Bosh sahifa Reklama Aloqa

Sifatli.Uz - Yangi musiqa, yangi filmlar, tarjima qilingan filmlar, o'zbek tilidagi filmlar, kompyuter dasturlari, Android ilovalari, turk musiqasi, rus musiqasi, rus musiqasi, xorijiy musiqa, tojik musiqasi, qozoq musiqasi, Ayollar, erkaklar, aperatiflar, salatlar, pirojkalar, pishirish, pirojnoe, retseptlar, yo'riqnomalar va boshqa eng ommabop maqolalar, telefon qo'ng'iroqlari, telefon o'yinlari, kompyuter o'yinlari, oyna dasturlari...

15:11, 17-May 2022 yil
Fayl qo'shish
Yangilik qo'shish
Behruz Djumaev
E-mail: admin@sifatli.uz
Telegram: @prakuror1
Bobur (Bahh Tee)
E-mail: bahhtee@sifatli.uz
Telegram: @BahhTeeUz
REKLAMA
TELEGRAM
“O‘zimga qo‘yilgan qabrtoshdayman”. Edgar Po, Silviya Plat, Frans Kafka — ruhiy muammolardan aziyat chekkan buyuklar
Категория: Новости / Культура
Просмотров: 59
“O‘zimga qo‘yilgan qabrtoshdayman”. Edgar Po, Silviya Plat, Frans Kafka — ruhiy muammolardan aziyat chekkan buyuklar
Ijod ahli orasida og‘ir ruhiy tushkunlikdan aziyat chekib, hatto o‘z joniga qasd qilganlar uchrab turadi. Ular o‘zidagi ruhiy g‘alayonlarni yuksak mahorat bilan oqqa ko‘chirib, butun dunyoga dong‘i ketganiga qaramay, shaxsiy hayoti havas qilarli darajada bo‘lmagan. Quyida shunday taniqli ijod kishilari haqida hikoya qilinadi.Virjiniya Vulf Virjiniya Vulf (1882–1941) Foto: Getty ImagesModern adabiyotning eng ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri Virjiniya Vulf o‘zidan katta adabiy meros qoldirib ketgan. Boshqa tomondan, yozuvchining hayoti alg‘ov-dalg‘ov o‘tib, o‘z joniga qasd qilish bilan yakun topgan. Zamonaviy tadqiqotchilar Virjiniya Vulfning maniakal-depressiv psixozdan aziyat chekkanini aytadi.Virjiniya ziyoli oilada dunyoga kelgan. Bolaligida ko‘p vaqtini otasiga qarashli katta kutubxonada o‘tkazardi. Uyga mehmon bo‘lib kelgan qarindosh bolalar o‘sha kutubxonada Virjiniyaning o‘ziga zo‘ravonlik qiladi. U bu vaqtda endigina 13 yoshda edi. Xizmatkorlar bolalarni qizdan nari haydaydi, voqeadan xabar topgan ota-onasi esa qizdan bu voqeani hech kimga aytmaslikni iltimos qiladi.Bo‘lib o‘tgan voqea sabab ruhiy tushkunlikdan azob chekib yurgan qizga onasining o‘limi ikkinchi zarba bo‘lib tegadi. O‘shanda u ilk bor o‘z joniga qasd qilishga uringan.Umrining keyingi yillarida har xil ovozlarni eshitadigan, ko‘ziga turli sharpalar ko‘rinadigan, o‘zi bilan o‘zi gaplashadigan bo‘lib qoladi. Bir safar bu hatto ikki kun uzluksiz davom etgan. Boz ustiga, yozuvchining turmush o‘rtog‘i Leonard Vulf ham ruhiy jihatdan sog‘lom emasdi. Ular shu taqlid bir-biriga suyanib qolgandi.Virjiniya bularning hammasiga 1941-yil, 28-mart kuni nuqta qo‘yadi. Hurujlar va og‘riqlardan bezib, yuragi qon bo‘lgan adiba o‘zini daryoga tashlab, halok bo‘lgan.Ushbu havola orqali uning o‘zbek tiliga tarjima qilingan bir qator ishlari bilan tanishish mumkin.Edgar Allan Po Edgar Po (1809–1849)   Foto: Getty ImagesEdgar Po ichkilik va opioidlarga qaramlikdan aziyat chekardi. Bu ham yetmagandek, shoir tiriklayin ko‘mib yuborilishdan qo‘rqar va uni gallyutsinatsiyalar bezovta qilardi. Psixiatrlar Edgarga ruhiy buzilishlar bilan bog‘liq xilma-xil tashxislarni qo‘ygan. Jumladan, o‘z joniga qasd qilishga moyillik, maniakal-depressiv psixoz, ichkilik va giyohvand moddalarga qaramlik.Yozuvchidagi ruhiy muammolar va zararli odatlar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolmagandi. Fojialar va iztiroblarga boy hayot unda yangidan yangi fobiyalarni shakllantirib, ruhiy ahvoliga qattiq ta’sir qilgandi.Edgar ikki yashar paytida onasi vafot etadi, otasi esa oilasidan voz kechgandi. Bolani richmondlik savdogar Jon Allan asrab oladi. Po 13 yoshidan she’rlar mashq qila boshlagan. Bolaligidan uning fe’l-atvori jo‘shqin, xatti-harakatlari g‘ayrioddiy edi. Lekin aqliy faoliyati erta rivojlangandi: savodi besh yoshida chiqqan, maktabda o‘qib yurgan vaqtlarida esa adabiyot, tarix, matematika va tabiiy fanlarni yaxshi o‘zlashtirgan.Edgar 27 yoshida Virjiniya ismli qizga uylanadi va qiz yozuvchining asarlaridagi ko‘plab qahramonlarning prototipiga aylanadi. Lekin afsuski, turmush qurganlaridan so‘ng Virjiniyaga sil tashxisi qo‘yiladi. Hayotidagi shu va boshqa kulfatlardan najot topish ilinjida yozuvchi ichkiliklar, giyohvand moddalar va albatta, ijodga o‘zini uradi. Lekin mast qiluvchi vositalar adibda kuchli qaramlikni keltirib chiqaradi. Natijada unda yuqorida sanalgan ruhiy zo‘riqishlar, gallyutsinatsiyalar paydo bo‘lgan.Shunga qaramay, u Amerika romantizmining eng yirik vakillaridan biri, detektiv adabiyot va psixologik proza asoschisi sifatida nom qozongan. Adibning o‘zbek tiliga o‘girilgan ayrim hikoyalarini ushbu havola orqali o‘qish mumkin.Frans Kafka Frans Kafka (1883–1924) Foto: Getty ImagesJahon adabiyotining eng taniqli vakillaridan biri Frans Kafka juda qisqa va mashaqqatli hayotni yashab o‘tgan. Qattiqqo‘l ota, o‘zi yoqtirmagan ish, og‘ir kasallik, ishqiy munosabatlardagi omadsizliklar va o‘ziga ishonchsizlik yozuvchini og‘ir iztiroblar chohiga uloqtirgandi. 1910-yilda u o‘z kundaligiga shunday deb yozadi:Men go‘yo toshdan yaralgandayman, o‘zimga qo‘yilgan qabrtoshdayman, ma’lum bir narsa qarshisida shubha yo ishonch, sevgi yo nafrat, jasorat yo qo‘rquv uchun hatto tirqish ham yo‘q.Kafka kuchli bosh og‘rig‘idan azob chekardi. Shifokorlar buni o‘z joniga qasd qilishga majbur qiluvchi og‘riq turi ekanini aniqlaydi. Aniqroq qilib aytganda, bu kasallikka yo‘liqqan bemor kuchli og‘riqqa bardosh bera olmay, o‘zini o‘ldirishga majbur bo‘ladi. U kuniga bir necha marta, bir necha hafta va hatto oylar davomida xuruj qilib turishi mumkin.Kafka yozgan maktublar, qaydlar va kitoblarda ruhiy tushkunlik va sotsiofobiya (xatti-harakatlari jamiyat tomonidan salbiy baholanishidan qo‘rqish) alomatlari yaqqol sezilib turadi. Psixoanaliz bilan yaxshi tanish bo‘lgan adib o‘zidagi ruhiy va jismoniy azoblarga qarshi adabiy ijodni qurol qilib olgandi.Boshqa tomondan, adabiy tanqidchilar uning ijodiga juda yaxshi baho berganiga qaramay, yozuvchining o‘z asarlaridan ko‘ngli to‘lmasdi. U hatto o‘limi oldidan do‘sti Maks Brutga hali nashr qilinmagan asarlarini yoqib yuborishni vasiyat qiladi. Maks do‘stining so‘nggi o‘tinchini bajarmagan va asarlarni adib o‘limidan so‘ng e’lon qilgan.Kafkaning serqirra ijodi bilan ushbu havola orqali batafsilroq tanishish mumkin.Ernest Heminguey Ernest HemingueyFoto: Getty ImagesAdabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sohibi Ernest Heminguey ham o‘z joniga qasd qilib vafot etgan adiblar sirasiga kiradi. Lekin Hemingueylar oilasida u fojiaviy tarzda halok bo‘lgan yagona odam emasdi. Qanchalik g‘alati ko‘rinmasin, uning bobosi, otasi, opasi va akasi o‘z joniga qasd qilgan. Ularning barchasi nasldan naslga o‘tuvchi gemoxromatozom kasalligidan aziyat chekkan.Yozuvchi tez-tez depressiya holatiga tushib turardi. Natijada u ikki marta kasalxonaga yotqiziladi, yozish qobiliyatini yo‘qotadi. Shifoxonada shok terapiya bilan davolashga urinishlardan so‘ng ahvoli battar og‘irlashadi.Bir necha bor qonli urushlarda qatnashib, omon qolgan adib hayotini boshqa oila a’zolari kabi o‘z joniga qasd qilish bilan yakunlashga urinardi. Bir safar kasalxonaga yotqizilish arafasida to‘pponchaga yopishib, o‘zini otib tashlamoqchi bo‘ladi. Lekin do‘sti uning qo‘lidan ushlab qoladi. Yana bir safar parvoz vaqtida samolyot vinti orqali pastga sakrashga uringan. Shifoxonadan chiqqach, o‘z qurolini olib, mash’um niyatini amalga oshiradi.Yozuvchi umrining oxirlarida uni kimlardir ta’qib qilayotganidan shikoyat qila boshlagandi. Lekin atrofdagilar bu gaplarga jiddiy qarmagandi. Biroq o‘tgan asrning 20-yillarida Markaziy razvedka boshqarmasi arxividagi ma’lumotlar oshkor qilinganda haqiqatan ham maxsus xizmat xodimlari Ernest Hemingueyni uzoq yillar kuzatib yurgani ma’lum bo‘lgan.Silviya Plat Silviya Plat (1932–1963)  Foto: Getty ImagesSilviya bir she’rida o‘z umrini yaproq to‘kilishiga qiyoslab, Xudodan bu jarayonni tezlashtirishini so‘raydi. Bu, albatta, juda go‘zal qiyoslash. Lekin shoiraning shu va boshqa o‘tli satrlari yaralishiga turtki bergan hayotini u qadar go‘zal deb bo‘lmasdi. Tibbiyotda hatto “Silviya Plat effekti” degan tushuncha mavjud. Barcha ijodiy kasb vakillari ichida shoiralar ruhiy kasalliklardan aziyat chekishga ko‘proq moyil bo‘lishini anglatuvchi hodisa shunday ataladi.Shoiraning dadasi Otto Plat asalarichilik bilan shug‘ullanardi. Silviya uni juda yaxshi ko‘rardi. Lekin u sakkiz yoshdalik paytida Otto qandli diabetdan vafot etadi. Shundan so‘ng shoirada ruhiy muammolar yuzaga kela boshlaydi. Ayriliq qiz ruhiyatiga shu qadar og‘ir ta’sir qiladiki, onasiga endi hech qachon Xudo bilan gaplashmasligini aytadi.Uning tug‘ilgandan aqliy salohiyati ancha o‘tkir edi. Tili tengdoshlarinikidan ko‘ra ertaroq chiqqan, she’rlar mashq qilgan. Maktabda ham eng a’lochilardan biri edi. Lekin boshqa tengqurlariga qo‘shilmas va ko‘pincha tushkun kayfiyatda yurardi. Bir kuni onasi unining oyog‘i yaralanganini ko‘rib, sababini so‘raganda bu ishni o‘zi qilganini va ortiq yashagisi kelmayotganini aytadi. Shundan so‘ng Silviya bir muddat ruhiy kasalliklar shifoxonasida yotib chiqadi. O‘sha vaqtlar shifokorlar bolalardagi ruhiy buzilishni faqat bitta yo‘l bilan davolashga harakat qilardi — elektroshok bilan. Qizaloq u yerda uyqi dorisiz uxlay olmaydigan bo‘lib qoladi.Vaqtlar o‘tib, Massachusets shtatidagi kollej talabasiga aylangan Silviya she’riyat bilan jiddiy shug‘ullana boshlaydi. O‘sha vaqtlari yozgan she’rlaridan biri tanlovda g‘olib chiqib, uch oy davomida Nyu-Yorkdagi “Madmuazel” jurnali muharriri sifatida ishlash imkoniyatini qo‘lga kiritadi. O‘sha yerda u o‘z dugonalarini g‘alati qiliqlari bilan hayron qoldira boshlaydi. Masalan, bir safar u qizlarning yoniga kirib, unga kiyim berib turishlarini, chunki o‘zining barcha ko‘ylaklarini derazadan uloqtirib yuborganini aytadi.Nyu-Yorkdan qaytgach, undan ham g‘alatiroq ishga qo‘l uradi. Onasiga “Sayr qilishga ketdim, tez orada qaytmayman” degan xat qoldirib, g‘oyib bo‘ladi. Lekin bir necha kundan so‘ng uyining yerto‘lasidan topiladi. U 20 ta uyqu dorisini ichib yuborgandi. Bundan ezilgan ona qizini yana elektroshok bilan davolanishga majbur qiladi.Plat keyin shoir Ted Hyuz bilan oila qurib, bir nechta farzand ko‘radi, lekin baxtli bo‘lib keta olmaydi. 30 yoshida o‘z joniga qasd qiladi. Feministlar shoiraning o‘limida erini ayblaydi. Lekin Ted o‘zini “turmush o‘rtog‘ining fojiasida asosiy erkak rolini ijro etgan chorasiz kuzatuvchi va maneken” bo‘lganini aytadi. Muallif:Rafiq O‘zturk
Manba: Daryo
Izohlar
REKLAMA
TOP 10 - 7 KUNLIK
STASTIKA
7 Mehmonlar hozir saytda
ULARDAN:
Mehmon:7