- Musiqalar
- Kliplar
- Kinolar
- Mutfilimlar
- TV Shoular
- Konsertlar
- Yangiliklar
- Ob-havo
- Radio
- Mobil versiya
BO'LIMLAR
REKLAMA

TELEGRAM
Toshkent shahri va viloyatining bir qismida 31-yanvar kuni gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
Категория: Новости / Узбекистан
Просмотров: 50
Ta’mirlash ishlari tufayli Toshkent shahrining Sergeli, Bektemir, Mirobod hamda Toshkent viloyatining Zangiota tumanlarining ayrim joylarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz poytaxt” xabar qildi.Qayd etilishicha, Toshkent aylanasi bo‘ylab qurilayotgan metro yo‘nalishiga to‘g‘ri kelib qolgan Xonabod ko‘chasidagi yuqori bosim D-720 m, yerosti gaz quvurining yo‘nalishini o‘zgartirish hamda montaj ishlari tugatilgan. Harakatdagi gaz quvurini kesish va ulash ishlari “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Yerosti gaz quvurlari xizmati” tomonidan rejalashtirilmoqda.Shu sababli 2022-yil 31-yanvar kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha Toshkent viloyati Zangiota tumanida, Toshkent shahri Sergeli tumanida hamda Bektemir va Mirobod tumanlari kesishmasidagi Baratxo‘ja, Qo‘yliq ovul, Badaxshon ko‘chalaridagi aholi xonadonlarida hamda ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz qayta tiklanadi.“Yetkazilayotgan noqulayliklar uchun tabiiy gaz iste’molchilaridan uzr so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.Eslatib o‘tamiz, 25-yanvar kuni soat 11:00 larda O‘zbekistonning qator viloyatlarida elektr energiyasi ta’minoti uzildi. Buning ortidan tabiiy gaz yetkazib berilishida ham uzilishlar kuzatildi. 27-yanvarga kelib Toshkentning 6 ta tumanida, 28-yanvarda butun mamlakatda gaz ta’minoti to‘liq tiklandi.“Hududgaz poytaxt” ma’lumotlariga ko‘ra, 28-yanvar kuni soat 11:00 dan 16:00 ga qadar ta’mirlash ishlari olib borilishi tufayli Yunusobod va Olmazor tumanlarining ikkita mahallasida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan.
Manba: Daryo.uz
Manba: Daryo.uz
MAVZUGA OYID

Mirobod va Yangihayot tumanlarining ayrim hududlarida 10-mart kuni gaz
10-03-2021, 06:00 Новости / Узбекистан

Sergeli, Bektemir va Mirobod tumanlaridagi ayrim mahalla va mavzelarda gaz
9-03-2021, 10:12 Новости / Узбекистан

Chilonzor va Bektemir tumanlarining ayrim hududlarida gaz ta’minoti
23-06-2021, 20:31 Новости / Узбекистан

Toshkentning qator tumanlarida ta’mirlash ishlari tufayli gaz ta’minoti
27-10-2021, 10:16 Новости / Узбекистан

Oqqo‘rg‘on tumanida ta’mirlash ishlari tufayli gaz ta’minoti vaqtincha
28-06-2021, 10:21 Новости / Узбекистан
Izohlar
REKLAMA

TOP 10 - 7 KUNLIK
STASTIKA
10
Mehmonlar hozir saytda
ULARDAN:
Mehmon:10