Bosh sahifa Reklama Aloqa

Sifatli.Uz - Yangi musiqa, yangi filmlar, tarjima qilingan filmlar, o'zbek tilidagi filmlar, kompyuter dasturlari, Android ilovalari, turk musiqasi, rus musiqasi, rus musiqasi, xorijiy musiqa, tojik musiqasi, qozoq musiqasi, Ayollar, erkaklar, aperatiflar, salatlar, pirojkalar, pishirish, pirojnoe, retseptlar, yo'riqnomalar va boshqa eng ommabop maqolalar, telefon qo'ng'iroqlari, telefon o'yinlari, kompyuter o'yinlari, oyna dasturlari...

18:53, 29-Noyabr 2021 yil
Fayl qo'shish
Yangilik qo'shish
Behruz Djumaev
E-mail: admin@sifatli.uz
Telegram: @prakuror1
Bobur (Bahh Tee)
E-mail: bahhtee@sifatli.uz
Telegram: @BahhTeeUz
REKLAMA
TELEGRAM
AQSh prezidenti Jo Baydendan tibbiy ko‘rik vaqtida zararsiz o‘simta olib tashlandi
Категория: Новости / Мир
Просмотров: 6
AQSh prezidenti Jo Baydendan tibbiy ko‘rik vaqtida zararsiz o‘simta olib tashlandi
AQSh prezidenti Jo Baydendan kolonoskopiya jarayonida olib tashlangan 3 millimetrli polip (burun shilliq pardasidagi o‘simta) tubulyar adenoma bo‘lib chiqdi va hozirda qo‘shimcha davolashlarni talab etmaydi. Bu haqda Amerika prezidentini davolovchi shifokor Kevin O’Konnorga tayanib, “Kommersant” xabar berdi. Foto: ReutersO’Konnorning tibbiy ko‘rik haqidagi yozma hisobotiga ko‘ra, adenoma “zararsiz, sekin o‘suvchi, biroq potensial saratonoldi shakllanishi hisoblanadi”.Tahlil javoblari to‘g‘risida shifokorning hisobotiga tayanib, Reuters agentligi xabar bergan, CNN jurnalisti Jeffe Zeleny o‘zining Twitter’dagi sahifasi orqali uning nusxasini e’lon qilgan. Uning matniga ko‘ra, polip Jo Bayden 2008-yilda oldirib tashlagan o‘simtaga o‘xshaydi. O’Konnor bemorga muntazam kuzatuvda bo‘lishni va 7—10 yildan so‘ng yana kolonoskopiyadan o‘tishni tavsiya qilgan.Jo Bayden AQSh prezidenti lavozimiga kirishganidan buyon 19-noyabr kuni birinchi to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tgan. Tekshiruvdan so‘ng O’Konnor zararsiz deyilgan polib olib tashlangani, shuningdek, otolaringolog tekshiruvda o‘simtalar, yaralar va saraton shakllanishlari aniqlanmaganini ma’lum qilgan. Tekshiruvlar davomida AQSh prezidentining vazifasini qisqa muddat vitse-prezident Kamala Xarris bajarib turgan.Prezident lavozimiga kirishishidan biroz oldin, shifokorlar Baydenga bir nechta tashxis qo‘ygandi: unda yurak urishi ritmida notekislik, qonda yog‘lar yoki lipidlar konsentratsiyasining oshishi va qizilo‘ngachda ayrim muammolar qayd etilgan.Avvalroq Oq uy Bayden 2024-yilgi prezidentlik saylovlariga o‘z nomzodini qo‘ymoqchiligini tasdiqlagani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Manba: Daryo
Izohlar
REKLAMA
TOP 10 - 7 KUNLIK
Sardor Rasulov - Qo'qonjonga qiz uzating (2021)
Akbar Ravshanov - Yor-yor (cover) (2021)
Umrbek Qodirov - Sara (2021)
Azizbek Xadjabekov - Holatim mahzun (2021)
Ravshan Matniyozov - Layli (2021)
Oybek & Nigora - Yaxshi bo'lardi (2021)
Shavkat Umarov - Девушка (2021)
Isomiddin Nur - Yolg'iz xonada (2021)
Aida - Qaramadi (2021)
Dilmurod Sultonov - Kabutar (2021)
STASTIKA
10 Mehmonlar hozir saytda
ULARDAN:
Mehmon:10