Bosh sahifa Reklama Aloqa

Sifatli.Uz - Yangi musiqa, yangi filmlar, tarjima qilingan filmlar, o'zbek tilidagi filmlar, kompyuter dasturlari, Android ilovalari, turk musiqasi, rus musiqasi, rus musiqasi, xorijiy musiqa, tojik musiqasi, qozoq musiqasi, Ayollar, erkaklar, aperatiflar, salatlar, pirojkalar, pishirish, pirojnoe, retseptlar, yo'riqnomalar va boshqa eng ommabop maqolalar, telefon qo'ng'iroqlari, telefon o'yinlari, kompyuter o'yinlari, oyna dasturlari...

06:15, 06-Oktyabr 2022 yil
Fayl qo'shish
Yangilik qo'shish
Behruz Djumaev
E-mail: admin@sifatli.uz
Telegram: @prakuror1
Bobur (Bahh Tee)
E-mail: bahhtee@sifatli.uz
Telegram: @BahhTeeUz
REKLAMA
TELEGRAM
Yiliga 100 mingta avtomobil: Jizzaxda KIA yig‘ishning 2-bosqichi ishga tushirilmoqda
Категория: Новости / Авто
Просмотров: 49

2021-yilning mart oyida Jizzaxda joylashgan ADM Jizzakh korxonasida KIA avtomobillarini yirik uzelli yig‘ishning birinchi bosqichi tashkil etilgan.

Foto: UzDaily

Joriy yilning 5-iyulida avtomobil yig‘ish bo‘yicha KIA bilan qo‘shma loyihaning ikkinchi bosqichi ishga tushirilishi e’lon qilindi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabar berdi.

KIA Motors– Seul shahrida joylashgan eng yirik koreys avtomobil ishlab chiqaruvchilardan biri bo‘lib, u Hyundai Motor Group kompaniyalar guruhiga kiradi.

Ushbu bosqichda yillik ishlab chiqarish quvvatini 100 mingta avtomobilgacha oshirish va 3 mingta yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.

Ishlab chiqaruvchining rejalariga ko‘ra, mahalliylashtirish darajasi 30 foizga yetkaziladi, bu esa avtomobillarning narxiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Shuningdek, mahalliy kompaniyalar bilan hamkorlikda butlovchi qismlar ishlab chiqarish o‘zlashtiriladi.

Loyihaning birinchi bosqich qiymati 12,6 mln dollarni tashkil etgan. Korxonada 250 mutaxassis ish bilan ta’minlanib, unda KIA, Renault va Lada avtomobillari yig‘ilmoqda.

Ishlab chiqarish quvvati yiliga 25 ming mashinani tashkil etadi. Zavod ishga tushirilgandan buyon 6 mingdan ziyod avtomobil ishlab chiqarildi.

KIA’ning 8 ta modeli O‘zbekiston bozorida taqdim etilgan.

Avvalroq KIA O‘zbekistonda yangi Sportage avtomobilini sotishni boshlashi haqida xabar berilgandi.


Manba: Daryo.uz
MAVZUGA OYID
Shavkat Mirziyoyev ADM Jizzakh avtomobil zavodiga tashrif buyurdi
O‘zbekistonda Lada avtomobillarini seriyali ishlab chiqarish boshlandi
Jizzaxda uchta kompaniya avtomobil ishlab chiqaradi
Turkiya kompaniyasi Namanganda avtomobil zavodi quradi
GAZ O‘zbekistonda avtomobil yig‘ishni boshlaydi
Izohlar
REKLAMA
TOP 10 - 7 KUNLIK
STASTIKA
10 Mehmonlar hozir saytda
ULARDAN:
Mehmon:10