Bosh sahifa Reklama Aloqa

Sifatli.Uz - Yangi musiqa, yangi filmlar, tarjima qilingan filmlar, o'zbek tilidagi filmlar, kompyuter dasturlari, Android ilovalari, turk musiqasi, rus musiqasi, rus musiqasi, xorijiy musiqa, tojik musiqasi, qozoq musiqasi, Ayollar, erkaklar, aperatiflar, salatlar, pirojkalar, pishirish, pirojnoe, retseptlar, yo'riqnomalar va boshqa eng ommabop maqolalar, telefon qo'ng'iroqlari, telefon o'yinlari, kompyuter o'yinlari, oyna dasturlari...

06:07, 06-Oktyabr 2022 yil
Fayl qo'shish
Yangilik qo'shish
Behruz Djumaev
E-mail: admin@sifatli.uz
Telegram: @prakuror1
Bobur (Bahh Tee)
E-mail: bahhtee@sifatli.uz
Telegram: @BahhTeeUz
REKLAMA
TELEGRAM
Video: Kvadrat g‘ildiraklarga ega bolalar uchun mo‘ljallangan elektromobil
Категория: Новости / Авто
Просмотров: 45

Amerikaning Shark Wheel startapi bolalar uchun kub shaklidagi g‘ildiraklar bilan jihozlangan ikkita elektromobilini taqdim etdi. Ixtirochilarning so‘zlariga ko‘ra, bu kabi konstruksiya barcha jihatlari bo‘yicha yumaloq diskalarni ortda qoldiradi. Noodatiy transport vositasining narxi 289 dollardan 489 dollargacha baholanmoqda, deb xabar beradi Motor.

Kadr: YouTube

Jeep Wrangler uslubidagi dizaynga ega elektrokar 1 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan. Baggiga o‘xshash mashinadan esa 2—8 yosh oralig‘idagi bolalar foydalanishi mumkin. Yangi modellarning o‘ziga xosligi — kubsimon 10 dyuymli g‘ildiraklari. Ixtirochilarning ta’kidlashicha, bu kabi g‘ildiraklar deyarli barcha yo‘nalishlarda dumaloq diskalarni ortda qoldiradi. Noodatiy g‘ildiraklardan tashqari, elektrokarlar tezlik rejimini boshqarish qurilmasi, ota-onalar uchun masofadan turib boshqarish pulti va Bluetooth bilan jihozlangan.

Mashina elektromotor va 12 voltli akkumulyator yordamida harakatga keladi hamda bir marta quvvatlanish orqali 45 daqiqagacha yo‘l bosa oladi. Avtomobil batareyasini sakkiz soat ichida to‘liq quvvatlantirish mumkin.

Yosh toifasidan kelib chiqib elektrokar narxi 289—489 dollar oralig‘ida. Bundan tashqari, ixtirochilar bu kabi kubsimon g‘ildiraklar bilan skuterlar, nogironlar aravachasi va qishloq xo‘jaligi texnikalarini ham jihozlash niyatida.

Avvalroq AQSHda ota o‘g‘li uchun o‘zining Ford Mustang Shelby GT500 avtomobilining mitti nusxasini sovg‘a qilgandi. Undan oldinroq esa o‘yinchoq pulemyot va tutun chiqaruvchi qurilmaga ega bolalar Aston Martin’i taqdim etilgani, Toyota vodorodda harakatlanuvchi o‘yinchoq Mirai’ni yasagani to‘g‘risida xabar berilgandi.


Manba: Daryo.uz
Izohlar
REKLAMA
TOP 10 - 7 KUNLIK
STASTIKA
10 Mehmonlar hozir saytda
ULARDAN:
Mehmon:10