko‘ra Prezident maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov va xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatovga 2020/2021 o‘quv yili uchun umumta’lim maktablarida darslik va o‘quv-metodik majmualari sifatini tubdan o‘zgartirish va zamonaviy standartlarga moslashtirish maqsadida “KolorPak” kompaniyasi tomonidan 1—9-sinflar uchun “Tarbiya”, 5- va 8—9-sinflar uchun “Informatika va axborot texnologiyalari” darsliklari va o‘quv-metodik majmualarini yagona dizayn va uslubda nashrga tayyorlash hamda chop etish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish bo‘yicha topshiriq berilgan.“Tarbiya” qanday fan?Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2019-yil 23-avgust kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda “Milliy g‘oya”, “Odobnoma”, “Din tarixi”, “Vatan tuyg‘usi” kabi fanlar negizida yagona “Tarbiya” fanini joriy etish yuzasidan topshiriq berilgan. Xalq ta’limi vazirligidan ma’lum qilishlaricha, yaratilayotgan yangi formatdagi “Tarbiya” darsliklari amaliyotga yo‘naltirilib, bolani muvaffaqiyatli mustaqil hayotga tayyorlashni asos qilib olgan. Shuningdek, o‘quvchini sog‘lom turmush tarzi, vaqt hamda resurslardan unumli foydalanishga o‘rgatadi. Darslik axloq, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga hurmat, faol fuqarolik, maqsad qo‘yish va intilish ko‘nikmalari mashg‘ulotlar orqali shakllantiradi.Ayni vaqtda “Tarbiya” fani bo‘yicha G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi bilan tuzilgan barcha shartnomalarni bekor (tegishliligi bo‘yicha o‘zgartirish) qilish hamda ushbu shartnomalar bo‘yicha o‘tkazilgan bo‘nak mablag‘lar o‘zaro hisob-kitob asosida qaytarilishi, ushbu darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni chop etish bo‘yicha “KolorPak” kompaniyasi bilan shartnomalar tuzish belgilangan. Vazir Sherzod Shermatovga bir oy muddatda “KolorPak” kompaniyasi bilan hamkorlik qilish masalasi yuzasidan tegishli hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi yuklatilgan.Ta’kidlanishicha, aynan Olmazor tumaniga tashrif yakunlariga ko‘ra xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatovning istisno tariqasida 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab darslik va o‘quv-metodik majmualarni chop etishda matn va muqova uchun o‘quvchi ko‘zini charchatmaydigan (salbiy ta’sir qilmaydigan), vazni yengil qog‘oz (puxlaya bumaga — 55-60 gr/m2, puxlost 1,6-2, oqligi 86 foizdan yuqori, sellyuloza kartoni) turlaridan foydalanish va mavjud 60*90 1/8 bichimga qo‘shimcha ravishda 60*84 1/8, 84*108 1/16 bichimlarda chop etish to‘g‘risidagi taklifiga ham rozilik berilgan.“Talab etilgan shartlardagi mahsulotni zudlik bilan faqat ‘KolorPak’ tayyorlab bera oldi”Xalq ta’limi vazirligidan ma’lum qilishlaricha, Prezident Shavkat Mirziyoyevning Sergeliga tashrifi chog‘ida Xalq ta’limi vazirligiga umumta’lim maktablari uchun darsliklarning sifati, mazmuni, dizayni va jozibadorligini yaxshilash hamda 2020/2021 o‘quv yili uchun darslik va o‘quv-metodik majmualari sifatini tubdan o‘zgartirish va zamonaviy standartlarga moslashtirish bo‘yicha topshiriqlar berilgan.Topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Kembridj universitetining Cambridge University Press (Buyuk Britaniya), Oksford universitetining Oxford University Press (Buyuk Britaniya), Germaniyaning Klett-Verlag, Hueber Verlag, Singapurning Star Publishing nashriyotlari tomonidan, shuningdek, Janubiy Koreya va Yaponiyada chop etilgan darsliklar, mashq daftarlari, o‘qituvchi kitobi kabi o‘quv-metodik majmualar namunalari o‘rganilgan.“Tarbiya” fani darsligi dastlabki rejaga asosan G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot tomonidan 1—2—3, 5—6-sinflar uchun, O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijobiy uyi tomonidan esa 4- hamda 7—8—9-sinflar uchun nashrga tayyorlash belgilangan. Biroq, Xalq ta’limi vazirligidan ma’lum qilishlaricha, nashriyotlar tomonidan ishlar sust tashkil etilib, yaratilayotgan darsliklarni nashrga tayyorlash va chop etishda eskicha usul saqlanib qolayotganligi ko‘rindi.“Mazkur sharoitda ‘Tarbiya’ darsliklarini yangicha dizayn va uslubda, sifatli qog‘oz va buyoqlarda nashr etilmaslik xavfi yuzaga keldi”, — deyiladi XTVning “Daryo”ga taqdim etilgan izohida. Vazirlikdan qayd etishlaricha, hoziirda davlat nashriyotlarida zamonaviy dizaynerlar va sahifalovchi mutaxassislar, rassom va muharrirlar yetishmaydi, korxonalarning eskicha ishlash uslubi darsliklarni belgilangan talab bo‘yicha, tez muddatlarda yaratish imkonini bermaydi.Sergelidagi topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida zudlik bilan 2020-yilda yangidan yaratilishi belgilangan “Tarbiya” va “Informatika va axborot texnologiyalari” darsliklarining namunalari xalqaro talablar asosida chop etilgan. Xalq ta’limi vazirligidan ma’lum qilishlaricha, bunday mahsulotni operativ ravishda zamonaviy matbaa texnologik parki mavjud bo‘lgan “KolorPak” kompaniyasigina chiqarib bera olgan. Yangi tayyorlanayotgan “Tarbiya” darsligi ichki sahifalaridan biri.Foto: Xalq ta’limi vazirligi“‘Tarbiya’ va ‘Informatika va axborot texnologiyalari’ darsliklarining namuna nusxalari Prezident Shavkat Mirziyoyevning Olmazor tumaniga tashrifi chog‘ida taqdimot qilindi (muqovalash uslubi, qog‘oz turi va sifati, dizayn konsepsiyasi matbaa sifati jihatidan) va davlat rahbari tomonidan ma’qullandi”, — deyiladi XTV izohida.Shu munosabat bilan 1—9 sinflar uchun 70 nomdagi 6 million nusxa “Tarbiya” darsliklarini nashrga tayyorlash va chop etish bo‘yicha “KolorPak” kompaniyasi bosh pudratchi sifatida vazirlik bilan shartnoma tuzishi belgilangan. Shartnomaga muvofiq, “KolorPak” darsliklarni yagona dizayn va uslubda nashrga tayyorlash, chop etilishida texnik nazoratni ta’minlashga va taqdimotda taqsdiqlangan formatdagi darslikni yaratishga mas’ul bo‘ladi, zarur bo‘lsa, nashriyotlarga yangi formatdagi qog‘ozni ham yetkazib berish mas’uliyatini olgan.“Qayd etish kerakki, mazkur qog‘oz amalda nashriyotlar tomonidan ishlatiladigan qog‘ozdan farq qiladi va uning narxi arzonroq”, — deyiladi Xalq ta’limi vazirligi izohida.Xalq ta’limi vazirligidan “Daryo”ga ma’lum qilishlaricha, “Tarbiya” darsliklarini chop etish ishlari “KolorPak” kompaniyasi va “G‘afur G‘ulom” nomidagi nashriyot-matba ijodiy uy i (28 nomda 2,6 million nusxa), “O‘zbekiston” nashriyot-matba ijodiy uyi (21 nomda 1,9 million nusxa), “Sano Standart” kompaniyasi (7 nomda 650 743 nusxa), “Zamin nashr” nashriyoti va “KredoPrint” kompaniyasi (10 nomda 692 ming nusxa) matbaa korxonalari hamkorligida amalga oshiriladi.Bundan tashqari, “KolorPak” kompaniyasi 42 nomda 2 million nusxa 5-, 8—9-sinflar uchun “Informatika va axborot texnologiyalari” darsliklari va o‘quv metodik majmualarini chop etishi ham belgilangan. Vazirlikning qayd etishicha, bu 2020/2021 o‘quv yili uchun mo‘ljallangan jami darsliklarning 7 foizidir.“‘G‘afur G‘ulom’ nomidagi nashriyot bilan faqat ‘Tarbiya’ darsliklarini nashrga tayyorlash va chop etish bo‘yicha avval tuzilgan shartnomalarga o‘rnatilgan tartibda tegishli o‘zgartirishlar kiritilgan holda, o‘zaro hisob-kitoblar amalga oshiriladi, boshqa darsliklar bo‘yicha nashr ishlari davom ettiriladi”, — deya qo‘shimcha qilingan Xalq ta’limi vazirligi izohida.“KolorPak” haqida“KolorPak” kompaniyasiga 2004-yilda asos solingan. Korxona va tashkilotlarning yagona davlat registri ma’lumotlariga ko‘ra, “KolorPak” matbaa faoliyatining boshqa turlari bilan shug‘ullanuvchi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tarkibiga kirmaydigan tadbirkorlik subyektidir.Davlat aktivlarini boshqarish agentligidan ma’lum qilishlaricha, “KolorPak” kompaniyasi 2018-yili Toshkentning Yunusobod tumani Yangi shahar ko‘chasi 1A-uy manzilida joylashgan sobiq poligrafiya bino-inshootlarini sotib olgan (hukumat qarorida qayd etilishicha, ushbu obyekt “KolorPak”ga investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni kiritish sharti bilan “nol” qiymatda sotilgan). “KolorPak”ga 2018-yili “nol” qiymatda berilgan va to‘liq ta’mirdan chiqarilgan Yunusoboddagi bino.Foto: Davlat aktivlarini boshqarish agentligiAgentlikning qayd etishicha, “yangi investor zimmasidagi majburiyatni ortig‘i bilan bajargan”. “Sotib olingan binoda xalqaro talablarga mos ravishda matbaa mahsulotlarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan zamonaviy korxona barpo etildi. Buning uchun 25,2 milliard so‘m va 15,2 million yevro miqdorida sarmoya jalb qilinib, 200 nafardan ziyod kishi ish bilan ta’minlandi”, — deyiladi Davaktiv axborotida.“KolorPak” komapniyasining 50 foiz ulushi Shuhrat Yoqubjonovich Ahmedovga, 25 foizi Ismoil Erkinovich Isroilovga, qolgan 25 foizi esa Abror Axrolovich G‘aniyevga tegishli. Skrinshot: “Stat.uz”Shuhrat Ahmedov “Zo‘r-TV” telekanali, “Vodiy sadosi” radiokanali, “Tasvir” nashriyot uyi rahbari sifatida tanilgan (qayd etish joiz, “Zo‘r-TV” egasi hisoblangan “Teleradiokompaniya ZO‘R” kompaniyasining ham 50 foizi ulushi Shuhrat Ahmedovga, 25 foizi ulushi Ismoil Isroilovga, qolgan 25 foizi esa Abror G‘aniyevga tegishli). Shuhrat Ahmedov 2018-yili Mustaqillik bayrami arafasida “KolorPak” kompaniyasi bosh direktori sifatida “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan. Skrinshot: “Stat.uz”Abror G‘aniyev 2019-yil martida AKFA kompaniyalar guruhi direktorlar kengashi raisi etib tayinlangan. U 2019-yil sentabrida Akfa Engineering and Management kompaniyasi rahbari sifatida “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy kengashi a’zosi etib saylangan.Ismoil Isroilov Sirdaryo viloyatida 2020-yil may oyida kuzatilgan toshqindan so‘ng zarar ko‘rgan hududlarda yangi ko‘p qavatli uylar qurish huquqini qo‘lga kiritgan uch kompaniyadan biri — Whitecity Construction muassislaridan biri (ulushi 40 foiz). “Gazeta.uz” ma’lumotlariga ko‘ra, Isroilovning Durable Beton kompaniyasida ham ulushga ega, shuningdek, Zokirxo‘ja Obidovich Ortiqxo‘jayev bilan birga qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Master Pack kompaniyasining ikki ta’sischisidan biridir.Ma’lumot uchun, G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matba ijodiy uyi O‘zbekiston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar tiziidagi unitar korxona bo‘lib, 100 foiz Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga tegishli. Skrinshot: “Stat.uz”Darsliklarni chop etish mexanizmi qanday?Vazirlar Mahkamasining 2010-yid 28-oktabrdagi “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2018-yil 30-martdagi “Tovar bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq, umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga tegishli umumta’lim fanlari bo‘yicha darslik va o‘quv-metodik majmualarni nashr etish xizmatlari (Xalq ta’limi vazirligining maxsus tasdiqlanadigan ro‘yxati bo‘yicha) narxlari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli tovarlar (xizmatlar) va ularning strategik turlari ro‘yxatiga kiritilgan.Shunga asosan, Xalq ta’limi vazirligidan ma’lum qilishlaricha, darsliklar ularni nashrga tayyorlagan va huquq egasi bo‘lgan nashriyot-matbaa korxonalari taqdim etgan narx kalkulyatsiyalari deklaratsiya qilingan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida xarid qilinib kelinmoqda.O‘zbekiston Prezidentining “Noshirlik va matbaa sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 16-martdagi qaroriga asosan shunday tartib o‘rnatilganki, unga muvofiq:noshirlik va matbaa korxonalari, shu jumladan davlat buyurtmasini bajaruvchi korxonalar narxni shakllantirish siyosatini bozor mexanizmlari asosida erkin shakllantiradi; 2020-yil 1-sentabrdan boshlab davlat buyurtmasi asosida bosma mahsulotlar, shu jumladan, darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni nashrga tayyorlash va chop etish, O‘zbekiston norezidentlari ham qatnashishi mumkin bo‘lgan, davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Manba: Daryo
Izohlar
REKLAMA
TOP 10 - 7 KUNLIK
Сюзанна - Кляп
Тайпан, Илья Саглиани - Лунная
Тима Белорусских - Тянет к тебе
Скаттл - Bubblegum детка (Vincent Diaz Remix)
Скриптонит, Truwer - В одного
Зомб - Как не верить (Maxim Hudyshkin Remix)
Скриптонит - Веселей
Пульсы - Butterfly
Супер Жорик - Золото
Руки Вверх - Расскажи мне
STASTIKA
10 Mehmonlar hozir saytda
ULARDAN:
Mehmon:10