Bosh sahifa Reklama Aloqa

Sifatli.Uz - Yangi musiqa, yangi filmlar, tarjima qilingan filmlar, o'zbek tilidagi filmlar, kompyuter dasturlari, Android ilovalari, turk musiqasi, rus musiqasi, rus musiqasi, xorijiy musiqa, tojik musiqasi, qozoq musiqasi, Ayollar, erkaklar, aperatiflar, salatlar, pirojkalar, pishirish, pirojnoe, retseptlar, yo'riqnomalar va boshqa eng ommabop maqolalar, telefon qo'ng'iroqlari, telefon o'yinlari, kompyuter o'yinlari, oyna dasturlari...

16:06, 17-May 2022 yil
Fayl qo'shish
Yangilik qo'shish
Behruz Djumaev
E-mail: admin@sifatli.uz
Telegram: @prakuror1
Bobur (Bahh Tee)
E-mail: bahhtee@sifatli.uz
Telegram: @BahhTeeUz
REKLAMA
TELEGRAM
O‘zbekistondagi eng ifloslangan viloyatlar va suv havzalari ma’lum qilindi
Категория: Новости / Узбекистан
Просмотров: 1
O‘zbekistondagi eng ifloslangan viloyatlar va suv havzalari ma’lum qilindi
“O‘zgidromet” majlislar zalida 13-may kuni “Xalqaro iqlim kuni”ga bag‘ishlangan “Gidrometeorologiya, iqlim o‘zgarishi va atrof-muhit monitoringi dolzarb muammolari va ularni hal etish yo‘llari” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi haqida ma’lumot berildi.Qayd etilishicha, yerusti suvlari holati ustidan kuzatuvlar 59 ta suv obyektida, 85 ta punktda, 107 ta kuzatuv nuqtasida 43 ta tarkibiy qismlar bo‘yicha har oyda amalga oshiriladi. Tahlil natijalari 90 foiz suv havzalarining ifloslanish bo‘yicha sifat ko‘rsatkichlari o‘rtacha ifloslangan (3-sinf) yoki ifloslangan (4-sinf) suvlar sinfiga kirishini, 10 foiz suv havzalarida esa toza suvlar (2-sinf) ekanini aniqlagan. Zarafshon, Chirchiq, Salor daryolari, Siyob, Sho‘ro‘zak, GPSK kollektorlari eng ifloslangan suv havzalari sifatida qayd etilgan.Tuproq ifloslanishi ustidan kuzatuvlar har yili bahor va kuz fasllarida Qoraqalpog‘iston va viloyatlarning 107 ta tumanida joylashgan 212 ta xo‘jaliklarda olib boriladi. Shuningdek, 14 ta sanoat shaharlarida 20 ta ko‘rsatkichlar bo‘yicha kuzatiladi. Ko‘p yillik tahlillar Andijon (1,3 dan 3,7) va Farg‘ona (1,3 dan 2) viloyatlarida yerlarni xlororganik pestitsidlarning qoldiq miqdori bilan ifloslanishini REMdan ortishi kuzatilgan.Atmosfera havosida kimyoviy moddalar bilan ifloslanish ustidan kuzatuvlar har kuni 25 shaharlarda 65 ta statsionar postlarda olib boriladi. Ularda atmosfera havosida 10 ta gazli aralashmalar va 4 ta og‘ir metallar nazorat qilinadi (rux, mis, qo‘rg‘oshin, kadmiy).So‘nggi bir necha yil ichida ko‘pgina shaharlar uchun nazorat qilinadigan ingrediyentlar bo‘yicha havoning ifloslanish darajasi barqarorligi qayd etilmoqda. 2010—2021-yillarda respublikada havoning ifloslanish darajasi pasayganligi kuzatilgan. Ifloslanish indeksi o‘sishi Angren, Olmaliq, Farg‘onada shaharlarida saqlanib qolgan.Respublikada atmosfera havosining ifloslanish darajasi me’yor darajasida bo‘lib, 2021-yil noyabr—dekabr va 2022-yil yanvar oylarida chang bo‘ronlari paytida havoning maksimal bir martalik ifloslanishi Guliston, Olmaliq, Chirchiq, Toshkent, Bekobod, Angren, Buxoro, Navoiy, Samarqand shaharlarida qayd etilgan.O‘zbekistonda iqlimning keskin o‘zgarishi ta’sirida yuqori haroratning takrorlanishi, atmosfera qurg‘oqchiliklari, garmsellar, chang bo‘ronlari, shuningdek, sanoat korxonalari, avtotransport, qurilish industriyasi tashlamalari ta’sirida aholi yashash joylarida changning me’yordan ortishiga sabab bo‘lmoqda.Ta’kidlanishicha, mavjud standartlar havodagi chang zarralari, ya’ni RM 2,5 ni aniqlash imkonini bermaydi. Havo sifati bo‘yicha JSST me’yorlari O‘zbekistondagi mavjud normativlardan farq qiladi. Shu sabab me’yorlarni xalqaro talablar, shuningdek, O‘zbekistonni tabiiy-iqlimiy sharoitlarini hisobga olgan holda ishlab chiqish zarurati mavjud.“ ‘O‘zgidromet’ tomonidan ushbu muammoni bartaraf etish uchun ‘O‘zbekistonda atmosfera havosi ifloslanishi darajasini va aholi salomatligiga aerogen xavfni kompleks baholash asosida atmosfera havosi sifati monitoringi milliy axborot platformasini va mobil ilovani yaratish’ loyihasini ishlab chiqib, Innovatsiya vazirligiga taqdim etdi. Loyiha doirasida havo sifati me’yorlari jahon standartlari talabida ishlab chiqiladi, havodagi zararli moddalarni inson salomatligiga ta’siri o‘rganiladi”, — deyiladi xabarda.
Manba: Daryo.uz
Izohlar
REKLAMA
TOP 10 - 7 KUNLIK
STASTIKA
10 Mehmonlar hozir saytda
ULARDAN:
Mehmon:10