Bosh sahifa Reklama Aloqa

Sifatli.Uz - Yangi musiqa, yangi filmlar, tarjima qilingan filmlar, o'zbek tilidagi filmlar, kompyuter dasturlari, Android ilovalari, turk musiqasi, rus musiqasi, rus musiqasi, xorijiy musiqa, tojik musiqasi, qozoq musiqasi, Ayollar, erkaklar, aperatiflar, salatlar, pirojkalar, pishirish, pirojnoe, retseptlar, yo'riqnomalar va boshqa eng ommabop maqolalar, telefon qo'ng'iroqlari, telefon o'yinlari, kompyuter o'yinlari, oyna dasturlari...

19:29, 29-Noyabr 2021 yil
Fayl qo'shish
Yangilik qo'shish
Behruz Djumaev
E-mail: admin@sifatli.uz
Telegram: @prakuror1
Bobur (Bahh Tee)
E-mail: bahhtee@sifatli.uz
Telegram: @BahhTeeUz
REKLAMA
TELEGRAM
“Termiz” poligonida O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiylari ishtirokida qo‘shma o‘quvlar o‘tkazildi (video)
Категория: Новости / Узбекистан
Просмотров: 6
“Termiz” poligonida O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiylari ishtirokida qo‘shma o‘quvlar o‘tkazildi (video)
O‘zbekiston va Qozog‘iston mudofaa vazirliklari o‘rtasida harbiy sohada hamkorlik bo‘yicha qator tadbirlarni o‘z ichiga olgan bitim imzolandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi. Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmatiBitim Qozog‘iston mudofaa vaziri general-leytenant Murat Bektanov boshchiligidagi harbiy delegatsiyaning tashrifi davomida imzolangan. 22-noyabr kuni u O‘zbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov bilan uchrashgan.Muloqot davomida qardosh xalqlarning birdamligi, ikki tomonlama harbiy va harbiy-texnik hamkorlik masalalarining joriy holati hamda istiqbollari, mintaqaviy xavfsizlik masalalari muhokama etilgan.Shu kunning o’zida Qozog‘iston harbiy delegatsiyasi poytaxtdagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida bo‘lib, u yerdagi “Matonat madhiyasi” majmuasi poyiga gulchambar qo‘ygan, bog‘ ichidan o‘rin olgan “Shon-sharaf” muzeyidagi eksponatlar bilan yaqindan tanishgan. Shundan so‘ng delegatsiya a’zolari Mudofaa vazirligi “Chimyon” tog‘ tayyorgarligi o‘quv-mashqlar markazi va Qurolli Kuchlar akademiyasi faoliyatini ko‘zdan kechirgan. Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmatiTashrif yakunida, 24-noyabr kuni ikki davlat mudofaa vazirlari Janubi-g‘arbiy maxus harbiy okrugida joylashgan “Termiz” poligonida o‘tkazilgan “Hamkorlik—2021” o‘zbek—qozoq qo‘shma o‘quvlarining asosiy fazasini kuzatgan. U Qozog‘istonning Jambul viloyati “Matibuloq” poligonida o‘tkazilgan “Qalqon–2021” qo‘shma o‘quvlarining davomi hisoblanadi. Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmatiDasturga ko‘ra hamkorlikda harakat qilgan harbiylar shartli ravishda chegara hududini buzib kirishga uringan noqonuniy qurolli guruhga qarshi jang olib borgan. Unda shaxsiy tarkib qiruvchi samolyotlar, jangovar vertolyotlar, zirhli texnikalar, artilleriya va uchuvchisiz uchish apparatlaridan keng foydalangan. Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmatiEslatib o‘tamiz, shu yilning avgust oyida O‘zbekiston harbiylari Rossiya va Tojikiston bilan mashg‘ulotlarda qatnashgandi. Harbiy mashqlar “Termiz” poligonida bo‘lib o‘tgan. O‘zbekiston, Tojikiston va Rossiya Afg‘oniston bilan chegarada o‘tkazgan harbiy mashg‘ulotlarda 2,5 mingdan ortiq harbiy qatnashgan. Mashqlar paytida Rossiya va O‘zbekiston maxsus kuchlari o‘zbek-afg‘on chegarasidagi shartli terrorchilarni yakson qilgandi.
Manba: Daryo
Izohlar
REKLAMA
TOP 10 - 7 KUNLIK
Sardor Rasulov - Qo'qonjonga qiz uzating (2021)
Akbar Ravshanov - Yor-yor (cover) (2021)
Umrbek Qodirov - Sara (2021)
Azizbek Xadjabekov - Holatim mahzun (2021)
Ravshan Matniyozov - Layli (2021)
Oybek & Nigora - Yaxshi bo'lardi (2021)
Shavkat Umarov - Девушка (2021)
Isomiddin Nur - Yolg'iz xonada (2021)
Aida - Qaramadi (2021)
Dilmurod Sultonov - Kabutar (2021)
STASTIKA
9 Mehmonlar hozir saytda
ULARDAN:
Mehmon:9