Bosh sahifa Reklama Aloqa

Sifatli.Uz - Yangi musiqa, yangi filmlar, tarjima qilingan filmlar, o'zbek tilidagi filmlar, kompyuter dasturlari, Android ilovalari, turk musiqasi, rus musiqasi, rus musiqasi, xorijiy musiqa, tojik musiqasi, qozoq musiqasi, Ayollar, erkaklar, aperatiflar, salatlar, pirojkalar, pishirish, pirojnoe, retseptlar, yo'riqnomalar va boshqa eng ommabop maqolalar, telefon qo'ng'iroqlari, telefon o'yinlari, kompyuter o'yinlari, oyna dasturlari...

06:57, 06-Oktyabr 2022 yil
Fayl qo'shish
Yangilik qo'shish
Behruz Djumaev
E-mail: admin@sifatli.uz
Telegram: @prakuror1
Bobur (Bahh Tee)
E-mail: bahhtee@sifatli.uz
Telegram: @BahhTeeUz
REKLAMA
TELEGRAM
Tesla elektromobillarini yetkazib berish ikki yil ichida birinchi marta qisqardi
Категория: Новости / Авто
Просмотров: 39

Tesla kompaniyasi 2022-yilning ikkinchi choragida butun dunyo bo‘ylab 254 695 ta elektromobil yetkazib berdi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Foto: Bloomberg

Kompaniya ikki yildan beri birinchi marta chorakdan chorakka pasayish ko‘rsatdi. Bu esa Shanxaydagi zavodda COVID bilan bog‘liq ishlab chiqarish jafayonining to‘xtatilishi oqibatida yuzaga keldi. 

Uch oy oldin Tesla rekord darajada 310 048 ta elektromobil yetkazib bergan edi. O‘tgan yilning shu choragida bu ko‘rsatkich 201 250 ta edi. 

Yetkazib berish ma’lumotlari Tesla uchun diqqat bilan kuzatiladigan ko‘rsatkichdir, chunki u kompaniyaning moliyaviy ko‘rsatkichlari haqida ma’lumot beradi. 

Tesla bosh ijrochi direktori Ilon Mask yil boshida 2022-yilda ishlab chiqarish 1,5 mln donadan oshishini kutayotganini aytgan edi. 

Foto: Bloomberg

Elektromobil ishlab chiqaruvchisi uchun AQSH va Xitoy uzoq vaqtdan beri eng yirik bozor bo‘lib kelmoqda. 

Kompaniya hozirda Model S, X, 3 va Y avtomobillarini ishlab chiqaradi. Tesla keyinchalik pikap, yarim yuk mashinasi va yo‘ltanlamas ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

Tesla ikkinchi chorag bo‘yicha to‘liq husobotni 20-iyul kuni e’lon qiladi. 


Manba: Daryo.uz
MAVZUGA OYID
Tesla o‘z tarixida ilk bor yillik foyda olganini ma’lum qildi. Ammo kompaniya aksiyalari keskin pasayib ketdi
Ilon Mask dunyodagi eng boy odamga aylandi
Tesla barcha elektromobillarining narxini oshirdi. O‘zbekistonda uning narxi 210 ming dollargacha bo‘lmoqda
Ilon Maskning boyligi 300 mlrd dollardan oshdi
Tesla aksiyalarining arzonlashishi tufayli Mask ikki kunda 50 mlrd dollar yo‘qotdi. Aksiyalar narxi tadbirkor Twitter’da so‘rovnoma o‘tkazgandan so‘ng tushib ketgan
Izohlar
REKLAMA
TOP 10 - 7 KUNLIK
STASTIKA
10 Mehmonlar hozir saytda
ULARDAN:
Mehmon:10